Reja: Inflyatsiya, uning mazmuni, kelib chiqish sabablari va shakllari. Muomaladagi pul massasi va uni boshqarish


 Inflyatsiyaga qarshi kurashish maqsadida pul- kredit siyosati va


Download 293.2 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/13
Sana17.10.2023
Hajmi293.2 Kb.
#1706349
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Inflyatsiya va unga qarshi kurashish yo‘llari

7.4. Inflyatsiyaga qarshi kurashish maqsadida pul- kredit siyosati va 
uning amaliy ahamiyati 
 

 
nflyatsiyaning har tomonlama avj olib ketishi mamlakatda 
ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan qarama- qarshi 
qarshiliklar yuzaga kelishiga olib keladi. 
Shuning uchun davlat inflyatsiyaning oldini olish, pul 
muomalasini barqarorlashtirish chora- tadbirlarini ishlab chiqadi. 
Inflatsiyaning qarshi kurashning asosiy shakllari: 


96
B.Andrew. B.Bernanke ―Macroeconomics‖ eight edition, 2010. 239 page 
97
P.Salin ―International monetary system and the theory of monetary system‖ 2016, 217 page 
inflyatsiyaning qarshi siyosat va pul islohati hisoblanadi. Har davlatda pul 
muomalasi ma‘lum qonun qoidalar asosida tartibga solib turiladi. Oldingi 
markazlashgan rejali boshqaruv asoslangan iqtisodiy tizimda pul muomalasi 
rejalashtirish asosida 
boshqarib kelingan. 
Axolining daromadi va 
xarajatlarini davlat tomonidan muvofiqlashtirib turilgan. Tovar ishlab 
chiqarishni kengaytirish axoliga kreditga tovar berish, baxolar tizimini 
o‘zgartirib turish 
va hokazolar. Barcha jarayonlar 
davlat tomonidan 
boshqarilgani uchun pul muomalasi qonuni buzilganda davlat o‘z vakolati 
doirasida narxlarni o‘zgartirish yo‘li bilan pul reformasi bilan pul
muomalasini tartibga solib kelgan. Bozor iqtisodi sharoitida pul 
muomalasini ma‘lum usullar yordamida tartibga solib turadi. 
Inflyatsiyaga qarshi kurashish quyidagicha amlga oshirilishi mumkin: 
Pul 
islohatlari 
(revolvasiya, 
devolvatsiya, 
nulifikasiya 
va 
denominasiya); 
Antiinflatsion siyosat: daromadlar siyosati va deflyatsion siyosat. 
Daromadlar siyosati (ijtimoiy noroziliklarni yuzaga keltirishi mumkin) ish 
haqi va narxlar o‘sishini parallel nazorat qilgan holda, ish haqi o‘sishini 
chegaralash yoki muzlatishdir. Deflatsion siyosat pul-kredit siyosati va soliq 
mexanizmlari orqali boshqarish bo‘lib, unda davlat xarajatlari kamaytiriladi va 
soliq stavkalari oshirilishi yoki Markaziy bankning pul-kredit siyosati 
instrumentlari orqali pul massasini boshqarishdir.
96
 
Markaziy bank pul muomalasini barqarorlashtirish va inflyatsiyani oldini 
olish borasida quyidagi pul-kredit siyosatini olib boradi: 
1. Qayta moliyalashtirish siyosati 
2. Majburiy rezervlar me‘yorlari 
3. Ochiq bozordagi operatsiyalar 
4. Valyuta siyosati 
Markaziy bankning qayta moliyalash siyosati Markaziy bank tomonidan 
tijorat banklarini kreditlash bilan bog‗liq bo‗lgan tadbirlarning majmui bo‗lib, 
ushbu siyosat quyidagi uch xil kreditlash usulidan foydalanilgan holda amalga 
oshiriladi: 
a) tijorat banklarini Markaziy bank tomonidan ularning balansidagi 
trattalarni qayta hisobga olish yo‗li bilan kreditlash usuli; 
b) tijorat banklarini Markaziy bank tomonidan ularning balansidagi qimmatli 
qog‗ozlarni garovga olish yo‗li bilan kreditlash usuli; 
v) tijorat banklarini to‗g‗ridan to‗g‗ri kreditlash usuli
97

Mazkur usulda berilgan kreditlar overdraft shaklida yoki muddatli kreditlar 
shaklida beriladi. Mamlakatimizda Markaziy bank tomonidan o‘rnatilgan qayta 
moliyalashtirish stavkasi haqida so‘z yuritadigan bo‘lsak u quyidagi ko‘rinishga 
ega bo‘lgan: 
Mamlakatimizda ham O‘zbekiston Respublikasining Markaziy bankining 
tijorat banklari beriladigan kreditlari uchun o‘rnatiladigan qayta moliyalash 


stavkasi inflyatsiyaga qarshi kurashda asosiy stavkalardan biri sifatida xizmat qiladi. 
Respublikamizda milliy valyuta so‘m muomalaga kiritiladigan paytda qayta 
moliyalash stavkasi yiliga 150% ni tashkil etar edi.Ammo milliy valyuta 
kiritiladiguncha bo‘lgan inflyatsiyaning inersiya kuchi shu darajada katta ediki tezda 
qayta moliyalash bu darajasi yetarli emasligi ma‘lum bo‘lib qoldi. Inflyatsiyani 
kamaytirish borasida yanada qat‘iyroq siyosat yuritish maqsadida markaziy bank 
1994-yil oktabrdan boshlab qayta moliyalash stavkasini 150% dan 225 %gacha 
ko‘tardi. 

Download 293.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling