Reja: Inklyuziv ta’lim siyosatining huquqiy asoslari


-bob. Yakunlovchi qoidalar


Download 31.98 Kb.
bet7/10
Sana22.04.2023
Hajmi31.98 Kb.
#1381221
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Inklyuziv ta\'lim

9-bob. Yakunlovchi qoidalar
55. Maktablarning inklyuziv ta’lim sohasida xalqaro hamkorligi xalqaro shartnomalar asosida xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan pedagogik axborot va tajriba almashish, pedagog xodimlarning malaka oshirishi hamda stajirovka o‘tashi shaklida amalga oshirilishi mumkin.
56. Maktab direktori bolalar inklyuziv ta’lim sinflari va boshlang‘ich tayanch korreksion sinflarga qabul qilinishi uchun belgilangan tartibda shaxsan javob beradi.
57. O‘quvchilarning maktabga kelib-ketishidagi hayoti va sog‘lig‘i uchun javobgarlik ularning ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar zimmasiga yuklatildi.
O‘quvchilarning maktab hududidagi hayoti va sog‘lig‘i uchun javobgarlik maktabga yuklanadi.
58. Maktablar inklyuziv ta’lim sohasida o‘quvchilarning ota-onalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, boshqa ta’lim tashkilotlari va nodavlat notijorat tashkilotlar bilan uzviy aloqada faoliyat ko‘rsatadi.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi 638-son qaroriga
2-ILOVA
Jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalar uchun davlat ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari to‘g‘risida
NIZOM
1-bob.Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalarning (keyingi o‘rinlarda — alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar) ta’lim tizimini takomillashtirishga yo‘naltirilgan, shuningdek, alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun davlat ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarining (keyingi o‘rinlarda — ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari) maqomini belgilaydi va ularning faoliyatini tartibga soladi.
2. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga, boshqa qonunchilik hujjatlariga hamda o‘z ustaviga amal qiladi.
3. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari ta’lim-tarbiya berish, korreksiyalash va davolash-sog‘lomlashtirish muassasalari hisoblanadi hamda alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning umumiy o‘rta ta’lim olishda va ularni bilish imkoniyatlariga muvofiq tarbiyalashda, ularning jamiyatga moslashuvi va integratsiyalashuvida ko‘maklashish, shuningdek, ijtimoiy yordamga muhtoj oilalarga farzandlarini tarbiyalash va ularga ta’lim berishda yordam ko‘rsatish maqsadida tashkil etiladi.
4. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi.
5. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari akkreditatsiyasi attestatsiya asosida, vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.

Download 31.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling