Reja: Ingliz tilida sifat so’z turkumi va uning jihatlari


Download 68.5 Kb.
Sana09.11.2021
Hajmi68.5 Kb.
#171963
Bog'liq
kurs ishi Dilnoza


Ingliz va o’zbek tillarida sifat so’z turkumining qiyosiy tahlili

Reja:


  1. Ingliz tilida sifat so’z turkumi va uning jihatlari.

  2. O’zbek tilida sifat so’z turkumining xususiyatlari.

  3. Ingliz va o’zbek tillarida sifat hosil qiluvchi qo’shimchalar.

  4. Sifatning ingliz va o’zbek tilida gapdagi vazifalari tahlili.

  5. Ingliz va o’zbek tillarida sifat so’z turkumining umumiylik va xususiyatlari.

SIFAT VA RAVISHNING UMUMIY TASNIFI So’zlar bir-biridan ma’no va grammatik xususiyatlari jihatidan farq qiladilar. Ba’zi so’zlar mustaqil ma’no ifodalay olsa, ayrimlari boshqa so’zlar bilan birgalikdagina ma’lum grammatik ma’no ifodalashi mumkin. Bunday so’zlar leksik ma’no bildirmaydi va mustaqil qo’llana olmaydi. Mustaqil so’zlar esa gapning qurilishi uchun asos bo’ladi. Ular gapning ma’lum bo’lagi vazifasida kelib, ham mustaqil leksik tushuncha, ham grammatik ma’no ifodalaydi hamda gapning to’liq mazmunini kashf etishda muhim rol o’ynab, ma’lum so’roqqa javob bo’ladi. Demak, so’zlarning gapda qanday gap bo’lagi bo’lib kelishi, qanday so’zlar bilan aloqaga kira olishi ularning ma’nolariga va grammatik shakllariga bog’liq bo’lgan hodisadir. Shuning uchun so’zlar har uch belgini (semantik, morfologik va sintaktik belgilarini) nazarda tutgan holda turkumlarga ajratiladi. Bu belgilar hamma so’z turkumlarida bir xil darajada emas, albatta. Ba’zi so'zlar uchun morfologik belgi yetakchi rol o’ynasa (masalan, ot, fe’l ), ba’zilarida esa sintaktik belgi yetakchi rol o’ynaydi (masalan, sifat, ravish va yordamchi so’zlar)1 . Sifat –predmetning rangi, hajmi, shakli, mazasi, xarakteri, psixik holati, o’rin yoki vaqtga munosabati kabi belgilarni anglatadi. Masalan, qizil, katta, shirin, baland, yomon, sho’x, ertalabki kabiladir. Boshqa so’z turkumi ham belgi ifodalaydi. Ammo sifat barqaror va turg’un belgi ifodalashi bilan ulardan ajralib turadi. Masalan, Gul- qizil deganda turg’un (statik) belgi, Gul qizardi deganda esa o’zgaruvchi (dinamik) belgi namoyon bo’lgan. Sifat anglatadigan belgi boshqa turkum anglatadigan belgidan xususiyati bilan farq qiladi. Masalan qizg’ish –qizil - qip-qizil. Boshqa turkum anglatuvchi belgida esa bunday xususiyat yo’q. Sifat gapda sifatlovchi aniqlovchi, qisman kesim, hol vazifasida keladi. Shu asosda sifatning umumniy grammatik ma’nosini “asosan predmetning, qisman harakatning belgisini bildirib, gapda asosan sifatlovchi aniqlovchi, ba’zan kesim, ______________________ 1 Mirzaev M, Usmonov S. O’zbek tili-T. O’qituvchi. 81-b 8 harakatning belgisini bildirib, gapda asosan sifatlovchi aniqlovchi, ba’zan kesim , ayrim hollarda hol vazifasida kelish” ko’rinishida tiklash mumkin. Sifatni tasniflovchi kategoriya daraja kategoriyasi hisoblanadi. Bu kategoriya deyarli hamma tillarda mavjud bo’lib, barcha sifatlar uchun qo’llaniladi. Shunga qaramay turli tillarda u turlicha talqin qilinadi. Lekin baribir darajalarning ifodalash mazmunideyarli bir xil. Ya’ni oddiy daraja belgini oz- kamligiga munosabat bildirmaslik natijasida yuzaga chiqadi. Masalan, long-uzun, hot-issiq, darkqorong’u. Qiyosiy daraja bir predmetning belgi yoki xususiyatini ikkinchi belgi xususiyatidan ortiqroq yoki kamroqligini ko’rsatadi. Masalan,longer-uzunroq, bigger- kattaroq. Orttirma daraja bir turkumdagi predmetlar ichidan birini juda ortiq yoki kamligini ko’rsatadi. Masalan, longest- eng uzun, shortest- eng kalta.



Narsaning yoki predmetning xususiyatini, shaklini, holini bildirib, qanday yoki qanaqa savollariga javob bo’ladigan so’zlar sifat deyiladi. Ingliz tilida sifat birlik yoki ko’plikka , jinsga , yoki kelishikka qarab o’zgarmaydi , ular har doim bir xil bo’ladi.
Sifat oddiy yoki yasama bo’lishi mumkin. Oddiy sifat tarkibida hech qanaqangi qo’shimcha yoki o’zgartirishlar bo’lmaydi. Masalan, red - qizil, black - qora va hk. Yasama sifat esa o’z tarkibida turli xil qo’shimchalarga ega.
Boshqa so’zlardan sifat yasaydigan suffikslar:
-ful: useful-foydali
-less: helpless-yordamsiz, yordamga muhtoj, useless befoyda, yaroqsiz
-ous: famous-mashhur, dangerous-xatarli
-al: formal-rasmiy, central-markaziy
-able, -ible: capable-qobil

Sifat yasaydigan prefikslar:
-un: unhappy-baxtsiz, unequal-tengsiz
-in: incomplete-tugallanmagan, indifferent-farqsiz, befarq
Bundan tashqari qo’shma sifatlar ham bo’lib, ular bir yoki bir nechta sifatlarning qo’shilmasidan yasaladi. Masalan, dark-blue to’q- ko’k, snow-white oppoq(qor kabi oq).
Sifatning oddiy(Positive Degree), qiyosiy (Comparative Degree) va orttirma (Superlative Degree) darajalari bor.
Sifatning oddiy darajasi hech qanaqangi qiyoslashni ko’rsatmaydi va o’z shaklini o’zgartirmaydi ham.
The Amu Darya is a long river.- Amudaryo uzun daryodir.

Sifatning qiyosiy darajasi sifatga –er, (-e yoki –er deb talaffuz qilinadi), orttirma darajasi esa –est (-ist deb talaffuz qilinadi)
Oddiy daraja Qiyosiy daraja Orttirma daraja
Sharp o’tkir Sharper o’tkirroq Sharpest eng o’tkir
Cold sovuq Colder sovuqroq Coldest eng sovuq
Deep chuqur Deeper chuqurroq Deepest eng chuqur

Sifatning orttirma darajasi oldida har doim aniq artikl The qo’yiladi.

Ikki bo’g’inli –y, -er, -ow, -ble bilan tugaydigan sifatlar ham xuddi shu yo’l bilan yasaladi.
Oddiy daraja Qiyosiy daraja Orttirma daraja
Busy band Busier bandroq Busiest eng band
Clever aqlli Cleverer aqlliroq Cleverest eng aqlli
Narrow tor, ensiz Narrower ensizroq Narrowest eng tor
Able qobil Abler qobilroq Ablest eng qobil
Noble Nobler noblest
Easy oson Easier osonroq Easiest eng oson
Shu yo’l bilan boshqa sifatlarning ham qiyosiy va orttirma darajalari yasaladi.
1)Oddiy daraja 2)Qiyosiy daraja 3)Orttirma daraja
Common – umumiy, Commoner, Commonest
Simple – oddiy, Simpler – oddiyroq, Simplest - eng oddiy
Agar sifat -e harfi bilan tugasa, uning qiyosiy va orttirma darajalarini yasashda, bitta -e tushirib qoldiriladi:
brave qo'rqmas braver bravest
large katta larger largest

Agar sifat qisqa tovushdan keyin undosh harf bilan tugasa, uning boshqa darajalari, oxirgi harfning ikkilanishi bilan yasaladi:
big katta bigger biggest
hot issiq hotter hottest

Agar sifat undosh harfdan keyin keladigan -y bilan tugasa, -y ning o'rniga -i ishlatiladi:
busy band busier busiest
easy oson easier easiest

Agar sifat unli harfdan keyin keladigan -y bilan tugasa, unda -y o'zgarmaydi:
gay xursand gayer gayest
Ko'pchilik ikki yoki undan ortiq bo'g'inli sifatlarning qiyosiy va orttirma darajalarini yasash uchun, qiyosiy daraja uchun most, orttirma daraja uchun esa most ishlatiladi:
famous mashhur more famous most famous
beautiful go'zal more beautiful most beautiful
difficult qiyin more difficult most difficult

Masalan,
This is the best way to solve the problem. - Bu masalani yechishning eng yaxshi usuli.

BA'zi bir sifatlarning darajalari qoidadan farqli o'laroq, boshqacha bo'ladi:

good yaxshi better best
bad yomon worse worst
little kichkina, kam less least
much, many ko'p more most
Far uzoq so'zining darajalari ikkita so'z bilan ham ifodalanishi mumkin:

far uzoq farther farthest
further furthest

He was in the farthest(furthest) corner of the garden.- U bog'ning eng uzoq burchagida edi.

Sifatning qiyosiy darajasida shu so'zga alohida urg'u berish uchun far, yoki much ishlatilishi mumkin:
It is far better than it was before.- Hozir u oldingidan ancha yaxshi.
The Sirdaryo is much longer than Zarafshon. - Sirdaryo Zarafshonga qaraganda ancha uzun.

* much bilan many ishlatiyotganda, u bilan ishlatilayotgan otning sanaladigan yoki sanalmaydiganligiga e'tibor berish lozim. Chunki many sanaladigan otlar bilan, much esa sanalmaydigan otlar bilan ishlatilmaydi:
I have much more free time now. - Hozir ancha bo'sh vaqtim bor.

I have many more books than you.- Menda senikidan ancha ko'p kitob bor,

Ingliz tilidagi sifat va ravishlarni bir-biridan farqlash ham muhimdir. Ingliz tilidagi ravishlarni ko’pchiligi odatda –ly qo’shimchasini olishi bilan sifatdan osongina farq qiladi. Shuni qayd etish joizki, ba’zi ravishlar bunday qo’shimchani olmaydi. Masalan “fast” sifat shaklida “a fast car” ishlatilsa, u ravish sifatida “he drove fast” kabi gaplarda ishlatiladi. Sifat va ravish o’rtasidagi shunga o’xshash farqlarni quyidagi gaplar misolida ko’rib chiqamiz: Richard is careless. Richard talks carelessly. Birinchi gapda careless sifat, chunki u otni ifodalab kelyapti, ikkinchi gapda esa carelessly ravish, u fe’lni ifodalab kelyapti. Priya was extremely happy. Bu gapda happy sifat, u atoqli otni ifodalab kelyapti, extremely esa ravish chunki u sifatni ifodalab kelyapti. Ravishlar hech qachon otni ifodalab kelmaydi. Sharon’s cough sounds bad. Bu yerda bad sifat, chunki u cough otini ifodalab kelyapti. She seems unhappy today. Bu gapda unhappy sifat chunki u olmoshni ifodalab kelyapti. Shuning uchun ham gapda ega yoki fe’lni ifodalanishiga e’tibor berish kerak. Masalan: This apple smells sweet. Your dog smells carefully. Birinchi gapda sweet bu sifat chunki u otni ifodalab kelyapti, ikkinchi gapda esa carefully ravish chunki u yerda sifatni qo’llab bo’lmaydi. Agar siz o’zingizni qanday his qilayotganingizni ifodalamoqchi bo’lsangiz, siz sifatni ishlatasiz (lekin qoidaga ko’ra his qilmoq fe’lku). Shunday qilib, “I feel bad” deyilsa to’gri bo’ladi. Ravish shakli “badly” esa biror narsaga qobilyatsiz ekanlikni ifodalab keladi: you play football badly. Good bu sifatdir, hechqachon “I live good” deyolmaymiz, chunki “ I live well” bo’ladi. Biroq bu sifat fe’lni ma’nolarini ham ifodalab keladi; feel good, look good, smell good, are good, have been good kabilar. Shunga ko’ra “well”ni ham sifat, ham ravishga xos ma’nolari mavjud. U sifatdek qo’llanganda “sog’lom” “kasal emas” ma’nolarini ifodalab, kasalikdan tuzalgandan so’ng ishlatiladi. U sog’likka bog’lanmagan ma’noni ifodalasa ravish sifatida qo’llanadi. “I did well on my exam



INGLIZ TILIDA SIFAT HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA. Ingliz tilida ham sifatlar shaxs yoki buyumning belgi va xususiyatini bildirib keladi. Tadqiqotimiz mavzusi sifatlarning ma’nosi bilan bog’liq bo’lganligi sababli, sifatlarni faqat ma’noga oid ko’rinishlariga e’tibor qaratishni lozim topdik. Sifat ifodalagan belgi yoki xususiyat turlicha bo’lishi mumkin. Masalan: young –yosh, red –qizil, sweet – shirin, small –kichik, ugly –xunuk, hungry –och, long –uzun va boshqalardir. Bu sifatlar hammasi predmetning ma’lum belgi yoki xususiyatini bildirsada ular bir-biridan farq qiladi. Masalan, ularning ba’zilari predmetning rangi yoki tusini anglatsa, ayrimlari predmetlarni nimadan qilinganligini ko’rsatadi. Sifatlarni leksik ma’nosiga ko’ra quyidagicha turlarga ajratiladi: 1. Xususiyat bildiruvchi sifatlar 2. Holat bildiruvchi sifatlar 3. Shakl bildiruvchi sifatlar 4. Rang-tus bildiruvchi sifatlar 5. Maza- ta’m bildiruvchi sifatlar 6. Hid bildiruvchi sifatlar 7. O’lchov bildiruvchi sifatlar 8. O’rin bildiruvchi sifatlar 9. Payt bildiruvchi sifatlar Quyida ularning har birini alohida-alohida ko’rib chiqamiz. Xususiyatni bildiruvchi sifat narsa mavjudotni xarakter-xususiyatini ifodalashda qo’llaniladi: pretty go’zal, angry badjahl, eloquent dilkash, good yaxshi, bad yomon kabi. Xarakter va xususiyat ijobiy yoki salbiy bo’lishi mumkin. Holatni bildiruvchi sifat narsa, mavjudotni holat yoki vaziyatini turg’un belgi sifatida ifodalaydi. Holat bildiruvchi sifat o’z navbatida yana ichki guruhlarga bo’linadi: 1) tabiiy holat bildiruvchi sifat: beautiful go’zal, powerful o’ktam, lame cho’loq, stooping bukri; 2) jismoniy holat bildiruvchi sifat: strong baquvvat, healthy tetik, young yosh; 11 3) ruhiy holat bildiruvchi sifat: glad xursand, happy shod, sad xafa; 4) iqtisodiy holat bildiruvchi sifat: rich boy, poor kambag’al, indigent nochor; 5) harorat holatini bildiruvchi sifat: warm iliq, cool salqin, cold sovuq, hot issiq; 6) tozalik holatini bildiruvchi sifat: clean toza, dirty iflos, fresh musaffo; 7) eskilik, yangilik holatini bildiruvchi sifat: new yangi, old eski, ancient ko’hna; 8) ho’l, quruqlik holatini bildiruvchi sifat: wet ho’l, dry quruq, humid nam; 9) tinch, notinch holatini bildiruvchi sifat: calm tinch, quiet osoyishta; 10) yetilganlik holatini bildiruvchi sifat: raw xom, firm pishiq, unripe g’o’r; Shakl bildiruvchi sifat bu turdagi sifat narsa- predmetni tashqi ko’rinishini ifodalaydi: tall novcha, flat yassi, long uzun; Rang –tus bildiruvchi sifat white oq, black qora, blue ko’k, yellow sariq; Maza-ta’m bildiruvchi sifat sweet shirin, bitter achchiq, sour nordon; Hid bildiruvchi sifat aromatic xushbo’y, stink badbo’y, qo’lansa; O’lchov bildiruvchi sifat wide keng, narrow tor, long uzun, near yaqin; O’rin bildiruvchi sifat inner ichki, outer tashqi, wall devoriy; Payt bildiruvchi sifat winter qishki, summer yozgi, morning ertalabki; Sifatlar anglatgan ma’nosidan kelib chiqqan holda asliy va nisbiy sifatlarga bo’linadi. 1. Asliy sifatlar (Qualitative adjectives) predmetning belgi, rangi, tusi, kattakichikligi, jismoniy va ruhiy holati va boshqa xususiyatlarini o’zga predmetlar orqali emas, balki to’g’ridan-to’g’ri ifodalab keladi. Masalan: big –katta, young – yosh, long –uzun. Asliy sifat predmetni turg’un, nisbatlanmaydigan va darajalanadigan belgisini ifodalaydi. 2. Nisbiy sifatlar (Relative adjectives) predmetning turli belgilarini narsa, joy, vaqt va shu kabilarga bo’lgan aloqasini ifodalab keladi. Masalan: eastern –sharqiy, golden –oltin, oltindan qiligan, wooden –yog’och, yog’ochdan qilingan, beggarly—kambag’al, monthly –oylik, bicentenary –ikki yuz yillik, American – amerikalik. Nisbiy sifatlar asosan boshqa so’z turkumlaridan yasaladi. Nisbiy 12 sifatda darajalanish va qiyoslanish bo’lmaydi, lekin u daraja belgisiga ega bo’lgan ravishdan asosan predmetni belgisini bildirishi bilan farq qiladi3 . Sifatlar ifodalayotgan belgini darajasiga ko’ra oddiy, qiyosiy va orttirma darajaga ajratilishi bizga ma’lum. Masalan: long –longer –longest. Sifat darajalarida ham ma’no kuchayishi yoki aksincha kuchsizlanishi mumkin. Sifat darajalari anglatgan ma’noni yanada kuchaytirish uchun qiyosiy va orttirma darajaga much, far, by far, still, even kabi so’zlar qo’shilishi mumkin. Masalan: much longer –ancha uzun much more difficult –ancha qiyin far cleverer –ancha aqlli far more difficult –ancha qiyin,qiyinroq still better –ancha yaxshi still more difficult –ancha qiyin,qiyinroq even bigger –ancha kattaroq by far the biggest –eng katta, juda katta by far the most difficult –juda qiyin, eng qiyin Possible so’zini sifat darajalaridan keyin ishlatilishi ham ma’noni kuchaytirishi mumkin. Masalan: the largest thing possible –eng katta narsa the most beautiful thing possible –eng chiroyli narsa Sifat ifodalagan rangni kuchaytirish uchun dark (qoramtir) sifati ishlatiladi. Masalan: dark green -to’q yashil, dark brown –to’q jigarrang. Aksincha sifat ifodalagan rangni kuchsizlantirish mumkin. Buning uchun morfologik va sintaktik usuldan foydalaniladi. Morfologik usulda kuchsizlantirilishi kerak bo’lgan sifatga -ish suffiksi qo’shiladi, sintaktik usulda esa light, white, pale (och, ochrang) sifatlarini kuchsizlantirishi kerak bo’lgan so’zlar sifatdan oldin keltiriladi. Masalan: reddish–qizg’ish, greenish– och yashil, _____________________ 3 Bo’ronov J. Ingliz tili grammatikasi.T.O’qituvchi-1974.49-b 13 light blue –och ko’k, pale red –och qizil, white green –och yashil, reddish brown – qizg’ish jigarrang. Hozirgi ingliz tilida in, up, out so’zlari sifatlarning oddiy darajasi shaklida kam ishlatilib, ularning o’rnida qiyosiy daraja shaklida yasalgan inner, upper, outerlar ishlatiladi. Inner sifati oddiy daraja ma’nosini anglatib, o’zbek tiliga ichki, ichkarigi deb tarjima qilinadi. Inmost va innermost sifatlarining ma’nosi bir xil bo’lib, eng ichkaridagi, eng ichkarida joylashgan kabi ma’nolarni anglatadi. Up so’zi sifat tarzida qo’llanganda yuqoriga boruvchi, yuqorilab boruvchi, markazga intiluvchi kabi ma’nolarni bildiradi. Masalan upper train markazga boruvchi poyezd. Biroq upper shakli esa ma’nosiga ko’ra qiyoslashni yoki oddiy darajani ifodalaydi. Masalan: the Upper house yuqori palata, the upper servant boshqalarga ko’ra yuqori turuvchi xizmatkor, upper storey yuqori qavat. Uppermost esa orttirma daraja shakli ma’nosini bildirib, eng yuqori, eng yuqoridagi, oliy degan ma’noni anglatadi. Out, outer, outmost, outermost sifatlari ham shu tarzda aniqlanadi. Masalan: Out – sirtqi,sirtdagi, tashqaridagi, g’ayri tabiiy; out match – chetga yoki boshqa shaharga chiqib o’ynalgan match: Out size – benihoya katta razmer; outmost – markazdan eng uzoqda joylashgan, eng chetdagi, eng uzoqdagi va boshqalar. Sifatlar ba’zi ravishlar bilan birikib kelganda ravishlar ularning ma’nosini kuchaytiradi: very nice, awfully sorry; Sifat ma’nolarining predmetlashuvi natijasida otlar turkumiga o’tishi sifatlarning otlashishi yoki substantivatsiya deyiladi. Sifatlarni otlashishi ularni otga xos belgilarni qabul qilishiga va gapdagi so’zlar bilan bo’lgan munosabatiga qarab belgilanadi. Otlashgan sifatlar otga xos bo’lgan xususiyatlarni namoyon etib, to’liq va qisman otlashgan sifatlarga bo’linadi. To’liq otlashgan sifatlar otga xos barcha grammatik kategoriyalarni mujassamlashtirib, gapda otga xos vazifalarda kela oladi. Otlashgan sifatlar (1) ko’plik shakliga ega bo’lishi (natives, privates, classics ); (2) o’zidan oldin artikl olishi ( a native, a private, all the particulars); (3) ot kabi ega ( The young must respect the old ) predikativ ( He 14 is a classic..) yoki to’ldiruvchi ( I would have no confident) vazifalarida kelishi: (4) o’ziga aniqlovchi ( a native of that town)olishi ham mumkin. Otlashgan sifatlar anglatgan ma’nolariga ko’ra quyidagi guruhlarga bo’linadi: a) ma’lum bir belgi, xususiyatni yoki umuman aniq predmetlarni bildirib keluvchi otlashgan sifatlar: bi–monthly–ikki oylik jurnal grey –kulrang kostyum white –oq bo’yoq, ko’zning oqi blind –parda, to’siq b) mavhum tushunchalarni bildiruvchi otlashgan sifatlar: boring –zeriktirish bitter –achchiqlik dark –qorong’ulik abstract –mavhum tushuncha c) shaxsni ko’rsatib keluvchi otlashgan sifatlar: individual –shaxs dear –sevikli yor, mahbuba beloved –sevimli yor, dilbar academic –akademik, olim d) ma’lum millat, davlat yoki partiya vakillarini ko’rsatib keluvchi otlashgan sifatlar: Canadian(s) –kanadalik(lar) American(s) –amerikalik(lar) Conservative(s) –konservator(lar) Native(s) –yerli(lar) e) –sh, ish, -ch, -tch harflari bilan tugagan otlashgan sifatlar ham ma’lum millatga mansublikni bildiradi: the English –inglizlar the Irish –irlandlar the French –fransuzlar 15 f) –ss, --ese qo’shimchasi bilan tugagan sifatlar ham millatga mansublikni yoki tilini ko’rsatib keladi: the Japanese –yaponlar Chinese –xitoy tili g) otlashgan sifatlar jamlovchi predmetlarni ham ifodalashi mumkin: drinkables –ichimliklar eatables –yeyiladigan narsalar goods –tovarlar sweets –shirinliklar Sifatlar gapda quyidagi vazifalarda keladi: 1. Sifat aniqlovchi bo‘lib kelganda otdan oldin keladi, ot-kesim tarkibida kelganda esa bog‘lovchi-fe’ldan keyin keladi: I have bought a red pencil. Men qizil qalam sotib oldim. The pencil is red. Qalam — qizil. 2. Agar otning oldida ikkita yoki undan ko‘p sifat bo‘lsa, otga ma’nosi yaqinroq bo‘lgan sifat unga yaqinroq qo‘yiladi: It was a cold autumn day. Sovuq kuz kuni edi. He is a clever young man. U aqlli yigit (yosh kishi). She put on a new black woolen dress. U yangi qora jun ko‘ylak kiydi. 3. Ba’zi -able, -ible qo‘shimchalari bilan tugagan sifatlar otning oldida ham, orqasida ham qo‘yilishi mumkin: The goods were shipped by the first available steamer (= by the firststeamer available). Mollar qo‘l ostida bo‘lgan (topilgan, o‘ng kelgan) birinchi paroxodga yuklandi.4 Xullas sifatlar gapda asosan belgini ifodalab kelib, predmetning o’ziga xos tomonlari va xususiyatlarini ochib berishda ishlatiladi. Yuqoridagi sifatlar hammasi predmetning ma’lum belgi yoki xususiyatini bildirsada, ular bir-biridan farq qilishini guvohi bo’ldik. _________________________________________ 4 G’apporov M.Ingliz tili grammatikasi-T.Turon-Iqbol.2010.151-b
Download 68.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling