Reja: Innovatsion biznesning mohiyati


Innovatsion faoliyat qatoriga quyidagilarni kiritish taklif etiladi


Download 33.46 Kb.
bet4/6
Sana17.06.2023
Hajmi33.46 Kb.
#1545266
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Innovatsion biznesni rivojlantirish yo’nalishlari

Innovatsion faoliyat qatoriga quyidagilarni kiritish taklif etiladi:
- Amaliyotda qo’llash uchun mo’ljallangan yangi va takomillashtirilgan mahsulot, texnologik jarayon yaratish boyicha ilmiy-tadqiqotchilik, tajriba-konstruktorlik ishlar bajarish;
- Yangi mahsulot chiqarish, yangi yoki takomillashtirilgan texnologik jarayon joriy etish uchun ishlab chiqarishni har tomonlama tayyorlash va texnologik qayta jihozlash;
- Takomillashtirilgan mahsulot chiqarish, yangi takomillashtirilgan texnologik jarayonni sinab ko’rishni amalga oshirish;
- Xarajatlar o’zini oqlashiga qadar yangi yoki takomillashtirilgan texnologik jarayon qo’llash, yangi yoki takomillashtirilgan mahsulot chiqarish;
- Yangi mahsulotni bozor tomon harakatlantirish boyicha faoliyat;
- Innovatsion infratuzilma yaratish hamda uni rivojlantirish;
- Innovatsion faoliyatni amalga oshirish uchun kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash, malakasini oshirish;
- Sanoat mulki obektlari yoki maxfiy ilmiy-texnik axborotlarga egalik huquqini boshqalarga berish, xarid qilish;
- Yangi, takomillashtirilgan mahsulot, takomillashtirilgan texnologik jarayon yaratish va amaliyotda qo’llash boyicha ekspertiza, maslahat, axborot, yuridik va boshqa xizmatlar ko’rsatish;
- Innovatsion faoliyatni moliyalashtirishni tashkil etish.

Amalga oshiriladigan har qanday faoliyatning o’z obekti hamda subekti bo’lganidek, innovatsiya faoliyatining ham obekti va subekti mavjud.Mamlakat hududida joylashgan mulk shakli va tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’iy nazar, korxonalar tominidan texnika va texnologiyalarni ishlab chiqish innovatsiya faoliyati obekti hisoblanadi.




Innovatsion faoliyat subektlari esa quyidagilar hisoblanadi:
Innovatsion faoliyat bilan shug’ullanadigan yuridik hamda jismoniy shaxslar;
Innovatsiyalarni amalga oshiruvchi turli mulkchilik shaklidagi innovatsion tashkilotlar;
Innovatsion faoliyat jarayonida amalga oshiriladigan intellektual mulk
egalari;
Innovatsiyalarni joriy etish va amalga oshirishga sarmoya kirituvchi
Investorlar;
Banklar, korporatsiyalar, lizing firmalari va h.k.;

Download 33.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling