Reja: Ilmiy tadqiqotning tarkibiy qismlari: kirish asosiy qism xulosa adabiyotlar perefraza (havola, iqtibos, sitata, abzas). Amaliy mashg‘ulot №10 10-mavzu: Dastlabki ilmiy tadqiqot yozish


Download 18.73 Kb.
bet2/5
Sana18.11.2023
Hajmi18.73 Kb.
#1784789
1   2   3   4   5
Bog'liq
Reja Ilmiy tadqiqotning tarkibiy qismlari kirish asosiy qism x

Xulosa va perefraza: Oliy o‘quv muassasalaridagi talabalar uchun elektron
ta’limning tajribasini baholash. Bu terminning bir qator talqinlari mavjud, ammo bu
maqolada “elektron ta’lim” internet orqali ma’lumot almashiladigan ixtiyoriy turdagi
ta’limga tegishlidir. O‘rganish bilimlarga asoslangan zamonaviy iqtisodiyotning muhim
ajralmas qismi hisoblanadi. Hisoblash mashinalari va texnologiyaning taraqqiyoti
natijasida, internet bilimlar almashishning muhim vositasiga aylandi. Ko‘plab
tadqiqodchilar (Veb va Kirstin, 2003; Honiga va boshqalar, 2006) sog‘liqni saqlash va
biznesda elektron ta’limni baholashgan, ammo hozirgacha oliy ta’lim muassasalari
talabalarining bunday ta’lim tizimiga yetarlicha e’tibor berilmagan. Bu tadqiqotning
maqsadi oliy ta’lim muassasalaridagi elektron ta’lim tizimi bo‘yicha o‘qiyotgan
talabalarning tajribalarini o‘rganish edi.
Avvalo, bir necha tadqiqotlar olib borildi, keyin esa 200 ta talabalarning elektron
ta’lim tizimidagi tajribalarini o‘rganish uchun so‘rov o‘tkazildi.
Shu narsa aniqki, bu tadqiqot ma’lum bir chegaralar bilan cheklandi, asosan,
talabalarni tanlash, bu asosan farmasevtika va qishloq xo‘jaligidagi talabalar bilan


cheklangan. Ish quyidagicha shakllangan. Birinchi bo‘lim, asosan, talabalarning


tajribasi borasida chegaralarga e’tibor qaratilgan tadqiqotlarning tahlilini o‘z ichiga
oladi. Ikkinchisi esa so‘rovning metodologiyasi bilan natijalarning tahlilini o‘zida
mujassamlashtiradi va oxirgisi elektron ta’lim dasturlarini olib borishning oqibatlarini
qamrab oladi.
Xulosa, odatda, kirishga qaraganda qisqaroq va turlicha bo ‘lishi lozim. Kopchilik
maqolalar “sharhlar” yoki “xulosalovchi izoh”dan iborat bo ‘lishi mumkin. Ammo
talabalar ishida yakinlovchi bo‘lim argumentlarni umumiylashtirishi va asosiy savolga
javob topilganligini kitobxonga tushuntirishi lozim.
Yaxshi xulosalashning siri nimada? Xulosalash jarayoniga oddiy hayotda ko‘p marta
duch kelamiz. U biror narsa haqidagi asosiy(umumiy) fikrni ifodalaydi

Download 18.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling