MAVZU:
Innovatsion iqtisodiyotni rivojlantirishda xorijiy tajribalardan foydalanish
Reja:
1. Innoatsion iqtisodiyotni rivojlantirishda xorijiy tajribalar.
2. Iqtisodiyoti yuqori darajada rivojlangan mamlakatlar tajribasi.
3. O‘tish iqtisodiyoti mamlakatlari – MDH tajribasi.
4. Xorijiy davlatlardagi innovatsion klasterlarning
rivojlanishi tahlili.
1. Innovatsion iqtisodiyotni rivojlantirishda xorijiy tajribalar.
Faol innovatsion siyosatni amalga oshirish muhim ustuvor yo‘nalishlaridan
biri hisoblanadi. Innovatsion faoliyat bugungi kunda va yaqin kelajakda respublika
iqtisodiyoti rivojlanishining muhim shartlaridan biri, ishlab chiqarish va tarmoqlarni
modernizatsiyalashning real mexanizmlari bo‘lib hisoblanadi.
Innovatsion siyosat uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan va mamlakat
qudrati va salohiyatining o‘sishida muhim omil, iqtisodiyotning raqobatbardoshligi
va mustahkam rivojlanishning hal qiluvchi ahamiyatga ega. Bu esa strategik muhim
ilmiy-texnika va istiqbolli innovatsion loyihalarni etakchi ishlab chiqarish
tarmoqlarini modernizatsiyalash, texnik va texnologik yangilash, mahalliy
innovatsion texnologiyalarni faollashtirishni ko‘zda tutadi.
Bizning fikrimizcha, mustahkam innovatsion jarayon uchun ilg‘or rivojlangan
mamlakatlarning innovatsion faoliyatini yaxshi bilish va innovatsion
texnologiyalarni tatbiq qilish zarur. Innovatsion faoliyat davlat boshqaruvi orqali tartibga
solinadi (muayyan qonunchilik va soliqqa tortish orqali, davlat va ma’muriy usullar, yirik
davlat dasturlari, mudofaa qudratini mustahkamlash, axborot kommunikatsiya
texnologiyalarni, biotexnologiyalarni, noan’anaviy energetika va boshqalarni
rivojlantirish). Undan tashqari, iqtisodiyoti yuqori darajada rivojlangan
mamlakatlarda innovatsion faoliyat mustaqil yirik koorporatsiyalar, universitetlar,
venchur jamg‘armalar va boshqalar bilan muvofiqlashtiriladi.
Xorijiy mamlakatlarda innovatsiya faoliyatini rivojlantirishning ilg‘or
tajribalarini ikki guruhga ajratish mumkin:
iqtisodiyoti yuqori darajada rivojlangan mamlakatlar (AQSH, Buyuk
Britaniya, Fransiya, Germaniya, Xitoy) tajribasi;
bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan rivojlangan mamlakatlar (Rossiya, Ukraina,
Bellarussiya, Moldoviya, Ozarbayjon, Armeniya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston)
tajribasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |