Reja: Ijtimoiy pedagogika fanining predmeti, obyekti
Download 0.56 Mb.
|
PEDAGOGIKANING IJTIMOIY FAN SIFATIDA JAMIYAT TARAQQIYOTIDAGI ORNI Erkinova Diyora
Erkinova Diyora PEDAGOGIKANING IJTIMOIY FAN SIFATIDA JAMIYAT TARAQQIYOTIDAGI ORNI REJA: 1.Ijtimoiy pedagogika fanining predmeti, obyekti. 2.Ijtimoiy pedagogika fanining maqsadi va vazifalari. 3.Ijtimoiy pedagogikaning jamiyat taraqqiyotida tutgan orni va roli, jamiyatda ijtimoiylashuv jarayonining globallashuvi. Pedagogika umummetodologik fan sifatida talim va tarbiya nazariyasiga oid bilimlarni ozida aks ettirish bilan birgalikda jamiyat hayotidagi koplab ijtimoiy muammolarni organadi va tadqiq etadi. Hozirgi kunga kelib pedagogika fanining koplab yangidan-yangi fan sohalari shakllanib, rivojlanib bormoqda. Pedagogika fani shaxsni rivojlantirishning ikki muhim jihati – uni oqitish va tarbiyalashga asosiy etiborni qaratganligi bois didaktika (talim nazariyasi) va tarbiya nazariyasi fanning muhim tarkibiy qismlari hisoblanadi. Didaktika (talim nazariyasi, yunoncha didaktikos «orgatuvchi», didasko «organuvchi») talimning nazariy jihatlari, talim jarayonining mohiyati, qonun va qonuniyatlari, tamoyillari,oqituvchi va oqituvchi faoliyati, talimning maqsadi, mazmuni, shakl, metod, vositalari, natijasi, talim jarayonini takomillashtirish yollari kabi masalalarni tadqiq etadi. Tarbiya nazariyasi – pedagogikaning muhim tarkibiy qismlaridan biri bolib, tarbiya jarayonining mazmuni, tarbiya turlari, shakl, metod, vosita va usullari, uni tashkil etish masalalarini organadi. Ijtimoiy tarbiya fuqarolik, aqliy, axloqiy, jismoniy, mehnat, estetik, huquqiy, iqtisodiy, ekologik tarbiya kabi yonalishlarda tashkil etiladi. Pedagogika – talim va tarbiya jarayonini yaxlitlikda organadigan fan sohasi. Ijtimoiy pedagogika fanining predmeti, obyekti, maqsadi va vazifalari. Quyida qator pedagogik fanlar tizimi haqidagi malumotlarga toxtalamiz. Umumiy pedagogika – pedagogikaning kontseptual masalalari va amaliy jihatlarini tadqiq etadi. Pedagogika nazariyasi – pedagogikaning umumnazariy masalalari, qonuniyatlari va tamoyillari hamda tasniflashga oid masalalarni organadi. Pedagogika tarixi – pedagogik fikrlarning taraqqiy etishi, maktab va talim turlarining davriy xususiyatlari, oziga xoj jihatlari va ahamiyatini tadqiq etadi. Pedagogik mahorat – oqituvchilarni pedagogik faoliyatga samarali tayyorlash taktikasi, pedagogik qobiliyatlarni shakllantirish, pedagogik madaniyat va texnikani tarkib toptirish hamda nutq texnikasini egallash yollarini organadi. Maktabgacha talim pedagogikasi – maktabgacha talim yoshidagi bolalarni tarbiyalash, ularni intellektual, manaviy- axloqiy va jismoniy jihatdan kamolotga yetkazish masalalarini organadi. Boshlangich talim pedagogikasi – boshlangich sinf oquvchilarini tarbiyalash, ularga talim berish, ularning oziga xos psixologik hamda fiziologik xususiyatlarini tadqiq etish, shuningdek, ularni intellektual, manaviy-axloqiy va jismoniy jihatdan kamolotga etkazish masalalarini organadi. Korrektsion (maxsus) pedagogika – jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bolgan bolalarni tarbiyalash va oqitish bilan bogliq muammolarni organadi. Metodika – xususiy fanlarni oqitish mazmuni, qonuniyatlari, tashkiliy shart-shroitlarini tadqiq etadi. Pedagogik texnologiya – talim va tarbiya jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qollash, texnologik yondashuv asosida talim va tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish muammolarini organadi. Talim menejmenti – talim muassasalarining faoliyatini tashkil etish, boshqarish, nazorat qilish hamda istiqbollarini belgilash masalalarini organadi. Ijtimoiy pedagogika – shaxs ijtimoiylashuvi, ijtimoiy meyordan ogishishning pedagogik diagnostikasi, korrektsiyasi va reabilitatsiyasi hamda ijtimoiy-pedagogik faoliyatni tashkil etish masalalarini tadqiq etadi. Oila pedagogikasi – oilaviy talim-tarbiya, oilada bolalarni yuksak manaviy-axloqiy sifatlar asosida tarbiyalash, ota- onalarning pedagogik madaniyatini oshirish masalalarini organadi. Xalq pedagogikasi – xalq ogzaki ijodi, urf-odatlar, marosimlar, milliy va bolalar oyinlari, oyinchoqlari kabilarda saqlanib qolgan pedagogik malumotlar va milliy tarbiyaga doir tajribalar majmuidir. Qiyosiy pedagogika – qiyosiy aspektda turli davlat, hudud, umuman dunyo miqyosida, turli tarixiy davrlarda pedagogika nazariyasi va amaliyotining mavjud holati, rivojlanish tendensiyalari va qonuniyatlarini organadigan pedagogik fan sohasi. Pedagogik innovatika – pedagogik innovatsiyalarning yuzaga kelishi va rivojlanishi qonuniyatlarini organadigan, shuningdek pedagogik ananalar bilan istiqboldagi talim loyihalarining ozaro aloqadorligini taminlaydigan fan. Pedagogik aksiologiya talim oluvchi va talimni qadriyat deb etirof etgan holda, talimiy qadriyatlarni organish hamda talim-tarbiyaga aksiologik yondashuvni qaror toptirishga xizmat qiluvchi pedagogik bilimlar sohasidir. Neyropedagogika – bu bosh miya (ong va chap miya yarim sharlari) faoliyati va tuzilishidagi funksional tafovutlar togrisidagi bilimlar hamda mazkur bilimlarni talim-tarbiya jarayonida qollay olish haqidagi amaliy fan sohasi. Muzey pedagogikasi – pedagogika, psixologiya va muzeyshunslikning ozaro uygunligi natijasida shakllangan fan sohasi bolib, muzey muhitida talim-tarbiya berish yollarini tadqiq etadi. Muzeydagi mazkur marifiy yonalish bilan shugyllanadigan xodim muzey pedagogi deb ataladi. Pedagogik antropologiya – falsafiy, ijtimoiy, psixologik antropologiya qonuniyatlariga asoslangan holda talim oluvchi uchun qulay va individual shart-sharoitlarni yaratish hamda talimning antropologik modeli va taexnologiyasini organuvchi fan sohasi. Pedagogik akmeologiya – barcha yosh davrlari psixologiyasi bilan bogliqlikda jadal rivojlanayotgan shaxsnig yetuk rivojlanish choqqisi – «akme shaxs» darajasiga yetkazish qonuniyatlari, texnika va texnologiyasini tadqiq etadi. Ijtimoiy pedagogika fanining maqsadi va vazifalari. Ijtimoiy pedagogika fani jamiyatdagi har bir shaxsning hayotida uchraydigan ijtimoiy muammolarni bartaraf etish va hal qilish, talim va tarbiya masalalari bilan shugullanish, keksalar, qariyalar, kasal va boquvchisini yoqotganlar masalalarini organadi, mehribonlik uyida tarbiyalanayotgan bolalar holidan xabar olish bilan birga, fohishabozlik, narkomaniya va qonunbuzarlikka qarshi kurashish ishlariga etibor qaratadi. Ijtimoiy «autsayderlar», yani qariyalar, nogironlar, yolgiz yashovchilar, iqgisodiy nochor ahvolda yashovchilar va xalqning shu kabi boshqa tabaqalariga kiruvchilarga yordam berish ijtimoiy pedagogning maqsadlaridan biridir. Chunki faqat jamiyat va ijtimoiy tasir vositasida insonlarda insoniylik, vatanparvarlik, ijtimoiy faollik, masuliyatlilik singari fazilatlarni shakllantiradi. Mazkur jarayon oila, maktab va boshqa oquv muassasalarida amalga oshadi. Ijtimoiy pedagogika fanining asosiy vazifasi ijtimoiy tarbiya muammolarini organish hisoblanadi. Ijtimoiy pedagogika fanining amaliy vazifalarini korib chiqamiz. Bunda ijtimoiy pedagog har bir bolaning yosh va oziga xos xususiyatlarni etiborga olishi talab etiladi. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling