Reja: Inklyuziv ta’lim siyosatining huquqiy asoslari
-bob. Inklyuziv ta’lim sinflari va boshlang‘ich tayanch korreksion sinflarda ta’lim sifatini nazorat qilish va boshqarish
Download 31.98 Kb.
|
Inklyuziv ta\'lim
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8-bob. Moliyalashtirish va moddiy-texnik ta’minlash
7-bob. Inklyuziv ta’lim sinflari va boshlang‘ich tayanch korreksion sinflarda ta’lim sifatini nazorat qilish va boshqarish
43. Sinflarda dars mashg‘ulotlarining o‘z vaqtida olib borilishi, o‘quv dasturlarining bajarilishi yuzasidan nazoratni maktab direktori va uning o‘quv-tarbiya ishlari bo‘yicha o‘rinbosari amalga oshiradi. 44. O‘quvchilarning majmuaviy tekshirilishini, psixologik-tibbiy-pedagogik konsilium faoliyatini tashkil etish va o‘tkazish uchun maktab direktori buyrug‘i asosida quyidagi tarkibdan iborat bo‘lgan Kengash tuziladi: o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari (Kengash raisi); ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari (Kengash raisi o‘rinbosari); inklyuziv ta’lim sinfi va boshlang‘ich tayanch korreksion sinf o‘qituvchilari; psixolog; maxsus pedagog; tyutor; vrach-pediatr, (psixonevrolog), tibbiyot hamshirasi. Keyingi tahrirga qarang. 45. Maktabda mavjud bo‘lmagan mutaxassislar shartnoma asosida Kengash ishiga jalb qilinishi mumkin. 46. O‘quvchilarning ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar Kengash yig‘ilishlarida ishtirok etishlari mumkin. 47. Kengash o‘quvchilarning o‘zlashtirishi, o‘quv dasturlarini bajarishi, sog‘lig‘i hamda psixologik holati bo‘yicha o‘quv yilining har choragida kamida bir marotaba yig‘ilish o‘tkazadi. 48. Kengash o‘quvchilarning o‘zlashtirishi, o‘quv dasturlarini bajarishi, sog‘lig‘i hamda psixologik holatidan kelib chiqib o‘quvchini inklyuziv ta’lim sinfi yoki boshlang‘ich korreksion sinfning o‘quvchilar safidan chiqarish yuzasidan psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyaga taklif kiritadi. 8-bob. Moliyalashtirish va moddiy-texnik ta’minlash 49. Maktab inklyuziv ta’lim sinflari va boshlang‘ich tayanch korreksion sinflardagi o‘quvchilar uchun mashg‘ulotlar, dam olish, jismoniy tarbiya va sog‘lomlashtirish hamda korreksion-rivojlantiruvchi ishlar olib borilishiga mo‘ljallangan sharoitlarni ta’minlaydi. 50. Inklyuziv ta’lim sinflari va boshlang‘ich tayanch korreksion sinflarni komplektlash hududiy xalq ta’limi boshqarmalari tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar moliya boshqarmalari bilan kelishilgan holda har yili 20-avgustgacha amalga oshiriladi. 51. Inklyuziv ta’lim sinflari xamda boshlang‘ich tayanch korreksion sinflarning o‘quvchilarini ta’minlash va o‘qitish qonunchilik hujjatlariga muvofiq davlat ta’minoti asosida amalga oshiriladi. 52. Inklyuziv ta’lim sinflari va boshlang‘ich tayanch korreksion sinflarni moliyalashtirish belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan va tasdiqlangan xarajatlar smetasiga muvofiq, shuningdek, jamoatchilik, hayriya va xalqaro tashkilotlarning hayriya mablag‘lari va qonun bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi. 53. Inklyuziv ta’lim sinflari o‘qituvchilariga mehnatning alohida sharoitlari uchun har oyda to‘lanadigan ustama haqi sinfda alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bir nafar bola uchun lavozim maoshining 10 foizi, ikki nafar bola uchun lavozim maoshining 20 foizi, uch nafar bola uchun lavozim maoshining 30 foizi miqdorida, ikki va undan ortiq inklyuziv ta’lim sinflarida to‘rt nafar va undan ortiq bola uchun ta’lim-tarbiya ishlarini olib borgan o‘qituvchilar va maxsus pedagoglarga lavozim maoshining 40 foizi miqdorida belgilanadi. Boshlang‘ich tayanch korreksion sinflar o‘qituvchilari va maxsus pedogoglarga mehnatning alohida sharoitlari uchun har oyda to‘lanadigan ustama haqi lavozim maoshining 50 foizi miqdorida to‘lanadi. 54. Inklyuziv ta’lim sinflari sinf rahbariga sinf rahbarligi uchun to‘liq hajmda qo‘shimcha mablag‘ ajratiladi va u direktor jamg‘armasidan rag‘batlantiriladi. Download 31.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling