Reja: Inflyatsiya, uning mazmuni, kelib chiqish sabablari va shakllari. Muomaladagi pul massasi va uni boshqarish


Download 293.2 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/13
Sana17.10.2023
Hajmi293.2 Kb.
#1706349
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Inflyatsiya va unga qarshi kurashish yo‘llari



1
Annual report 2014. 
www.ecb.eu
 
Inflyatsiya va unga qarshi kurashish yo‘llari 
 
REJA: 
 
1. Inflyatsiya, uning mazmuni, kelib chiqish sabablari va shakllari. 
Muomaladagi pul massasi va uni boshqarish
2. Inflyatsiyaning ijtimoiy, iqtisodiy oqibatlari. 
3. O‘zbekiston Respublikasida inflyatsion jarayonlarning o‘ziga xosligi 
4. Inflyatsiyaga qarshi kurashish maqsadida pul- kredit siyosati va uning 
amaliy ahamiyati 
5. Inflyatsiya, uning mazmuni, kelib chiqish sabablari va shakllari. 
Muomaladagi pul massasi va uni boshqarish



nflyatsiya lotincha «inflatio» so‘zidan olingan bo‘lib «ish», 
«bo‘rtish», «ko‘pchish» degan ma‘noni anglatadi. Bu so‘z 
XIX asrning o‘rtalaridan boshlab iqtisodchilar tomonidan 
iqtisodiy termin sifatida ishlatilguncha qadar, u tibbiyotda xavfli
o‘sma kasalini ifodalashda qo‘llanilgan. Tarix haqiqatda ham 
bu so‘zning har tomonlama xavfli ekanligini ko‘rsatdi. Chunki
inflyatsiya qandaydir alohida olingan 
bozorda tovarlar va xizmatlar narxining o‘sishidangina iborat bo‘lmasdan, 
bu umumiqtisod uchun xavfli hodisadir. Inflyatsiya so‘zining iqtisodiy 
tarjimasi – muomalada mavjud bo‘lgan 
tovarlar va ularning bahosiga 
nisbatan ko‘p pul chiqarish degan ma‘noni
anglatadi. Iqtisodda 
inflyatsiyaning yakuni tovarlar bahosining o‘sishiga, qoniqtirilmagan, lekin 
qisman to‘lanishi 
mumkin bo‘lgan talablarning vujudga kelishga olib 
keladi. Odatda inflyatsiyaning bu turi - klassik inflyatsiya deb yuritiladi. 
Inflyatsiya so‘zi pul muomalasi sohasida AQSh ning Shimoliy va Janubiy 
shtatlari o‘rtasida fuqarolar urushi bo‘lganda muomalaga juda ko‘p 
miqdorda (450mln. grin bek) qog‘oz dollar chiqarilgan boshlab qo‘llanila 
boshlagan. Ularning sotib olish qobiliyati ikki yildan keyin 50
foizlargacha tushib ketgan . Agar tarixga e‘tibor beradigan bo‘lsak, urush 
va boshqa ofatlar sababli davlat xarajatlarning oshib ketishi, inflyatsiya 
bilan uzviy bog‘liq. Masalan, Angliyada kuchli inflyatsiya XIX asrning
boshida Napoleon bilan urush davrida, Frantsiyada - Fransuz
revolyutsiyasi davrida, Rossiyada XIX asrning o‘rtalarida namoyon 
bo‘lgan. Germaniyada juda yuqori sur‘atlardagi inflyatsiya 1923 yillarda 
bo‘lib, muomaladagi pul massasi 496 kvintillion markagacha etgan va 
pul birligi trillion marta qadrsizlangan. Bu tarixiy misollar ko‘rsatadiki, 
inflyatsiya hozirgi davr jarayoni bo‘lmasdan, tarixan mavjud bo‘lgan
jarayondir. Inflyatsiya va uning rivojlanishi alohida olingan mamlakatda 
ma‘lum xususiyatlarga ega bo‘lishi mumkin. Hozirgi davr inflyatsiyasi, 
o‘tgan davr inflyatsiyasidan farq qiluvchi xususiyatlarga ega. Oldingi 
inflyatsiyalar vaqtinchalik bo‘lib, ular odatda urush vaqtida harbiy
xarajatlarni qoplash uchun qog‘oz pullar chiqarilishi natijasida yuzaga
kelgan. Biror daromad olmasdan turib, ya‘ni ishlab chiqarish va
tovarooborot sur‘atlarini oshirmasdan yoki bu ko‘rsatkichlar kamayib 
ketgan holda davlat tomonidan bo‘ladigan xarajatlarni moliyalashtirishning
asosiy yo‘llaridan biri qog‘oz pullarni muomalaga chiqarishdan iborat 
bo‘lgan. Natijada muomalaga chiqarilgan pullar, muomala uchun zarur 
bo‘lgan oltin miqdoridan oshib ketgan va pulning real qiymati uning
nominal qiymatidan tushib ketgan, ya‘ni, xaqiqatda pul birligi o‘zida 
ko‘rsatilganidan kam oltin miqdorni ifoda qila boshlagan. Oldingi 
inflyatsiyalarning yana bir xususiyati shundaki, ular ma‘lum davrda 
namoyon bo‘lgan. Hozirgi davr inflyatsiyasi esa odatda doimiy (xronik)
xarakterga ega bo‘lib xo‘jalik hayotining barcha sohalarini qamrab olishi 
bilan, pul omillaridan tashqari boshqa iqtisodiy omillarga ta‘sir qilishi 


bilan farqlanadi. Oxirgi yillarda inflyatsiya tez-tez uchrab turadigan jarayon bo‘lib, 
sifati ham o‘zgarib bormoqda. Buning sababi shundaki, hozirgi kunlardagi 
inflyatsiya: birinchidan, uzluksiz baholarning oshishiga; ikkinchidan pul muomalasi 
qonunining buzilishi natijasida umumxo‘jalik mexanizmining ishdan chiqishiga olib 
keladi. XX asr inflyatsiyasining asosiy sababi tovar kamyobligigina bo‘lib
qolmasdan, ishlab chiqarish va qayta ishlab chiqarishda krizislar mavjudligi bilan 
ifodalanadi. Hozirgi davr inflyatsiyasi birinchidan; pul talabining tovar taklifidan 
oshishi natijasida pul muomalasi qonunining buzilishi; ikkinchidan; - ishlab 
chiqarishga ketadigan xarajatlar salmog‘ining o‘sishi natijasida tovarlar bahosining 
oshishi va shu sababli pul massasining ortib borishi bilan ifodalanadi. 
Inflyatsiyaning asosiy sababi - bu xalq xo‘jaligining turli sohalari o‘rtasida
vujudga kelgan nomutanosiblikdir. Bu avvalambor, jamg‘arma va iste‘mol 
o‘rtasidasidagi, talab va taklif, davlatning daromadlari va xarajatlari o‘rtasidagi 
muomaladagi pul massasi va xo‘jaliklarning naqd pulga bo‘lgan talabi o‘rtasidagi 
nomutanosibliklardan iboratdir. 
1960-yillarning boshida inflyatsiya darajasi AQSHda 1-2%ni tashkil etgan. 
Oxirgi yillarda bu ko‘rsatkich yuqori bo‘lib, nobarqarorligi bilan ajralib turadi. 
1960-yilning oxirida inflyatsiya 5%ni tashkil etdi, 1974 yilda esa, ikki sonli 
ko‘rsatkichga yetdi. 1975-1978 yillarda inflyatsiya darajasi bir muncha sekin 
o‘sgan bo‘lsada, 1979-1980 yillarda 10%dan o‘sib ketdi. 1982 -1990 yillarda 
inflyatsiya darajasi 5%gacha pasaydi.
85
 
Qisqa qilib aytganda, ijtimoiy ishlab chiqarish rivojlanishida yuzaga keluvchi
disproportsiyalar sababli tovarlar va xizmatlar bahosining umumiy yoki
to‘xtovsiz o‘sishi va natijada pul muomalasi qonunining buzilishi oqibatda pul 
biriligining qadrsizlanishiga inflyatsiya deb aytiladi. Inflyatsiya quyidagi shakllarda 
namoyon bo‘ladi: 
1. Tovar va xizmatlar bahosining uzluksiz va tartibsiz o‘sib borishi natijasida 
p ulning qadrsizlanishi va uning sotib olish qobiliyatining tushib borishi; 
2. Chet el valyutasiga nisbatan milliy valyuta kursining tushib ketishi; 
3. Milliy pul birligida oltin narxining oshib borishi va boshqalar. 
Ba‘zi bir iqtisodchilarimizning fikricha inflyatsiya - bu barcha tovarlar
baholarining oshishini bildirmaydi. Inflyatsiya juda tez o‘sgan taqdirda ham 
ayrim tovarlar bahosi barqaror bo‘lib qolishi, boshqalarniki tushishi ham mumkin
ekan.
86
Bizning fikrimizcha, bunday xulosalar 70- 
80 yillarning inflyatsiyasiga mos kelishi mumkin. Albatta, inflyatsiya davrida 
baholarning oshishi doim bir xil sur‘atlarda bo‘lmasdan, sakrab turadigan bo‘lishi
mumkin. Lekin, ba‘zi tovarlar bahosining tushishi yoki 
85
Frederic S.Mishkin. The economics of money, banking and financial markets. Pearson 
Education Limited. 2013. 610 page. 
2. 
Jo‘raev T.T., Jo‘raev A.D. «Pul kapital va xazina mollari bozori. Moliya, kredit-bank tizimi 
va davlatning soliq siyosati» T.: 1994 y



barqaror bo‘lib turishi XX asrning inflyatsiyasi uchun mos deb to‘liq ishonch
bilan uqtira olmaymiz. Ba‘zida davlat aralashuvi bilan aholi iste‘moli uchun
zarur bo‘lgan ayrim bir tovarlar bahosining ma‘lum davrda barqaror ushlab
turish mumkin, ammo inflyatsiyaning kuchayib borishi shu tovarlar
baholarining ham oxir oqibatda oshishiga olib keladi. Bizning fikrimizcha, 
baholar oshishi to‘g‘risida gapirganda, inflyatsiya darajasida baholar oshishi va
umuman baholar oshishi tushunchalarini to‘g‘ri talqin qila olish kerak. Masalan, 
xamma vaqt ham ba‘zi tovarlar bahosining oshishi inflyatsiyani anglatmasligi
mumkin. Tovarlar bahosi oshishi inflyatsiya bo‘lmagan davrda, oltin pul
muomalasi sharoitida ham bo‘lishi mumkin. 

Download 293.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling