7 mavzu: Inflyatsiya va unga qarshi kurashish yo‘llari reja


Download 0.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/13
Sana21.02.2023
Hajmi0.9 Mb.
#1218994
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Mavzu Inflyatsiya va unga qarshi kurashish yo‘llari

Oshkora inflyatsiya. Talab tomoniga qaragan makroiqtisodiy tengsizlik 
doimiy ravishda narx-navoning ko`tarilib borishi bilan ifodalanadigan bo`lsa, 
bunday inflyatsiya oshkora inflyatsiya deb ataladi. Oshkora inflyatsiya 
bozor mexanizmini buzmaydi: narx-navo ba`zi bozorlarda ko`tarilishi bilan bir 
vaqtda boshqa bozorlarda pasayib borishi mumkin. Buning asosiy sababi 
shundan iboratki, bozor mexanizmlari o`z ta`sirini davom ettirib, milliy 
iqtisodiyotga baholar to`g`risidagi ma`lumotlarni oshkora etkazib turadi, 
investitsiyalarni ilgari surib, ishlab chiqarishning kengayishi bilan taklifni 
rag`batlntirib boradi. 
Yashirin inflyatsiya. Inflyatsiyaning ushbu turi shunday ko`rinishda 
bo`ladiki, bunday holatda ba`zi bir iste`mol mahsulotlariga narx-navo ma`muriy 
tarzda davlat tomonidan o`rnatiladi va tartibga solib turiladi. Bundan asosiy 
maqsad, davlat tomonidan ba`zi mahsulotlarga narx-navoni «ijtimoiy past» 
darajada belgilaydi. Yashirin inflyatsiya sharoitida narx-navoning keskin 
o`sishi kuzatilmasligi mumkin. Lekin milliy pul birligining qadrsizlanishi, 
mahsulotlar aholi pul mablag`lariga kerakli mahsulotlarni harid qilib
bo`lmasligi holatlari paydo bo`ladi. Iqtisodiyotda yashirin inflyatsiya yuzaga 
chiqqanda mahsulotlarning narxnavosi hamda aholini daromadlarini o`sishi 


Shunday qilib, muomila uchun zarur bo‘lgan pul miqdoriga ishlab 
vaqtincha to`xtatiladi. Yashirin inflyatsiyani vujudga kelishini asosiy 
sabablaridan biri bu narxlar ustidan ma`muriy nazorat o`rnatishdir. Buning 
natijasida bozor mexanizmi deformatsiyalanadi. Uning qaysi darajada va 
o`zgarganligi darajasi va davomiyligi davlat tomonidan olib boriladigan 
siyosatga hamda tartibga solish shakliga bevosita bog`liq bo`ladi. Ushbu 
inflyatsiyaning salbiy tomoni shundan iboratki, inflyatsiya davrida 
ishsizlik darajasi oshadi, chunki ishlab chiqarish rivojlanmaydi. Xorijiy va 
milliy iqtisodiy nazariyaning qarashlariga asosan milliy iqtisodiyotning balansini 
buzilishi va uning oqibatida inflyatsiyaning yuzaga chiqishining quyidagi 
to`rtta omillari mavjud: 
- qog`oz pullarning emissiya qilishda va tashqi savdoda davlatning mutloq 
monopoliyasi; 
- hozirgi zamon davlat funktsiyalarini bajarish uchun davlat xarajatlarini 
ortishi; 
- kasaba uyushmalari tomonidan byudjet muassasalari ishchi-xodimlarining 
ish haqlarini oshirish bo`yicha faoliyati; 
- iqtisodiyotda mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish, xizmatlar 
ko`rsatish sohasida ayrim xo`jalik sub`ektlarining monopoliya (oligopoliya) 
holatining mavjudligi. 
Inflyatsiyani yuzaga keltiruvchi omillarga qarab uning sabablarini
ichki va tashqi sabablarga bo‘lish mumkin. Inflyatsiyaning ichki omillari monetar-
pul siyosati bilan va xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq turlariga bo‘linadi. Pul 
muomalasi muomaladagi pul massasaini bank tomonidan muomalaga chiqarilgan 
pullarning bankga qaytib kelish tezligini ifodalaydi. Agar muomalada oltinga 
almashinmaydigan banknotalar yoki qog‘oz pullar amal qilsa, u holda naqd
pul muomalasi pul muomalasi qonuniga asosan amal qiladi. Qog‘oz pullar 
miqdori muomala uchun kerak bo‘lgan oltin pullarning nazariy miqdoriga teng 
bo‘lganda pul muomalasida hech qanday salbiy jarayonlar yuz bermaydi. 
Yuqorida ko‘rsatilgan talab pulning barqarorligini ta‘minlaydi, shuningdek, pul 
muomalasi mavjud bo‘lgan barcha ijtimoiy tizimlarda o‘z kuchiga ega. Pul
muomalasi qonuni muomaladagi tovarlar massasi, ularning narx darajasi va pul 
muomalasi tezligi orasidagi iqtisodiy aloqadorlikni aks ettiradi. Bu qonunga
asosan muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdorini quyidagi formula bilan 
ifodalash mumkin: 
Realizatsiya 
qilinadigan 
tovarlar narxi 
summai 
Kreditga sotilgan 
tovarlar narxi 

Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling