7 mavzu: Inflyatsiya va unga qarshi kurashish yo‘llari reja


Download 0.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/13
Sana21.02.2023
Hajmi0.9 Mb.
#1218994
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Mavzu Inflyatsiya va unga qarshi kurashish yo‘llari



1
Annual report 2014. 
www.ecb.eu
 
7- 
mavzu: Inflyatsiya va unga qarshi kurashish yo‘llari 
 
REJA: 
 
7.1. Inflyatsiya, uning mazmuni, kelib chiqish sabablari va shakllari. 
Muomaladagi pul massasi va uni boshqarish. 
7.2. Inflyatsiyaning ijtimoiy, iqtisodiy oqibatlari. 
7.3. O‘zbekiston Respublikasida inflyatsion jarayonlarning o‘ziga xosligi 
7.4.Inflyatsiyaga qarshi kurashish maqsadida pul- kredit siyosati va 
uning amaliy ahamiyati 
7.1. Inflyatsiya, uning mazmuni, kelib chiqish sabablari va shakllari. 
Muomaladagi pul massasi va uni boshqarish



nflyatsiya lotincha «inflatio» so‘zidan olingan bo‘lib «ish», 
«bo‘rtish», «ko‘pchish» degan ma‘noni anglatadi. Bu so‘z 
XIX asrning o‘rtalaridan boshlab iqtisodchilar tomonidan 
iqtisodiy termin sifatida ishlatilguncha qadar, u tibbiyotda 
xavfli o‘sma kasalini ifodalashda qo‘llanilgan. Tarix
haqiqatda ham bu so‘zning har tomonlama xavfli ekanligini 
ko‘rsatdi. Chunki inflyatsiya qandaydir alohida olingan 
bozorda tovarlar va xizmatlar narxining o‘sishidangina iborat bo‘lmasdan, 
bu umumiqtisod uchun xavfli hodisadir. Inflyatsiya so‘zining iqtisodiy 
tarjimasi – muomalada mavjud bo‘lgan 
tovarlar va ularning bahosiga 
nisbatan ko‘p pul chiqarish
degan ma‘noni
anglatadi. Iqtisodda 
inflyatsiyaning yakuni tovarlar bahosining o‘sishiga, qoniqtirilmagan, lekin 
qisman 
to‘lanishi 
mumkin bo‘lgan talablarning vujudga kelishga olib 
keladi. Odatda inflyatsiyaning bu turi - klassik inflyatsiya deb yuritiladi. 
Inflyatsiya so‘zi pul muomalasi sohasida AQSh ning Shimoliy va Janubiy 
shtatlari o‘rtasida fuqarolar urushi bo‘lganda muomalaga juda ko‘p 
miqdorda (450mln. grin bek) qog‘oz dollar chiqarilgan boshlab qo‘llanila 
boshlagan. Ularning sotib olish qobiliyati ikki yildan keyin 50
foizlargacha tushib ketgan . Agar tarixga e‘tibor beradigan bo‘lsak, urush 
va boshqa ofatlar sababli davlat xarajatlarning oshib ketishi, inflyatsiya 
bilan uzviy bog‘liq. Masalan, Angliyada kuchli inflyatsiya XIX asrning
boshida Napoleon bilan urush davrida, Frantsiyada - Fransuz
revolyutsiyasi davrida, Rossiyada XIX asrning o‘rtalarida namoyon 
bo‘lgan. Germaniyada juda yuqori sur‘atlardagi inflyatsiya 1923 yillarda 
bo‘lib, muomaladagi pul massasi 496 kvintillion markagacha etgan va 
pul birligi trillion marta qadrsizlangan. Bu tarixiy misollar ko‘rsatadiki, 
inflyatsiya hozirgi davr jarayoni bo‘lmasdan, tarixan mavjud bo‘lgan
jarayondir. Inflyatsiya va uning rivojlanishi alohida olingan mamlakatda 
ma‘lum xususiyatlarga ega bo‘lishi mumkin. Hozirgi davr inflyatsiyasi, 
o‘tgan davr inflyatsiyasidan farq qiluvchi xususiyatlarga ega. Oldingi 
inflyatsiyalar vaqtinchalik bo‘lib, ular odatda urush vaqtida harbiy
xarajatlarni qoplash uchun qog‘oz pullar chiqarilishi natijasida yuzaga
kelgan. Biror daromad olmasdan turib, ya‘ni ishlab chiqarish va
tovarooborot sur‘atlarini oshirmasdan yoki bu ko‘rsatkichlar kamayib 
ketgan holda davlat tomonidan bo‘ladigan xarajatlarni moliyalashtirishning
asosiy yo‘llaridan biri qog‘oz pullarni muomalaga chiqarishdan iborat 
bo‘lgan. Natijada muomalaga chiqarilgan pullar, muomala uchun zarur 
bo‘lgan oltin miqdoridan oshib ketgan va pulning real qiymati uning
nominal qiymatidan tushib ketgan, ya‘ni, xaqiqatda pul birligi o‘zida 
ko‘rsatilganidan kam oltin miqdorni ifoda qila boshlagan. Oldingi 
inflyatsiyalarning yana bir xususiyati shundaki, ular ma‘lum davrda 
namoyon bo‘lgan. Hozirgi davr inflyatsiyasi esa odatda doimiy (xronik)
xarakterga ega bo‘lib xo‘jalik hayotining barcha sohalarini qamrab olishi 
bilan, pul omillaridan tashqari boshqa iqtisodiy omillarga ta‘sir qilishi 


bilan farqlanadi. Oxirgi yillarda inflyatsiya tez-tez uchrab turadigan jarayon 
bo‘lib, sifati ham o‘zgarib bormoqda. Buning sababi shundaki, hozirgi 
kunlardagi inflyatsiya: birinchidan, uzluksiz baholarning oshishiga; ikkinchidan 
pul muomalasi qonunining buzilishi natijasida umumxo‘jalik mexanizmining 
ishdan chiqishiga olib keladi. XX asr inflyatsiyasining asosiy sababi tovar 
kamyobligigina bo‘lib qolmasdan, ishlab chiqarish va qayta ishlab
chiqarishda krizislar mavjudligi bilan ifodalanadi. Hozirgi davr inflyatsiyasi 
birinchidan; pul talabining tovar taklifidan oshishi natijasida pul muomalasi 
qonunining buzilishi; ikkinchidan; - ishlab chiqarishga ketadigan xarajatlar 
salmog‘ining o‘sishi natijasida tovarlar bahosining oshishi va shu sababli pul 
massasining ortib borishi bilan ifodalanadi. Inflyatsiyaning asosiy sababi - bu 
xalq xo‘jaligining turli sohalari o‘rtasida vujudga kelgan nomutanosiblikdir. 
Bu avvalambor, jamg‘arma va iste‘mol o‘rtasidasidagi, talab va taklif, davlatning 
daromadlari va xarajatlari o‘rtasidagi muomaladagi pul massasi va 
xo‘jaliklarning naqd pulga bo‘lgan talabi o‘rtasidagi nomutanosibliklardan 
iboratdir. 
1960-yillarning boshida inflyatsiya darajasi AQSHda 1-2%ni tashkil etgan. 
Oxirgi yillarda bu ko‘rsatkich yuqori bo‘lib, nobarqarorligi bilan ajralib turadi. 
1960-yilning oxirida inflyatsiya 5%ni tashkil etdi, 1974 yilda esa, ikki sonli 
ko‘rsatkichga yetdi. 1975-1978 yillarda inflyatsiya darajasi bir muncha sekin 
o‘sgan bo‘lsada, 1979-1980 yillarda 10%dan o‘sib ketdi. 1982 -1990 yillarda 
inflyatsiya darajasi 5%gacha pasaydi.
85
 
Qisqa qilib aytganda, ijtimoiy ishlab chiqarish rivojlanishida yuzaga
keluvchi disproportsiyalar sababli tovarlar va xizmatlar bahosining
umumiy yoki to‘xtovsiz o‘sishi va natijada pul muomalasi qonunining 
buzilishi oqibatda pul biriligining qadrsizlanishiga inflyatsiya deb aytiladi. 
Inflyatsiya quyidagi shakllarda namoyon bo‘ladi: 
1. Tovar va xizmatlar bahosining uzluksiz va tartibsiz o‘sib borishi 
natijasida p ulning qadrsizlanishi va uning sotib olish qobiliyatining tushib
borishi; 
2. Chet el valyutasiga nisbatan milliy valyuta kursining tushib ketishi; 
3. Milliy pul birligida oltin narxining oshib borishi va boshqalar. 
Ba‘zi bir iqtisodchilarimizning fikricha inflyatsiya - bu barcha 
tovarlar baholarining oshishini bildirmaydi. Inflyatsiya juda tez o‘sgan 
taqdirda ham ayrim tovarlar bahosi barqaror bo‘lib qolishi, boshqalarniki 
tushishi ham mumkin ekan.
86
Bizning fikrimizcha, bunday xulosalar 70- 
80 yillarning inflyatsiyasiga mos kelishi mumkin. Albatta, inflyatsiya 
davrida baholarning oshishi doim bir xil sur‘atlarda bo‘lmasdan, sakrab 
turadigan bo‘lishi mumkin. Lekin, ba‘zi tovarlar bahosining tushishi yoki 
85
Frederic S.Mishkin. The economics of money, banking and financial markets. Pearson 
Education Limited. 2013. 610 page. 
2. 
Jo‘raev T.T., Jo‘raev A.D. «Pul kapital va xazina mollari bozori. Moliya, kredit-bank tizimi 
va davlatning soliq siyosati» T.: 1994 y



barqaror bo‘lib turishi XX asrning inflyatsiyasi uchun mos deb to‘liq 
ishonch bilan uqtira olmaymiz. Ba‘zida davlat aralashuvi bilan aholi
iste‘moli uchun zarur bo‘lgan ayrim bir tovarlar bahosining ma‘lum
davrda barqaror ushlab turish mumkin, ammo inflyatsiyaning kuchayib 
borishi shu tovarlar baholarining ham oxir oqibatda oshishiga olib
keladi. Bizning fikrimizcha, baholar oshishi to‘g‘risida gapirganda, inflyatsiya 
darajasida baholar oshishi va umuman baholar oshishi tushunchalarini 
to‘g‘ri talqin qila olish kerak. Masalan, xamma vaqt ham ba‘zi tovarlar
bahosining oshishi inflyatsiyani anglatmasligi mumkin. Tovarlar bahosi 
oshishi inflyatsiya bo‘lmagan davrda, oltin pul muomalasi sharoitida 
ham bo‘lishi mumkin. 

Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling