Reja: Ijtimoiy-siyosiy barqarorlik – demokratik jamiyat qurish asosi. Ijtimoiy siyosat. Ijtimoiy-siyosiy barqarorlikning shartlari va millatlararo munosabatlar. Milliy xavfsizlik, diniy ekstremizm va terrorchilikka qarshi kurash
Diniy aqidalar bilan niqoblanib, hukumat olib borayotgan reformalarni
Download 83.5 Kb.
|
1548923646 73928
Diniy aqidalar bilan niqoblanib, hukumat olib borayotgan reformalarni
buzib ko'satmoqdalar. Aqidaparstlikni yoyish maqsadida davlatning obro'sini tushishida bilinayapti. Fundamentalistlarning asossiz shovqin-suronlari olomon ichida vahima tug'diradi. Ularning fanatizmi hech qanaqa qonunni tan olmaydi. Bu holatning fojiaga aylanib ketishi hech gap emas. Ba'zi mamlakatlarda “haqiqiy” va “soxta” dindorlik belgilari bo'yicha qarama-qarshiliklarni keltirib chiqarmoqdalar. Afg'onistondagi holat bunga misoldir. Mamlakatimizning janubiy chegaralaridagi qo'shni mamlakatlarda bo'lib o'tgan fuqarolar urushi natijasida jangarilar o'zlarini zo'ravonlik siyosatlariga diniy tus berib, juda ko'plab fanatiklarni tarbiyalayapti, bu holat ham mamlakatimizga tahdid soladi. 5. Dunyo oldida bizni goh dinsiz, goh davlatning islomlashtirishning yashirincha tarafdorlari qilib ko'rsatib, mamlakatimizni obro'sizlantirayaptilar. 6. Dinlar o'rtasida sovuqlik solishga urinayaptilar. 7. Din hamma muammolarni echadigan kuch deb hisoblamoqdalar. Prezident Islom Karimovning kitobi 1997 yil iyun oyida bosildi, oradan hali uncha ko'p vaqt o'tmasdan, aniqrog'i 1998 yil 16 fevraldagi O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining boyonotida quyidagilar qayd etildi. Diniy ekstremistik kuchlarning qo'poruvchilik harakati fosh etildi. “Hizbi harakati jihod”, “Da'vat ul-irshod” va “Pokiston islom ulamolari jamiyati” kabi tashkilotlar yordamida o'zbekistonlik, aksariyati Farg'ona vodiysi yoshlari Peshovar tumanida joylashgan diniy o'quv yurtlarida o'qitilmoqda. O'quv jarayonida ularga jihod qilish, vahhobiylik g'oyalari targ'ib qilinmoqda. Ana shu yoshlar 6-7 oy mobaynida Peshovar va Afg'onistoning toliblar nazorat qilayotgan joylardagi maxsus lagerlarda terrorchilik faoliyatining turli shakllariga o'rgatilmoqda. “Maxsus tayyorgarlik” kursini bitirganlar Tojikiston va Qirg'iziston davlatlari orqali O'zbekistonga qaytib keladi. Pokistondagi, biz yuqorida qayd etgan o'quv yurtlarida 400ga yaqin yoshlar tayyorlanmoqda. Islomoboddagi “Juma ul-Sanifiya”, Mardon shahridagi “Tabon” madrasalarida yoshlar ekstremistik ruhda tayyorlanmoqda. Peshovar shahrining Arbad Roid tumanida, Karochi shahrida, Peshovar yaqinidagi Jalxoza, Shamshatu, Oquli Xatta qishloqlarida islomiy jangarilar tayyorlaydigan maxsus o'quv markazlari mavjud.80 Farg'ona vodiysidan Rahim Hojiev, Akmal Haydarov, Qosim Solixonov va boshqalar (hammasi 15ta) Lohor yaqinidagi Reyvand shahrida “Da'vati tablig” nomli Islom markazida 5 oylik maxsus tayyorlov kursidan o'tishgan. Ularning asosiy maqsadi Markaziy Osiyodagi mavjud tuzumni ag'darib tashlab islom davlatlarini tuzishdir. Abduvali Yo'ldoshev va Tolib Mamajonov boshchiligidagi shunday bosqinchi guruhlardan biri 1994-1997 yillar mobaynida Namangan viloyatida bir qator og'ir jinoyatlar sodir etgan. Mazkur guruh a'zolari Pokiston va Afg'onistonda maxsus tayyorgarlikdan o'tishgan. Mana, muhtaram talabalar, ko'rayapsizlarmi? Diniy ekstremizm va fundamentalizmning asl mohiyati qanaqa ekan? Dindan hokimiyat uchun kurash vositasi sifatida foydalanayapti. Demak, har qanaqa ko'rinishdagi diniy qarashlarning mohiyati tor maqsadlar uchun kurashdan iboratdir. Bundan xalq mafaatdor emas, aksincha, bu bir guruh buzg'unchilarning ishidir. Chunonchi, 1999 yil 16 fevral Toshkentda sodir etilgan fojialar diniy ekstremizmning mahsulidir. Mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy barqarorlik demokratik jamiyat qurishning asosi hisoblanib, barcha islohotlarni amalga oshirish imkoniyatlarini yaratadi. Mamlakatda tinchlik, osoyishtalik hukm suradi, millatlararo totuvlik vujudga keladi. Ayni vaqtda har qanday xavf oldini olish, milliy xavfsizlikni ta'minlash mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni mustahkamlaydi. Diniy ekstremizm va terrorchilik – demokratik jamiyat barqarorligining kushandasidir. Shuning uchun davlatimiz xavfsizligini ta'minlash borasida hamma narsani qilayapti. Download 83.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling