Reja: Ilk yoshdagi bolalarda jismoniy tarbiyaning mazmuni


Download 40.86 Kb.
bet10/13
Sana22.09.2023
Hajmi40.86 Kb.
#1684817
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Reja Ilk yoshdagi bolalarda jismoniy tarbiyaning mazmuni-fayllar.org

Asosiy harakat mashqlari 
Yurish. Oyoq uchida tizzalarni baland ko‘tarib yurish,
tovonda, oyoq kaftlarining yon tomoni bilan yurish, turli
buyumlar oralab yon tomonga yurish. Harakat tezligi va
yo‘nalishlarini o‘zgartirib safda yurish.
Yugurish. Oyoq uchida, tizzalarini baland ko‘tarib katta
qadamlar bilan yugurish, safda juft bo‘lib turli yo‘nalishda
doira bo‘lib, qo‘lini ushlab, ilon izi bo‘lib, yugurish hamda
yugurishni yurish bilan almashtirish, to‘xtovsiz 1, 5
daqiqagacha yugurishga, 30 metrga tez, 40-60 metrgacha
o‘rtacha tezlikda yugurishga, 200-240 metr masofaga sekin



tezlikda yugurishga o‘rgatish maqsadga muvofiqdir.


Sakrash. Turgan joyida ikki oyoqlab aylanib sakrash,
qo‘llarni yuqoriga ko‘tarib sakrash, oldinga qarab yurish
vaqtida sakrash, bir oyoqlab turgan joyida va yurgan holda
sakrash. To‘siqlardan sakrab o‘tish, 70 sm uzunlikka 20-30 sm
balandlikdan sakrab o‘tish, arqon bilan sakrashga urinish,
dumalatish, uloqtirish, ilib olish. Aylana orasidan to‘pni
dumalatish, koptokni yuqoriga otib va yerga urib ilib olish.
Emaklash va tirmashish. Kamida 10 m masofani
emaklab o‘tish, turli balandlikdagi buyumlar ostidan emaklab
o‘tish. Gimnastika kursisida qo‘llarga tayangan holda, qorin
bilan sudralish. To‘rt oyoqlab yurish, gimnastika devoriga
o‘ngdan chapga o‘tib tirmashib chiqish; 20-30 sm balandlikda
tortilgan arqon tagidan, xalqa orasidan emaklab o‘tish.
Irg‘itish. To‘pni bir-biriga irg‘itib, devorga yerga urib ilib
olishga, navbatma-navbat o‘ng va chap qo‘l bilan to‘pni
urishga, og‘irligi 0, 5 kg bo‘lgan oddiy va havo to‘plarini
yerda dumalatib, uloqtirishga o‘rgatish.
Velosiped haydash. 3 g‘ildirakli velosipedda o‘ngga va
chapga burilib, doira bo‘ylab, yerga qo‘yilgan buyumlarni
chetlab o‘tib haydash va buyruq bo‘yicha to‘xtashga o‘rgatish.

Download 40.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling