Reja: Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatidagi rivoji. Bolaning o‘sishi haqida tushuncha. Bolaning o‘sishida biologik va ijtimoiy asoslar. I


Download 54.2 Kb.
bet3/6
Sana30.10.2023
Hajmi54.2 Kb.
#1734809
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ijtimoiy pedagogik faoliyatning asosiy yo\'nalishlari 1

SHaxs sotsializatsiyasining makro (grekcha macros «katta»), mezo – (mesos «o‘rta») va mikro (micros «kichik») omillarini farqlaydilar.
Makroomillar inson yashaydigan mamlakat, jamiyat, davlat hamda dunyoviy planetar jarayonlar – ekologik, demografik, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy vab.
Mezoomillar etnik ko‘rsatmalarni shakllantirish, shaxsning milliy hayot va etnikaro munosabatlarning u yoki bu hollarini qabul qilishi, insonlarning o‘z eposi (xalqi) tarixi va hozirgi hayoti haqida qarashlari va fikrlari; bola yashaydigan va rivojlanadigan mintaqaviy shart-sharoitlarning ta’siri; yashaydigan joy turi (shahar, tuman markazi, qishloq); ommaviy kommunikatsiya vositalari va b.
Mikroomillar - yaqingina makonni va ijtimoiy muhitni tashkil qiladigan oila, ta’lim muassasalari, tengdoshlar guruhi va b. mana shu yaqingina muhitni, ya’ni bola o‘sadigan muhitni sotsium yoki mikrosotsium deb atashadi.
Bola sotsializatsiyasiga omillarning ta’siri chizmasi


Sotsium (yaqin muhit) – bola sotsiolizatsiyasi uchun muhim ahamiyatga ega. Bu yaqin ijtimoiy muhitni bola asta-sekin o‘zlashtiradi. Boshida u (bola), asosan, oilada rivojlanadi, so‘ng yangi muhitlarni o‘zlashtiradi – maktabgacha muassasalar, maktab, maktabdan tashqari muassasalar, o‘rtoqlar davrasi, diskotekalar va h.k. YOsh o‘tgan sari bola tomonidan o‘zlashtirilgan ijtimoiy muhit «hududi» tobora kengayib boradi.
Glossariy:
Ijtimoiy pedagogika - tadqiqot ob’ekti bo‘lib bola, o‘rganish mavzusi bo‘lib esa bola ijtimoiylashuvi qonuniyatlari hisoblangan pedagogika fani sohasidir.
Ijtimoiy pedagogika - bolalarning ijtimoiy tarbiyasi va ijtimoiy ta’limi qonuniyatlarini ularning ijtimoiylashuvi jarayonida o‘rganadigan pedagogika fani sohasidir.
Bola ijtimoiylashuvi – uni ijtimoiy hayotga tortish jarayonidir. U mazkur jamiyatga xos bo‘lgan bilim, qadriyatlar, o‘zini tutish namunalari tizimii uzlashtirishda mujassamlashgan.
Bolaning ijtimoiy moslashuvi – uni ijtimoiy muhit shart-sharoitlariga faol moslashuvi jarayoni, bolaning ijtimoiy muhit bilan o‘zaro ta’siri turi.
Bolaning ijtimoiy moslasha olmasligi - ijtimoiy muhit shart-sharoitlariga muvaffaqiyatli moslashishga qarshilik qiladigan undagi ijtimoiy ahamiyatga ega xislatlarning yo‘qolib ketishi yoki shakllanmasligi jarayoni.

Download 54.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling