Reja: Ikki palatali parlament tizimining shakllanishi Parlamentning muhim funktsiyalaridan biri hukumat faoliyatini nazorat qilishdir. Deputatlar Kongressining asosiy funktsiyasi Ikki palatali parlament tizimining shakllanishi
Deputatlar Kongressining asosiy funktsiyasi
Download 27.57 Kb.
|
1540968721 72743
Deputatlar Kongressining asosiy funktsiyasi
Deputatlar Kongressining asosiy funktsiyasi Senat bilan birgalikda qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshirish, qonunlar qabul qilish, davlat byudjetini ko`rib chiqish va qabul qilish, shuningdek, davlat organlari faoliyatini nazorat etishdir. Deputatlar Kongressi 350 ta a’zodan iborat bo`lib, ular erkin, umumiy, teng, to`g`ridan-to`g`ri va yashirin ovoz berish yo`li bilan to`rt yil muddatga saylanadilar. Har bir provintsiya saylov okrugi hisoblanadi. Deputatlar Kongressi va Senat o`zlarining navbatdagi sessiyalariga yilda ikki marta yig`ilishadilar; birinchisi, sentyabrdan dekabrgacha, ikkinchisi, fevraldan iyulgacha. Konstitutsiyaga binoan Senat hududiy vakillikni amalga oshiradi. Har bir provintsiyadan to`rttadan senator, avtonom hamjamiyatlardan esa bittadan senator saylanadi. Senat 259 ta a’zodan iborat bo`lib, ular to`rt yil muddatga saylanadilar. Senatning asosiy funktsiyalari quyidagilardir: - hududiy integratsiyani ta’minlash (davlatning mintaqaviy siyosatini qo`llab-quvvatlash, mintaqaviy hamjamiyatni rivojlantirish, hamjamiyatlar o`rtasidagi hamkorlikka doir bitimlarni tasdiqlash, fondlarni taqsimlash); - deputatlar Kongressi bilan birgalikda qonunlar qabul qilish; - hukumat faoliyatini nazorat qilish va siyosiy tashabbuslar bilan chiqish (xukumat faoliyati xaqida to`liq axborot so`rash, uning faoliyatini senatorlar muhokamasiga olib chiqish, ma’lum yo`nalishlar bo`yicha siyosatlar olib borish to`g`risida tavsiyalar berish huquqlari); - tashqi siyosatni nazorat qilish (xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilish yoki rad etish huquqi) Demak, yuqorida ko`rib chiqilgan misollar bir qator xulosalar chiqarish imkonini beradi. Birinchidan, parlament palatalarini shakllantirishda o`zaro farqlar mavjud. YA’ni respublika tuzumidagi mamlakatlarda quyi palatalar asosan, umumxalq saylovlari natijasida shakllantirilsa, yuqori palata joylarning manfaatlarini ifodalab, mahalliy vakillik organlaridan saylanashi, ularning ayrim a’zolari davlat rahbari tomonidan tayinlanishi mumkin. SHuningdek, yuqori palata ham u yoki bu hududda yashovchi fuqarolar tomonidan to`g`ridan to`g`ri saylanishi mumkin. Ikkinchidan, palatalarning vakolatlari aniq belgilangan bo`lib, ular o`z vazifalarini bajarishlari uchun etarli vakolatga ega bo`ladilar. Uchinchidan, yuqori palata bir necha muovini bo`lgan rais tomonidan boshqariladi. Rayosat yoki prezidium palataning asosiy ishchi organi hasoblanadi. Palataning asosiy qonunchilik faoliyati komissiyalar va qo`mitalar tomonidan amalga oshiriladi. To`rtinchidan, qonun ijodkorligi faoliyati bilan, asosan, quyi palata shug`ullanib, u strukturasi jihatidan yuqori palataga o`xshashdir. Evropadagi barcha mamlakatlar parlamentlari YUqori palatalarining umumiy ustivor tamoyili bu - vakillikning xududiy printsipidir. Evropadagi unitar davlatlarning mintaqaviylashuvi natijasida yuqori palatalarning funktsiyalari tabora umumiylik tusini olmoqda. YUqori palatalar faoliyati natijasida birinchidan, hokimiyat institutlarida fuqaroning ko`pqirrali vakilligini amalga oshirish imkoniyatlari tug`ilmoqda. Ikkinchidan, ba’zan ro`y berib turadigan quyi palataning ustunlikka intilishi va korporativlikka harakat qilishini yuqori palatalar cheklab turganligi bugun hech kimga sir emas. SHuning uchun ham o`tish davrini o`z boshidan kechirayotgan mamlakatlar uchun ikki palatali parlament yaratish sohasidagi islohotlar fuqarolik jamiyati qurish jarayonlarining muhim bosqichlaridan biri bo`lib, bu kabi parlament jamiyatdagi turli ijtimoiy tabaqalar va guruhlarning manfaatlari va irodalarini nisbatan ko`proq ifodalashi, unda yaratilgan qonunlar va boshqa huquqiy aktlar o`zining yaratuvchanligi va hayotiyligi bilan zaruriyatga aylanganligi ham bejiz emas. Download 27.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling