Tarbiyaning tabiatga uyg‘un bo‘lishi – ijtimoiy pedagogika prinsipi, shunga ko‘ra ijtimoiy pedagog o‘z amaliy faoliyatida bolaning tabiiy holda rivojlanishi omillariga tayanadi.
SHarq Uyg‘onish davri mutafakkir qomusiy olimi Abu Nasr al-Farobi (873-950) pedagogikaning mustaqil fan sifatida ajralib chiqishiga qadar o‘z asarlarida ediki, inson tabiatning eng ta’kidlagan oliy yutug‘idir va o‘z aqliga ko‘ra atrof-muhitni har tomonlama idrok qilish mumkin.
қилиш мумкин.
Abu Ali ibn Sino (980-1037) o‘z ishlarida tarbiyaning tabiatga uyg‘un bo‘lishi haqida gapirgan edi.
Masalan, «Uy-ro‘zg‘or tutish» haqidagi asarida Ibn Sino yozgan ediki, inson aqlli mavjudot, shuning uchun tabiatda alohida o‘rin tutadi va uning qonunlariga ko‘ra rivojlanadi. «YOmon xislatlarni qayta tarbiyalash» asarida esa Ibn Sino yozadiki, kimki ahloqsiz insonni tarbiyalamoqchi (qayta tarbiyalamoqchi) bo‘lsa, unda u uni har tomonlama o‘rganishi (insonni), inson tabiati qoidalarini bilishi kerak.
Tarbiyaning tabiatga uyg‘un bo‘lishi prinsipi ilk bor buyuk slavyan pedagogi YAn Amos Komenskiy (1592-1670) bilan uning «Buyuk didaktika» (1632) degan eng asosiy ishida ta’riflangan Komenskiy, inson tabiatning bir qismi sifatida uning eng asosiy, umumiy qonunlariga bo‘ysunadi, deb hisobladi. Komenskiyning fikricha, tabiatning bu qonunlari o‘simliklar va hayvonlar olamida ham, shuningdek, insonga nisbatan ham o‘z ta’sirini o‘tkazib turadi.
YA.A.Komenskiy nafaqat tabiatning umumiy qonunlariga, balki bola shaxsi psixologiyasiga ham tayanardi. U bolalar, o‘spirinlar va yosh yigitlarning yoshiga oid tavsifiga tayanga holda o‘z bolalar ta’lim-tarbiyasi tizimini ilgari suradi, asoslaydi va quradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |