Reja: Ilk yoshdagi bolalarda jismoniy tarbiyaning mazmuni


Harakatlantiruvchi tartib. H


Download 40.86 Kb.
bet9/13
Sana22.09.2023
Hajmi40.86 Kb.
#1684817
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Reja Ilk yoshdagi bolalarda jismoniy tarbiyaning mazmuni-fayllar.org

Harakatlantiruvchi tartib. Har kungi sayrlarda ishtirok
etish. Harakatli o‘yinlarda o‘yinchoqlar va jismoniy
mashqlarda sport anjomlari bilan faol ishtirok etish.
Harakatli o‘yinlar. 
Yurish va yugurishga oid o‘yinlar. “Qo‘g‘irchoq-
larnikiga mehmonga”, “Yo‘lakchadan, tayoqchadan hatlab
o‘t”, “Meni quvib yeting”, “Chumchuqlar va avtomobil”,
“Buyumni olib kel”, “Qushlar uchmoqda” kabilar.
Emaklab o‘ynaladigan o‘yinlar. “Shaqildoqqacha
emaklab bor”, “Maymunchalar”, “Darvozaga tushir”.
Irg‘itish va ilib olish. “To‘pni ilib ol darvozaga kirgiz”,
“Savatchaga tashla, menga irg‘it” kabilar.
Sakrab o‘ynaladigan o‘yinlar. “Mening sho‘x koptogim”,
“Oq quyonim”, “Ariqchadan sakrab o‘t” kabilar.
O‘rta guruhlarda jismoniy tarbiyaning mazmuni 
Bolalarni jismoniy harakat turlari bilan tanishtirish, ularni
faol bo‘lishga undash hamda turli o‘yin va mashqlarga



qiziqish uyg‘otish nazarda tutiladi. Mashg‘ulot vaqtida


bolalarni qo‘l va oyoq harakatlarini mashqqa muvofiq
ravishda oyoqni sudramay, boshni egmay yengil yurishga
odatlantirish. Narvonga tirmashib chiqish, to‘pni panjalar
yordamida ushlab olish shuningdek, turli usullar yordamida
to‘p uloqtirishda boshlang‘ich holatni to‘g‘ri egallash,
velosiped uchish malakasini tarkib toptirish, turli tartibda
saflanib yura olish, fazoda chamalashni o‘rgatish hamda
muvozanat saqlashga o‘rgatib borish.
Ertalabki badantarbiya. Badantarbiya vaqtida yurish,
yugurish, sakrash qo‘l-oyoq mashqlarini faol egallashga,
gavda holatini tikka tutishga erishish. Jismoniy sifatlarni
rivojlantirish. O‘yinlarni bolalarning o‘zlari mustaqil ravishda
tashkil etishlariga imkoniyat yaratish. Bolalarda velosiped,
chanada uchish, to‘p, halqa va boshqa narsalar yordamida
bajariladigan harakat malakalarini takomillashtirish. Jismoniy
tarbiya mashg‘ulotlarida birgalikda dam olish daqiqalaridagi
o‘yinlarga erkin qo‘shilishlariga odatlantirish.

Download 40.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling