Reja: Ilk yoshdagi bolalarda jismoniy tarbiyaning mazmuni


Emaklash va tirmashib chiqish uchun mashqlar


Download 40.86 Kb.
bet4/13
Sana22.09.2023
Hajmi40.86 Kb.
#1684817
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Reja Ilk yoshdagi bolalarda jismoniy tarbiyaning mazmuni-fayllar.org

Emaklash va tirmashib chiqish uchun mashqlar. 3-4 m.
ga emaklash, 25-30 sm. li to‘siq tagidan o‘tish, polda yotgan
holda ustidan oshib o‘tish. Arqonli narvoncha, gimnastika
devorchasidan bolaga qulay bo‘lgan usul bo‘yicha yuqoriga
tirmashib chiqish va pastga tushish.
Muvozanat saqlash uchun mashqlar. To‘g‘ri yurish,
ilon izi yo‘lakchadan, to‘g‘ri, ilon izi, doira bo‘ylab tashlab
qo‘yilgan arqonchadan, bir tomoni poldan ko‘tarib qo‘yilgan
taxtachadan, gimnastika o‘rindig‘i ustida yurish.
Usti silliqlangan taxta bo‘ylab, gimnastika o‘rindig‘i
ustida emaklab yurish.
10-15 sm balandlikdagi to‘siqlardan: xalqadan - xalqaga,
yashikdan - yashikka sakrab o‘tish, taburetka (25 sm.
balandlikdagi), o‘rindiq ustiga chiqish, qo‘llarni ikki yonga
uzatgan holda turish. Oyoq uchida ko‘tarilish va yana
dastlabki holatga qaytish. Turgan joyida asta-sekin aylanish.
Umumrivojlantiruvchi mashqlar. Qo‘l va yelka o‘mrov
muskullari uchun mashqlar, qo‘llarni yuqoriga ko‘tarish,
yuqoriga va yonga bukish va cho‘zish, ko‘krak oldida
chalishtirish va yonga uzatish, qo‘llarni orqaga yashirish,
chapak chalish, bosh ustida chapak chalish, qo‘llarni oldinga



va orqaga siltash (qo‘llar pastda), pastga-yuqoriga (qo‘llar yon


holatda), qo‘llarni bosh ustida va oldinga silkitish. Shuningdek,
mashqlarni turli xil predmetlar (shaqildoqlar, kubiklar,
lentachalar, ro‘molchalar) bilan turlicha holatlarda bajarish.
Oyoqlar uchun mashqlar. Turgan joyida yurish, oldinga,
yonga, orqaga qadam tashlash. Oyoq uchida ko‘tarilish,
oyoqni oldinga qo‘yib, tovon bilan turish, oyoq barmoqlarini
qimirlatish.
Gavdani rivojlantiruvchi mashqlar. O‘ng va chapga
o‘girilish, qo‘llarni yengil silkitgan holda predmet yonida
turgan bolaga uzatish. Oldinga va turli tomonga engashish.
Polda o‘tirgan holda oyoqlarni bukish va yozish. Chalqancha
yotgan holda oyoqlarni yuqoriga ko‘tarish va tushirish, qo‘llar
va oyoqlarni bir vaqtda birgalikda qimirlatish. Tizzalab o‘tirib,
tovonda o‘tirish va turish. Qorin bilan yotgan holda qo‘llarni
va oyoqlarni ko‘tarish, yonboshdan-yonboshga ag‘darilish.

Download 40.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling