7 mavzu: Inflyatsiya va unga qarshi kurashish yo‘llari reja


 Inflyatsiyaning ijtimoiy, iqtisodiy oqibatlari


Download 0.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/13
Sana21.02.2023
Hajmi0.9 Mb.
#1218994
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
Mavzu Inflyatsiya va unga qarshi kurashish yo‘llari

7.2. Inflyatsiyaning ijtimoiy, iqtisodiy oqibatlari. 
 
 

ar bir mamlakatda inflyatsiya mavjudligi undagi iqtisodiy holatnig 
yomonlashuviga sabab bo`ladi. Ushbu salbiy holatlar quyidagi 
yo`nalishlarda yuzaga chiqadi: 
1) Ishlab chiqarish xajmi qisqaradi, chunki narx-navolarning 
doimiy tarzda tebranib 
turishi 
ishlab chiqarishni 
rivojlantirishga bo`lgan istiqbollarga ishonchni yo‘qotishga olib 
keladi. 
2) Ishlab chiqarish sohasidagi kapital savdo va vositachilik operatsiyalariga 
oqib o`tishi kuzatiladi. Chunki savdo va vositachilik sohalarida kapital aylanishi 
tez amalga oshadi va katta foyda keltiradi. Inflyatsiya yuqori bo`lgan davrda aholi 
o`rtasida puldan qochish holati kuzatiladi, ya`ni kishilar qo`llaridagi pullardan 
imkoniyat darajasida tezroq sarflashga harakat qiladilar. Ular pullarga turli 
tovarlar sotib oladilar. 
3) Narx-navoning keskin va notekis o`zgarishi natijasida chayqovchilik 
kengayadi. Inflyatsiya natijasida tovar tanqisligi (defitsit) yuzaga chiqadi.
Ushbu taqchillik narx-navoning keskin ko`tariladi. Chunki inflyatsiya darajasi 
tufayli yuridik va jismoniy 
shaxslarga tijorat banklaridan beriladigan 
kreditlarning 17 foiz darajasinig yuqori darajada o`rnatiladi. Ushbu salbiy holat 
ishonchni pasaytiradi. Inflyatsiyaning eng asosiy ijtimoiy oqibati bo`lib 
daromadlar va boyliklarni qayta taqsimlanishi amalga oshishi hisoblanadi. Ushbu 
qayta taqsimlanishi quyidagi omillar natijasida amalga oshadi: 
- mamlakat aholisining daromadlari indeksatsiya qilinmasligi; 
- tijorat banklari tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga beriladigan 
kreditlar baholar indekslarining o`zgarishini hisobga olinmagan holda 
berilishligi. 
Inflyatsiya shart-sharoitlarida mamlakatda ichki mahsulot va 
milliy daromad quyidagi yo`nalishlarda qayta taqsimlanadi: 
1) Milliy iqtisodiyot tarmoqlari, ishlab chiqarish sohalari va mamlaat 
xududlari o`rtasida narx-navoning notekis o`sishi natijasida 
2) Mamlakat aholisi va davlat o`rtasida. Bunda davlat tomonidan 
muomaladagi ortiqcha pul massasidan qo`shimcha daromad sifatida foydalanadi. 
Xalqaro amaliyotda bu inflyatsion soliq deb nomlanadi; 
3) Mamlakat aholisining sinflari va turli toifalari o`rtasida. Maxsulotlar va 
xizmatlarga bo`lgan narx-navoning notekis o`sib ketishi natijasida aholi o`rtasida 
ijtimoiy toifalarga bo`linishini (boylar, kambag`allar, qashshoqlar), mulkiy 
holatidagi farqni chuqurlashuviga, jamg`armalar va joriy iste`molning keskin 


o`zgarishi yuzaga chiqadi. 
Inflyatsiyaning 
ijtimoiy salbiy ta`siri eng avvalo 
qat`iy belgilangan daromadlari oluvchi shaxslar hisoblangan – nafaqaxo`rlar, 
nogironlar, ko`p farzandli oilalar va davlat xizmatchilari (o`qituvchilar, vrachlar, 
bog`cha xodimlari va boshqalar) uchun juda og`ir kechadi; 
4) Debitorlar va kreditorlar o`rtasida. Ushbu holatda olingan qarzlarni pul 
qadrsizlanishi natijasida debitorlar daromad oladi va buning aksi, kreditorlar 
qo`shimcha zarar ko`radi. Biz yuqorida keltirgan inflyatsiyaning iqtisodiy va 
ijtimoiy salbiy oqibatlari qo`shimcha ravishda mamlakatning tashqi iqtisodiy 
aloqalarga ham faol ta`sir ko`rsatadi. Inflyatsiya darajasi yuqori mamlakatlar 
bilan qo`shimcha sug`urta va 18 turli kafolatlar asosida o`zaro munosablar olib 
boradilar. Xalqaro amaliyotda ushbu munosabatlar savdoning kamsitilishi 
yoki diskriminatsiya deb nomlangan. Mamlakat iqtisodiyotiga ayniqsa 
jilovlanmagan (giperinflyatsiya) juda salbiy ta`sir etadi. Buning natijasida iqtisodiy 
va ijtimoiy qarama-qarshiliklar keskinlashadi, aholi o`rtasida xukumatga 
bo`lgan norozilik kuchayadi. Shuning uchun, xukumat qarama-qarshiliklarni 
ijobiy hal qilish, milliy pul tizimining barqarorlashtirish uchun oqilona ishlab 
chiqilgan inflyatsiyaga qarshi choratadbirlarni amalga oshirishi lozim bo`ladi 
Inflyatsiya jamiyatning rivojlanishiga salbiy ta'sir ko`rsatadi. 
1. Mamlakat iqtisodiy ahvolini tang holga olib kеladi: 

ishlab chiqarish hajmi tushib kеtadi baholarning oshib borishi 
ishlab chiqarish istiqbollariga tug`onoq bo`ladi. 
- kapitalning asosiy qismi ishlab chiqarishdan savdo sohasiga,
vositachilik sohasiga oqib o`tadi. Chunki ishlab chiqarishdan ko`ra savdo 
sohasidagi kapital tеzroq va ko`proq foyda kеltiradi

baholarning o`zgarib turishi olib-sotarlikni rivojlantiradi, arzon 
vaqtida olib, qimmat bo`lganda sotish jarayoni, tovar zaxiralarini yashirish 
jarayonlari avj oladi; 
- krеdit bеrish jarayonlari chеklangan bo`ladi. Qarz oluvchilar ko`payadi- 
yu, qarz bеruvchilar soni qisqaradi, chunki qarz bеrgan yutqazishi 
mumkin. Davlatning moliya rеsurslari qadrsizlanadi va hk. 
2. Aholining kam daromad oluvchi qismining ijtimoiy jihatdan 
ahvoli yomonlashadi. Ularning rеal daromadlari kamayadi. Nominal 
daromadning baholar o`sishidan tushib kеtishi natijasida aholining hayot 
darajasi pasayadi. Ayniqsa, nafaqa, davlat tashkilotlaridan maosh
oluvchilarning 
ahvoli 
qiyinlashishi 
mumkin. 
Inflyatsiya 
aholi 
jamg`armalarininig qadrsizlanishiga olib kеladi. Ba'zida inflyatsiya aholi
ba'zi qatlamlarining (savdo-sotiq sohasida) boyishiga olib kеladi. Davlat 
aholining daromadlar darajasini tеnglashtirish maqsadida daromad va 
soliqlarni indеksatsiya qilib boradi. 
Mamlakat tomonidan inflyatsiyaning samarali tashkil qilinmasligi
natijasida quydagi oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin. 
a) harbiy xarajatlarning o`sishi va iqtisodning militarlashuvi. Harbiy 
tеxnika sotib olish va boshqa harbiy xarajatlarni qoplash bilan bog`liq bo`lgan 
jarayonlar muomalaga kеragidan ortiqcha pul chiqarishga sabab bo‘ladi. 
b) davlat qarzlarning o`sishi va budjеt dеfitsitining mavjudligi. 


Budjеt dеfitsiti odatda zayomlar chiqarish yoki banknotalar emissiya 
qilish yo`li bilan qoplanadi. Bu o`z navbatida qo‘shimcha muomala 
vositalari bo`lishiga, qo`shimcha talab yuzaga kеlishiga olib kеladi. 
O`zbеkistonda byudjеti dеfitsitini qoplash yuqorilardagidan tashqari 1996- 
yildan boshlab davlat qisqa muddatli majburiyatlarini (DQM) sotish orqali 
ham qoplanmoqda. 
Barchamiz singari hukumat ham o‘z harajatlari bo‘yicha to‘lovlarni 
amalga oshirishi lozim. Albatta uning ham bujet cheklovlari bor. O‘z 
xarajatlarimizni to‘lash uchun pulni ishlab topishimiz yoki qarzga olib 
turishimiz mumkin. Davlat huddi shu usullardan foydalanadi: davlat bujetini 
yangi soliqlarni kiritish yoki qarzga mablag‘larni davlat obligatsiyalarini 
chiqarish orqali jalb qilishi mumkin. To‘g‘risi bizdan farqli ravishda davlat 
uchinchi imkoniyati ham mavjud: pulni emissiya qilish va maxsulot va 
xizmatlar uchun to‘lovni amalga oshirish. 
Davlat xarajatlarini moliyalashtirish usullari davlat bujetini chegaralash 
shartlariga bo‘ysunadi va quyidagicha tashkil etiladi: davlat bujeti difisiti 
DEF (davlat xarajatlari G va soliq daromadlarining Tning farqi) monetary 
baza АМВ va aholi qo‘lidagi obligatsiyalarning АВ summasi o‘zgarishiga teng 
bo‘lishi kerak. Matematik nuqtai nazardan quyidagicha bo‘ladi: 

Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling