Reja: Inson rivojlanishi


Download 450.21 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana15.06.2023
Hajmi450.21 Kb.
#1478114
1   2
Bog'liq
Tabiiy va suniy omillar. Ortiqboyev Hayotjon

Muskul sistemasi. Odam organizmida 600 dan ortiq muskul bo‘lib, katta yoshli
odam tanasi vaznining 45–50% ni tashkil qiladi. Odamning harakatlari, mehnat
faoliyati, nutqi, nafas olish harakatlari va boshqa fiziologik funksiyalari
muskullarning guruh-guruh bo‘lib, reflektor harakat qilishi natijasida sodir bo‘ladi.
Muskullar atrof-muhitdagi turli omillarning sezgi organlariga ta’sir qilishi va ana
shu ta’sirning markazga intiluvchi nervlar orqali bosh miyaga yetib borib, analiz-
sintez jarayonlari natijasida markazdan qochuvchi nervlar orqali muskullarga
kelishi tufayli harakatlanadi. Bundan tashqari, ichki organlarning faoliyati skelet
muskullarining funksional holatiga reflektor ravishda ta’sir etadi.
Ko‘ndalang yo‘lli muskul to‘qimasi ko‘ndalang targ‘il muskul skelet va yurak
muskul to‘qimasiga bo‘linadi. Ko‘ndalang yo‘lli muskul deyishiga sabab, elektron
mikroskop ostida ko‘rilganda, uning och va to‘q rangdagi guruh bo‘lib joylashgan.
Muskul hujayralaridagi juda to‘g‘ri tartibda joylashgan mikrofibrillalar va ularning
qismlari (aktin va miozin tolalari) dir. Elektron mikroskopida ko‘rilganda
ko‘ndalang aktin va miozin tolalari silliq muskulga nisbatan noteks


taqsimlanganligi bilan farq qiladi.
Har qanday muskulning boshlanish qismi–boshi va birikish qismi–dumi bo‘lib,
keng tanasi, ya’ni qorni muskul tolalaridap tuzilgan. Muskul boshi bilan tanaga
yaqin suyakka, dumi bilan tanadan uzoqroqdagi suyakka birikib, qisqarganda
bo‘g‘imda harakat sodir bo‘ladi. Muskullar tolalarining yo‘nalishiga qarab
duksimon, yarim patsimon, ikki yoqlama patsimon, tasmasnmon va ikki qorinchali
bo‘lishi mumkin. Har qaysn muskul tashqi tomondan biriktiruvchi to‘qimadan
tuzilgan yupqa parda bilan o‘ralgan, bu parda fassiya deb ataladi. Fassiya alohida
muskulni, bir qancha muskulni va muskullarning hammasini o‘rab turishi mumkin.
Yumaloq muskullar og‘iz, ko‘z atrofida uchraydi. Kalta yo‘g‘on muskullar
baquvvat bo‘lib, yuqorigi, pastki kamarlarda va gavda orasida uchraydi (masalan,
dumbaning deltasimon muskullari). Organizmdagi muskullar boshlanish, birikish
joyiga ko‘ra, yelka-bilak muskuli, funksiyasiga ko‘ra, chaynash muskuli, bukuvchi
muskullar va hokazo, ikki boshli va hokazo. Tuzilishiga ko‘ra, yarim payli muskul
va boshqalar; joylashishiga ko‘ra, peshona, yelka muskullari va xokazo; shakliga
kura, trapesiyasimon, rombsimon muskullar deb ataladi va xokazo.
Muskullar fiziologiyasi. Organizmdagi barcha muskullar ikki guruhga: ko‘ndalang-
targ‘il va silliq muskullarga bo‘linadi. Muskullarning asosiy vazifasi qisqarish
bo‘lib, ularning yordamida organizmdagi barcha harakatlar vujudga keladi.
Ko‘ndalang-targ‘il muskullar (skelet muskullari) odam va hayvonlarning faol
harakat qilishini ta’minlaydi. Ichki organlaniing devorlari silliq muskullardan
tuzilganligi sababli, barcha ichki organlaniing harakatlari ana shu muskullarning
faoliyati bilan bog‘liq. Masalan, oziqalarning hazm organlari bo‘ylab harakati, qon
tomirlarining kengayib-torayishi va hokazo.
Muskullarning tuzilishi. Muskullar maxsus parda-sarkolemma bilan o‘ralgan
muskul tolalaridan tuzilgan. Muskul tolalarining protoplazmatik moddasi va
qisqaruvchi talaygina ipsimon elementlari-miofibrillari bor. Muskul tolasi


pardasining ustida yadrolari joylashgan. Miofibrillalar muskulning asosiy
funksional elementlaridir. Ko‘ndalang-targ‘il muskul miofibrillalari mikroskop
ostida birin-ketin joylashgan qoramtir va rangsiz disklarga bo‘lingandek bo‘lib
ko‘rinadi, bu disklar A va I harflari bilan ifodalanadi. A disk (anizotrop disk) kuchli
darajada ikki yoqlama nur sindiradigan bo‘ladi, I disk esa (izotrop disk) ikki
yoqlama nur sindirish qobiliyatiga ega emas. Bu tolalar ikki xil nur sindirganliklari
uchun mikroskop ostida qaralganda ko‘ndalang-targ‘il bo‘lib ko‘rinadi.
Miofibrillalarning anizotrop disklari muskulning qisqarishini ta’minlasa, izotrop
disklari ularga elastiklik beradi. Muskul tolalari ranglari bilan ham bir-biridan farq
qiladi. Qizil rangli tolalar sarkoplazmaga boy, miofibrillalari kam bo‘ladi, oqish
rangli tolalarning sarkoplazmasi oz, miofibrillalari esa ko‘p bo‘ladi. Silliq
muskullar ko‘ndalang-targ‘il muskullardan shu bilan farq qiladiki, ular mikroskop
ostiga qo‘yib qaraganda navbat bilan joylashuvi, qoramtir va rangsiz disklari
ko‘rinmaydi. Muskullar ish bajarish darajasiga qarab qon, limfa tomirlari va nerv
tolalari bilan ta’minlangan.
Muskullarning kuchi tolalarining ko‘ndalang kesimiga, ko‘p-ozligiga bog‘liq.
Muskulning har bir santimetri o‘rta hisobda 10 kg yuk ko‘taradi. Ularning ishi nerv
sistemasiniig qo‘zg‘aluvchanligiga, mashq qilishiga, tashqi sharoitga bog‘liq,
muntazam ravishda mashq qilib turgan odamning muskullari baquvvat bo‘ladi, kon
tomirlar bilan yaxshi ta’minlanadi, organizmda energiya va moddalar almashinuvi
kuchayadi.
Muskullar egiluvchan, bir oz yopishqoq bo‘lib, tashqi muhit ta’sirida cho‘ziladi
yoki qisqaradi. Qisqarganda bo‘g‘imlarda harakat vujudga keladi. Muskullar
bo‘g‘imdan o‘tishiga qarab, bir bo‘g‘imli (masalan, deltasimon muskul) va ko‘p
bo‘g‘imli (masalan, barmoqlarni bukuvchi chuqur muskul) bo‘ladi. Muskullar
bo‘g‘imlardagi harakatda ishtirok etishiga qarab, sinergist va antagonist 
muskullarga bo‘linadi. Sinergist muskullar qisqarganda umumiy harakat vujudga
keladi. Masalan, yelka, bilak va yelkaning ikki boshli muskullari qisqarganda,
tirsak bo‘g‘imida bukish harakati sodir bo‘ladi. Antagonist muskullar qisqarganda
qarama-qarshi harakatlar vujudga keladi. Masalan, yelka, yelka-bilak va yelkaning


ikki boshli muskullariga yelkaning uch boshli muskuli antagonistdir. U qisqarsa,
tirsak bo‘g‘imida yozish harakati sodir bo‘ladi.
Muskullar suyaklarni harakatlantirishda richag qonuni asosida ta’sir etadi.
Masalan, birinchi tartib, ya’ni muvozanat richagida tayanch nuqta o‘rtada,
muskulning tortish va og‘irlik kuchi ikki chetda, ulariing yelkasi va yo‘nalishi bir
xil bo‘ladi. Masalan, ensa-atlant bo‘g‘imida kalla muvozanatining saqlanishi. Bu
richagda tayanch nuqta o‘rtada bo‘lib, kalla yuz qismining vazni oldingi yelkada,
ensaga birikkai muskullarning tortish kuchi orqada, bularning yelkasi bir-biriga
teng bo‘ladn. Buni quyidagicha ifodalash mumkin.
Bunda m. t. k. – muskulning tortish kuchi; t. n.–tayanch nuktasi; o. k.– og‘irlik
kuchi. Bunday richagda normal muvozanat saqlanadi.Ikkinchi tartib richag kuch
richagi deyiladi, bunda tayanch nuqta chetda, og‘irlik kuchi o‘rtada bo‘ladi. Mus
kulning tortish kuchi ikkinchi chetda bo‘lib, yelkasi uzun. Bu richagda
qatnashuvchi muskullarning yelkasi uzun bo‘lgani uchun kuchli ish bajariladi.
Uchinchi tartib richagda ham tayanch nuqta chetda bo‘ladi, lekin og‘irlik kuchi
ikkinchi chetda bo‘lib, yelkasi muskul tortish kuchining yelkasidan bir nechta
marta uzun. Muskulning tortish kuchi o‘rtada bo‘lib, yelkasi juda qisqa. Bunday
richagda keng qulochli tez harakatlar bajariladi. Masalan, tirsak bo‘g‘imida qo‘lni
bukib, panjada yuk ko‘tarish.
Bolalarda ikkinchi signal tizimining rivojiga tasir etuvchi omillar
Odamda birinchi va ikkinchi signal sistemasi, hayvonlarda esa
faqat birinchi signal sistemasi mavjud. Odamning oliy nerv faoliyati
o’ziga xos anglash, abstrakt fikrlash; so’zlash qobiliyatiga ega. Odam
oliy nerv faoliya-tining taraqqiyoti natijasida voqyelikning ikkinchi
signal sistemasi vujudga kelgan. Ikkinchi signal sistemasi so’zlardan
iborat bo’lib, predmetlarning ayrim belgilarini farq qilish va ularni
umumlashtirish, ular o’rtasidagi bog’lanishlarni vujudga keltirish
hususiyatiga ega.
Tashqi muhitning ko’rish, eshitish, hid sezish, ovqat ta’mini bilish kabi
sezgi organlari orqali qabul qilinadigan ta’sirlari birinchi signal siste-


masi bo’lib, ular odam va yuksak hayvonlarda deyarli o’xshash. Bu sezgi
organlari orqali qabul qilingan tashqi va ichki muhitning ta’siri miyaning
shunga tegishli markazlarida refleks hosil qiladi. Odamning yuksak
hayvonlardan asosiy farqlaridan biri unda og’zaki va yozma nutqning
rivojlanganligidir. Nutq ta’sirlovchi sifatida sezgi organlari orqali qabul
qilinib, shartli refleks hosil qiladi. Odamda atrofdagi muhit bilan aloqa
bog’lashning yangi shakllari paydo bo’ladi. «Rivojlanib borayotgan
hayvonot dunyosida, - deb yozgan edi I.P.Pavlov, - odam bosqichiga
kelib nerv faoliyati mexanizmlariga nihoyatda katta qo’shimcha
qo’shildi». Bu qo’shimcha odamda nutq paydo bo’lishi va yangi signal
sistemasi vujudga kelishidan iborat bo’ldi. Organik dunyo taraq-
qiyotining shu bosqichida muhit bilan aloqa bog’lashning yangi faqat
odamgagina xos bo’lgan ikkinchi signal sistemasi qaror topdi. «Homo
sapens» oilasi paydo bo’lguncha hayvonlar, deb yozgan edi I.P.Pavlov -
atrofdagi dunyoning hayvonlardagi xilma-xil reseptor mexanizmlarga
ta’sir etadigan va markaziy nerv tizimining tegishli hujayralariga yetib
boradigan turliagentlaridan kelib chiquvchi bevosita ta’surotlari
orqaligina o’sha dunyo bilan aloqa qilar edi. Bu taa’ssurotlar tashqi
obyektlarning birdan bir signallari edi. Odamda ikkinchi darajali
signallar, birinchi signallarning signali-talaf-fuz etiladigan, eshitiladigan,
ko’riladigan so’zlar ko’rinishda paydo bo’lib, rivojlanib bordi va yuqori
darajada kamolga etdi. Odamda so’z alohida ahamiyat kasb etdi. So’z,
deb yozadi I.P.Pavlov, birinchi signallarning signali bo’lib, voqyelikning
faqat bizga xos ikkinchi signal sistemasini tashkil etdi. Nutqning
rivojlanishi odamlarning bir-biriga munosabatini osonlashtirib, mehnat
turlarini ko’paytirishga, ongning rivojlanishiga sabab bo’ldi. I.P. Pavlov:
«Nutq bizni odam qildi» - degan edi. Odamda shartli refleks shartsiz
ta’ssurot bilan mustahkamlanib borishi asosidagina emas, balki nutq
yordamida ham hosil bo’lishi mumkin.
Masalan, boshlang’ich maktab o’quvchilarida qo’ng’iroq ovoziga


javoban shartli refleks paydo bo’lgandan so’ng, shu ovoz o’rniga og’zaki
yoki yozma shakldagi «qo’ng’iroq» so’zi ishlatilsa, bola qo’ng’iroq
ovoziga qanday reaksiya ko’rsatgan bo’lsa, ko’ng’iroq so’zining o’ziga
ham birinchi martadayoq xuddi o’shanday reaksiya ko’rsatadi. Nutq
faoliyati asosida shartli refleks hosil bo’lishi odam oliy nerv
faoliyatining sifat jihatidan o’ziga xos bo’lgan hususiyatidir. Shartsiz
refleks asosida hosil bo’ladigan aloqalar po’stloq prosesslari harakatining
qanday qonunlariga bo’ysunsa, odam bosh miyasi po’stlog’ida nutq
asosida yuzaga kelgan bog’lanishlar ham xuddi o’sha qonunlarga
bo’ysinadi. I.P.Pavlov ko’rsatib o’tganidek, oliy nerv faoliyatining faqat
odamga xos bo’lgan hususiyati, ya’ni birinchi signal sistemasi orqali
tushadi- gan signallarni ajratib olib, mulohaza qilish va umumlashtirish
qobiliyati ikkinchi signal sistemasiga bog’liqdir. Mulohaza qilish va
umumlashtirish birinchi va ikkinchi signal sistemalarining o’zaro ta’sir
qilib turishi natijasidir.
Odamda birinchi va ikkinchi signal sistemalari o’zaro mahkam
bog’langan bo’lib, bir-biriga doim ta’sir ko’rsatib turadi. So’zning signal
sifatidagi ahamiyati bir-biri bilan qo’shilib keladigan oddiy tovushlar
bilan emas, balki so’zning lug’aviy ma’nosi bilan bog’liqdir. It va yuqori
darajali hayvonlarda so’zga yoki jumlaga javoban shartli refleks hosil
qilish mumkin, lekin hayvonlarda bu narsa so’zning lug’aviy ma’nosiga
bog’liq bo’lmasdan, bir-biri bilan qo’shilib kelgan muayyan tovushlarga
bog’liq bo’ladi. Tovushlarning qo’shilib kelishi jihatidan bir-biriga
o’xshash so’zlar tanlab olinadigan bo’lsa, u holda it bunday so’zlarga,
signal ma’nosi garchi boshqacha bo’lsa ham, bir xil reaksiya bilan javob
beraveradi. Bolada ikkinchi signal sistemasi-
ning shakllanib borishi nutqning rivojlanishi bilan bevosita bog’langan.
Bola hayotining birinchi yilidagi so’nggi oylari va butun ikkinchi yili
nutq qaror topib boradigan davr hisoblanadi. Bolalarda nutqning qaror
topishi prosessi shartli reflekslar hosil bo’lish qonunlariga muvofiq


o’tadi. Bolalarda nutq reflekslari taqlid yo’li bilan hosil bo’lib boradi, bu
reflekslarning qaror topib, rivojlanishi esa bolaning katta yoshli odamlar
bilan doimiy aloqa qilib turishiga, ya’ni ta’lim olishi, o’rganishiga
asoslangan.


Bolada yarim tovush va fonemalar hayotining dastlabki oylarida ham
paydo bo’lsada, lekin bular hali ikkinchi signallar rolini o’ynamaydi va
faqat odamga xos bo’lgan signal sistemasining ishga tushishi uchun
go’yo tayyor-garlik davri bo’lib hisoblanadi.
Shartli taassurot bo’lmish so’z avvaliga faqat muayyan vaziyatda
ma’lum bir ohang bilan talaffuz qilinganida ta’sir ko’rsatadi, bola hayoti
ikkinchi yilining birinchi yarmi oxiriga kelganda esa u signallarning
signali bo’lib qoladi. Bolaning ayrim so’zlarni, goho bularning
ma’nosini tushunmasada, oson takrorlay olishi va eslab qolish qobiliyati
ham xuddi ana shu davrda rivojlanib boradi. Hayotining ikkinchi yili
davomida lug’at zaxirasi ancha tez ortib boradi, 3 yoshgacha bo’lgan 
davr nutq qaror topib, shakllanib boradigan davr hisoblanadi, bu eng
optimal davrdir. Adabiyotda tasvirlangan voqyealar bunga misol bo’la
oladi. Emadigan vaqtida bo’rilar olib qochib ketgan va 7 yoshga
kirguncha bo’rilar orasida katta bo’lgan qizning tabiiyki tili chiqmagan,
ya’ni unda nutq yo’q edi. Shu yoshda bo’rilardan ajratib olingan qiz
nutqqa o’rgatildi. 4 yil o’rgatilgandan keyin u 6 ta so’zni 7 yil
o’rgatilganidan keyin esa atigi 45 ta so’zni eslab qoldi. Buni shu bilan
izoxlasa bo’ladiki, nutq egallashning eng optimal davri 3 yoshgacha
bo’lgan vaqt o’tib ketgan edi.
Og’zaki va yozma nutq bosh miya po’stlog’idagi nerv markazlarida
shartli reflekslar hosil qilish xossasiga ega. Nutq, yordamida biz tashqi
muhitning rang-barangligini anglaymiz, boshqalar bilan muloqatda
bo’lamiz, atrofdagi voqyealarni qabul qilib ular haqida fikrlaymiz va
fikrimizni boshqalarga bayon qilamiz. Nutq, yordamida bilim olamiz,
hunar o’rganamiz, kasb egallaymiz,
Nutq va fikrlash bir-biriga chambarchas bog’liq, chunki boshqalar
nutqini qabul qilib, uning ma’nosiga qarab bizda fikrlash vujudga keladi,


o’z fikri-mizni esa nutq orqali bayon etamiz. Nutq ikkinchi signal
sistemasi sifatida bolaning yoshligida birinchi signal sistemasi asosida
paydo bo’lib rivoj-lanadi. Bola bir yoshga kirganda u 5-10 ta so’zni ayta
oladi, ikki yoshda uning so’z boyligi 300 taga, 3 yoshda 1000 taga, 4
yoshda 2000 taga, 5 yoshda 2500 taga etadi, Bolaning so’z boyligi uning
sog’ligiga, ota-onasi va tarbiyachilarning madaniyatiga, ular olib
boradigan tarbiyaviy ishlar mazmuniga bog’liq. Maktab yoshigacha va
boshlang’ich sinf o’quvchilarida hosil bo’lgan shartli reflekslar,
o’rgangan so’zlar miya hujayralarida mustahkam iz qoldirib, uzoq yillar
saqlanadi. Shuni alohida qayd qilish kerakki, bolada nutq qobiliyatining
paydo bo’lishi va rivojlanishi uchun iming markaziy nerv tizimining
tuzilishi va funksiyasi normal rivojlangan bo’lishi zarur. Avvalo uning
eshitish organlari va bosh miya po’stlog’ining chakka qismida
joylashgan eshitish markazi sog’lom bo’lishi kerak. Chunki
boshqalarning so’zini eshitish uchun uning eshitish qobiliyati normal
bo’lishi lozim.
Shu bilan birga miya yarim sharlari po’stlog’idagi nutq markazi normal
rivojlangan, sog’lom bo’lishi zarur. Bu ikkala markazning bittasi normal
rivojlangan bo’lmasa, bolada nutq paydo bo’lmaydi. Kar-soqovlarning
eshitish qobiliyati bo’lmaganligi uchun ham ularda nutq yo’q.
Bolaning nutqi tarbiya, o’qish, bilim olish, jarayonida rivojlanadi.
Nutqning rivojlanishida ovoz chiqarib o’qish, she’r aytish, qo’shiq
kuylash, mu-siqa tinglash muhim rol o’ynaydi. Nutqning rivojlanishi o’z
navbatida odamning o’qishi, bilim olishi, hunar o’rganishiga, fikrlash
qobiliyatiga va ijodiy ravnaqi yanada takomillashuviga imkon beradi.
Bolalarda hissiyotlar xususiyatlari
Ko'pgina ota-onalar farzandlari uchun o'zlarining his-tuyg'ularini to'g'ri
ifoda etishlari uchun qanchalik muhimligini bilishadi. Ammo ular ham
o'rganishlari kerak tushunish ularni, ularni talqin qiladilar va
hayotlarining va o'zlarining dunyosining bir qismi sifatida qabul


qiladilar. Mantiqan, har bir bola o'zlarining sevgan odamlari bilan
bog'lanishiga va aloqada bo'lishlariga yordam beradigan hissiy aql
darajasiga muhtoj. Bu ularga ko'proq farovonlik, baxt, muxtoriyat va
mas'uliyat keltiradi.
Ammo hissiy jihatdan aqlli bolalarni qanday tarbiyalashimiz kerak?
Ushbu savolga javob berish uchun biz professor Ester Garsiyaning,
hissiy intellekt bo'yicha aspirant professorning ba'zi tavsiyalariga
murojaat qilamiz. Barselona universiteti.
Hissiy tarbiyaga oid maslahatlar
Professor Garsiyaning so'zlariga ko'ra, shaxslararo munosabatlar - bu
hissiy farovonlikka ta'sir qiluvchi asosiy omillar. Ham bolalar, ham
kattalarning baxt-saodati ularning munosabatlarida hissiy aql bilan
bog'liq qobiliyatlarni rivojlantirish qobiliyatiga bog'liq.
Tuyg'ularni aniqlash
Professor Garsiyaning hissiy jihatdan aqlli bolalarni tarbiyalash bo'yicha
birinchi taklifi bu onglilikdir. Ota-ona ham, bola ham o'zlarining his-
tuyg'ularini, oqibatlari va ularni qanday qayta ishlashni tushunishlari
kerak.
O'zingizning xabardorligingizni oshirish uchun o'zingizdan o'zingizning
his-tuyg'ularingiz haqida savollar bering: nega ularni his qilasiz, qanday
paydo bo'lgan va ularni bartaraf etish yoki undan maksimal darajada
foydalanish uchun nima qilishingiz mumkin. Shundagina siz ularni
og'zaki so'zlashingiz va belgilashingiz mumkin bo'ladi, shunda
farzandlaringiz o'zlari bu jarayonni amalga oshirishni o'rganadilar.
Hissiy boshqaruv
Ikkinchi muhim maslahat hissiyotlarni boshqarish bilan bog'liq. Ularni
aniqlaganingizdan va tushunganingizdan so'ng, ularni qanday
boshqarishni bilishingiz kerak. Ular ijobiy yoki salbiy bo'lishidan qat'iy
nazar, siz ularni aniq belgilashingiz va og'zaki so'zlashingiz uchun ularga
ism qo'yishingiz kerak.


Siz shu darajaga etganingizda, his-tuyg'ularingizni qabul qilish vaqti
keldi, chunki ular qonuniy va shaxsiydir. Shu nuqtada, paydo bo'lgan
xatti-harakatlar ustida ishlash kerak bo'ladi. Shunday qilib, siz
bolalaringizga bema'ni, majburiy yoki beparvolik qilmasliklariga yordam
bera olasiz.
Hamdardlik
Bolalarga his-tuyg'ularini qanday aniqlash va boshqarish va hissiy
jihatdan aqlli bo'lishni o'rgatish uchun siz doimo hamdard bo'lishingiz
kerak. Siz o'zingizni qanday his qilayotganingizni va ularning yoshida
qanday o'zgaruvchan va boshqarishni qiyinlashtiradigan bu ulkan
hissiyotlar va his-tuyg'ular to'lqinini yo'naltirish uchun qanday
mexanizmlarga ega ekanliklarini bilishingiz kerak.
Diqqatning neyrofiziologik xususiyatlari va ontogenezda o'zgarishi.
Diqqat ma`lum nerv markazlarining qo`zg`alishi va miyadagi boshqa nerv
markazlarining tormozlanishi bilan bog`liqdir, bu esa ob`ekt uchun ahamiyatli
bo`lgan qo`zg`atuvchilarni ajratishni, ya`ni psixik faoliyatning yo`naltirilishini
ta`minlaydi. Har qanday yangidan yuzaga kelgan qo`zg`atuvchi, agar u etarli
darajada intensiv kuchlanishga ega bo`lsa tegishli qo`zg`alish jarayonini yuzaga
keltiradi, bu refleks I.P.Pavlov aytganidek “bu nima” degan refleks bilan
ifodalanadi. Bu sodda turdagi diqqatning fiziologik asosidir.
Diqqat assotsiatsiya yo`li bilan eslash va uning yangilik bilan farq qilmaydigan,
lekin u ob`ekt favg`ulodda alohida ahamiyat kasb etgan ob`ektlarni idrok qilish
bilan bog`liq bo`lishi mumkin. I.P.Pavlov tomonidan kashf etilgan nerv
jarayonlarining induktsiya qonuni diqqatning fiziologik asoslarini tushunib olish
uchun ahamiyatga egadir. Mana shu qonunga muvofiq, bosh miya po`stining bir
joyida maydonga kelgan qo`zg`alish jarayonlari bosh miya po`stining boshqa
joylarida tormozlanish jarayonlarini yuzaga keltiradi. Bosh miya po`stining ayrim
bir joyida yuzaga kelgan tormozlanish jarayoni bosh miya pustining boshqa
joylarida kuchli qo`zg`alish jarayonlarini paydo bo`lishiga olib keladi. Ayni shu
paytning har bir onida miya po`stida ko`zgalish jarayoni uchun optimal, ya`ni


nihoyatda qulaylik bilan harakatlanuvchi biror bir kuchli qo`zg`alish manbai
mavjud bo`ladi. “Agar bosh suyagiga qarash imkoni bo`lganda, degan edi
I.P.Pavlov, uning ichidagi miya ko`rinadigan bo`lsa, agar miya yarim sharlarida
optimal kuchli qo`zg`alish uchun eng yaxshi sharoit tug`ilgan nuqtasi miltillab
ko`rinadigan bo`lsa, yangi sog`lom bir narsani o`ylab turgan odamning miyasiga
qaraganimizda uni miyasini katta yarim sharlarida juda g`alati jimjimador shaklli,
surati va hajmi har damda bir o`zgarib, turlanib, jimir - jimir qilib turgan yorug`
narsani u yoqdan bu yoqqa yugurib qimirlab turganini va miya yarim sharining bu
yorug` narsa atrofidagi boshqa erlarni bir muncha xira tortib turganini ko`rardik”.
A.A.Uxtomskiy tomonidan ilgari surilgan dominantlik tamoyili ham
diqqatning fiziologik asoslarini aniqlash uchun katta ahamiyatga ega. Dominantlik
tamoyiliga muvofiq miyada qo`zg`alishning har doim ustun turadigan hukmron
o`chog`i mavjud bo`ladi, bu hukmron qo`zg`alish o`chog`i aynan shu damda
miyaga ta`sir qilib, unda yuzaga kelayotgan hamma qo`zg`alishlarni qandaydir
ravishda o`ziga tortib oladi va buning natijasida boshqa qo`zg`alishlarga nisbatan
uning hukmronligi yanada oshib boradi. Nerv tizimi faoliyatining tabiati
qo`zg`alishning hukmron bo`lishi yoki dominantning mavjudligi bilan asoslanadi.
Bu hol psixologik jihatdan biror qo`zg`atuvchilarga diqqatning qaratilishi va ayni
chog`da ta`sir qilib turgan boshqa qo`zg`atuvchilardan diqqatning chalg`ishida
ifodalanadi. Jiddiy diqqat, odatda o`ziga xarakterli bo`lgan tashqi ifodalari bilan
bog`liq bo`ladi. Narsani yaxshilab idrok qilishga qaratilgan harakatlar bilan (tiqilib
qarash bilan eshitish) ortiqcha harakatlarni to`xtatish, nafas olishni sekinlashtirish,
diqqat uchun xos bo`lgan yuz harakatlari bilan bog`liq bo`ladi.
3. DIQQAT TURLARI
Kishi faoliyatida diqqat bir necha turlarga bo`linadi:
1. Ixtiyorsiz diqqat;
2. Ixtiyoriy diqqat;
3. Muvofiqlashtirilgan ixtiyoriy diqqatlarga bo`linadi.
Biz diqqatni qaratishni maqsad qilib qo`ymagan paytimizda psixik faoliyatning
yo`naltirishi va to`planishi ixtiyorsiz xarakterga ega bo`lishi mumkin. Bunday


hollarda faoliyatning maroqliligi, qiziqarli yoki kutilmaganda favqulotdaligi bilan
odamni o`z - o`ziga jalb eta oladi. Odam o`ziga ta`sir qilayotgan narsalarga,
hodisalarga, bajarayotgan faoliyatiga beixtiyor berilib ketadi. Masalan: biror ishni
bajarayotgan odam radioda yoqimli kuy yoki ashulani eshitib qolsa yoki e`lonni
eshitsa u beixtiyoriy qilayotgan ishini tashlab radioga quloq soladi. Biroq biz
ko`zlagan maqsad va qabul qilingan qaror tufayli ma`lum bir ishni bajarish
lozimligini bilar ekanmiz, bunday holda diqqatning yo`nalishi va to`planishi
ixtiyoriy tabiatga ega bo`lishi mumkin. Biz bunday paytda diqqatimizni
bajarayotgan ishimizga qaratishni maqsad qilib qo`yamiz. Masalan: maktab
o`quvchisi berilgan topshiriqni ongli ravishda bajarishini ixtiyoriy tabiatga ega deb
bilamiz. Ba`zan esa tamoman boshqa bir narsa jalb qiladi? Bu o`rinda biz odatda
diqqatni jalb qilish xususida bir - biri bilan zich bog`lanib ketgan murakkab
sabablarga egamiz. Bu sabablarni tahlil qilish maqsadida biz ularni shartli suratda
turli toifalarga bo`lamiz. Bunda qo`zg`atuvchining absolyut kuchidan ko`ra, nisbiy
kuchi muhimroq rol o`ynaydi.
Bolalarda emotsional stresslarni oldini olish.
Bolalarda stress - bu reaktsiya asab tizimi turli xil jismoniy, aqliy va hissiy
stimullarga. Ota -onalar stress belgilarini e'tiborsiz qoldirib, bolada hissiy
beqarorlikni rivojlantiradi. Stress fonida asab kasalliklari paydo bo'ladi, ular
allaqachon ruhiy kasallikka aylanishi mumkin balog'at yoshi. Kattalardagi
buzilishlarning aksariyati bolalikdagi psixologik travma va qo'rquv bilan bevosita
bog'liq. Bolalar va o'smirlarning stressi ko'plab muammolarni keltirib chiqarishi
mumkin. O'ziga past baho va jiddiy ruhiy kasalliklar, shizofreniyaga qadar
shakllanadi. Boladagi stressni bir necha bosqichlarga bo'lish mumkin. Har bir
bosqich ruhiy tushkunlik holati bilan tavsiflanadi. Uzoq muddatli stress
depressiyaga aylanadi. Xavotir Xavotirlik davrida bola tushunarsiz melankoliya va
tashvish his qiladi. Bola boshidan o'tgan stress haqida hech kimga aytmaydi. Bola
o'zini tutadi, qarindoshlaridan shubhalanadi. Notanish odamlarga nisbatan o'ziga
xos ishonchsizlik paydo bo'ladi. Hech qanday o'zgarish yo'q jismoniy holat bolalar
Qarshilik Bolaning ruhiyati boshdan kechirgan stressga faol qarshilik ko'rsatadi.


Yomon voqea xotiralarini o'chirishga harakat qiladi. Stressli javob doimiy
charchoq va ruhiy charchash hissi bilan birga keladi. Asab tizimi ichki tajribalarga
juda ko'p energiya sarflaydi. Tushkunlik Bola aqliy va jismoniy charchagan, endi
stressni boshdan kechirishga qodir emas. Asab tizimi hissiyotlarni boshqara
olmaydi, bu befarqlik yoki haddan tashqari tajovuzni keltirib chiqaradi.
Chaqaloqlar tunda uxlay olmaydilar, chunki tushlarida dahshatli tushlar ko'rishadi.
Maxfiylik oshadi. Doimiy depressiya natijasida o'z joniga qasd qilish istagi paydo
bo'lishi mumkin. Sabablari Boladagi stressning sabablari yoshga qarab farq qilishi
mumkin. Bir yoshgacha bo'lgan bolalar onasi bilan xayrlashganda, ovqatlanish
usullarini o'zgartirganda, kasallik va qo'rquvda stressga tushadilar. Chaqaloqlar ota
-onasining hissiy holatiga haddan tashqari sezgir. Ota -onalarning janjallari va
janjallari bolaga ta'sir qiladi, u eng kuchli kuchlanishni sezadi. Chaqaloqlar va
o'smirlardagi stressli vaziyatlarning quyidagi sabablari bor. Ota -onalarning
e'tiborsizligi. Bolaning ehtiyojlarini e'tiborsiz qoldirish, rad etish, sevgining
yo'qligi bolada kuchli stressni keltirib chiqaradi. Doimiy tanbehlar, ayniqsa omma
oldida. Bunday tarbiyaviy chora -tadbirlar bolalarda voyaga etmaganlik tuyg'usini
shakllantiradi. Tashqi va ichki omillar ta'sirida qo'rquv hissi. Tashqi: qaroqchi yoki
g'azablangan itga hujum qilish, qo'rqinchli film tomosha qilish yoki dahshat
kitobini o'qish. Ichki: kuchli fantaziya, oiladagi salbiy muhit, ota -onalar bolalarga
kuchli psixologik bosim o'tkazadilar. Manzaraning o'zgarishi. Qarindoshlar, yaqin
do'stlar bilan xayrlashish, yangi shaharga ko'chish, boshqa maktabga ko'chish,
birinchi muhabbat. Bu hodisalarning barchasi stressli. Komputer o'yinlari. Bolalar
o'yinlarni kattalarga qaraganda ancha real qabul qiladilar. Yo'qotishlar, kechgacha
o'yinlar uchun kattalar bilan janjallashish, uyqusizlik - bularning barchasi stressni
keltirib chiqaradi. 
Endemik buqoqning kelib chiqish shart sharoitlari va muhitga
bog'liqligi.
Buqoq — qalqonsimon bezning kattalashuvi. Kasallik shu bez funksiyasi
oʻzgarmasdan (eutireoz), funksiyasi susayishi (gipotireoz) yoki
kuchayishi (tireotoksikoz) bilan kechadi. Boʻqoqning bir necha shakli


bor. Endemik buqoq atrof-muhitda (suv, tuproq, havoda) yod oz boʻlgan
muayyan geografik chegaralangan hududlarda (jumladan Oʻzbekistonda)
uchraydi. Isteʼmol qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlarida yod
yetishmasligi kasallikning asosiy sababi hisoblanadi. Sogʻlom odamga
bir kecha-kunduzda 100—200 mikrogramm yod kerak, shu miqdor
kamaysa, qalqonsimon bez gormonlari (tiroksin, triyodtironin)ning hosil
boʻlishi kamayadi. Oqibatda, qalqonsimon bezning kattalashishi
kuzatiladi, bolalarda boʻy oʻsmay qoladi, ruhiyati oʻzgaradi, aqli ojiz boʻ
ladi (kretinizm), baʼzan kasallik shish hosil boʻlishi bilan kechadi
(qarang Miksedema).
Sporadik (onda-sonda uchraydigan) buqoq — buqoq endemiyasi boʻ
lmagan joylarda rivojlanadi, kasallik keng tarqalmaydi. Diffuz toksik
buqoq (Bazedov kasalligi) — bunda qalqonsimon bez kattalashuvi bilan
birga funksiyasi kuchayadi. Diffuz toksik buqoqni 1840-yilda nemis
vrachi Karl Bazedov taʼriflab bergani uchun Bazedov kasalligi deb
ataladi. Kelib chiqishida irsiy moyillik, immun sistemadagi oʻzgarishlar,
ruhiy iztirob muhim oʻrin tutadi. Qalqonsimon bez funksiyasi kuchayishi
natijasida muskullar zaiflashib, bemor serzarda, yigʻloqi boʻlib qoladi,
ozib ketadi, koʻzi chaqchayadi (ekzoftalm, oftalmopatiya), koʻp terlaydi,
oyoqqoʻli, baʼzan butun tanasi titraydi, yuragi tez uradi (taxikardiya),
uyqusi buziladi, bir oz isitma chiqadi, tez toliqadi va ishga yaroqsiz boʻ
lib qoladi. Kasallik ogʻir kechganida tireotoksik krizisga olib borishi
mumkin. Bunda asosiy sistema va aʼzolar faoliyati izdan chiqadi,
tireotoksik koma yuz beradi. Koʻp tugunli toksik buqoq — koʻpincha bir
necha yil davomida koʻp tugunli eutireoid buqoq bilan og`rib kelayotgan
50—60 yashar ayollarda uchraydi. Kasallik belgilari diffuz toksik
buqoqqa oʻxshash, ammo bunda oftalmopatiya va pretibial miksedema
kuzatilmaydi.
Buqoqni mutaxassis vrach davolaydi, turli gormonal dorilar buyuriladi.
Baʼzan jarroxlik yoʻli bilan davolanadi. Toksik buqoqni davolashda


radioaktiv yod ham qoʻllaniladi.
Buqoqning ommaviy oldini olish uchun yodlangan osh tuzi ishlatiladi.
Buqoq boʻyicha xavfli guruhlarga (bogʻcha va maktab yoshidagi bolalar,
homilador va emizikli ayollar) tarkibida yod tutuvchi (antistrumin, yodid
— 100, 200) dorilar beriladi. Umumiy sogʻlomlashtirish tadbirlari
(bekamu-koʻst ovqatlanish, sanitariya-gigiyena sharoitlarini yaxshilash
va boshqalar) amalga oshiriladi.
Individual rivojlanish davomida immun reaksiyalarni shakllanishi.
Individual rivojlanish yoki entogenez triklikning eng muhum xsusiyatlaridan
biridir.ontogenez tushunchasi 1866-yilga E. Gekkel tomonidan fanga kritilgan bir
hujayralilarda ontogenez ularning hosil bo’lishidan boshlanib bo’linishi yoki o’limi
bilan tugallanadi. Ko’p hujayralilarda ontogenez zigotya hosil bo’lishidan
boshlanib o’lim bilan tugallanadi.
Ointogenezning uchta tipi mavjud:
1. Lichinkali. 2.lichinkasiz. 3. Ona qornida rivojlanish.

Lichinkali ontogenez. Tuxum hujayrada oziq modda kam bo’lgan

organizmlarda kuzatiladi. Ularning lichikkasi yetuk shaklidan o’z
tuzulishi bilan farq qiladi.
Lichinkasiz ontogenez.Tuxumda oziq moddalar ko’p bo’lgan 

organizmlara kuzatiladi, yosh organizmlar O’z tuzulishiga ko’ra yetuk
organizmlarga ancha o’xshaydi. Ona qornioda rivojlanish odam va
yuqori sutemizuvchilarda kuzatiladi.
Ontogenezning ikkita asosiy davri mavjud.
1. Embiriona davr 2. Post embriona davr.

Post embrional rivojlanish tuxum qoyib ko’payiuvchilarda xomilaning

tuxum qobiqlaridan chiqishidan , Ona qornida rivojlanuvchi
organizmlarda esa tug’ulishidan boshlanib, uning o’limigacha davom
etadi. Bu davrda organizm tashqi muhit bilan bevosita aloqada bo’ladi,
o’sadi, hujayralar, to’qimalar, azolar iqtisoshlashadi,umri tugagan yoki
jarohatlangan to’qimalar qayta tiklanadi va organizmning qarishi asta


sekin kuzatiladi.
Post embrionalar rivojlanishining ikki turi malum
1. Bilvosta (no to’g’ri) rivojlanish.

2. Bevosita (tog’ri) rivojlanish.

Organizm indivitual rivojlanishiga tashqi muhit omillarining tasiri

kattadir. Tashqi muhit omillarinig tasiri homila davrida ham, undan
keyingi davrda ham kuzatiladi.
Odam homilasining rivojlanishiga zara ko’rsatuvchi omillarga alkogol, 

tamaki tarkibidagi nikotin, Giyohvant moddalari kiradi. Bu moddalar
insonning faqat sog’ligiga zara yetkazibgina qolmasdan balki Jinsiy
hujayralarning xromosomalari, genlarida mutatsiyalarida sabab bo’lishi
ham mumkin. Bunday o’zgargan
Mitoz sikli deb hujayraning bo’linishga tayyorgarlik davri hamda mitoz
bosqichlarini davom etishiga aytiladi
Metafaza — xromosomalarning spirallanishi davom etadi. Xromosomalar ekvator
tekisligi tomon harakatlana boshlaydi.
Adabiyotlar
1. G’afurov A. T. Darvinizm Toshkent, o’qituvchi1992 yil.
2. Воронцов Н. П.,Сухорукова Л.Н. Эволюционная органического
мира. М. Просвешение 1991
3. To’raqulov Yo. X. malekulyar biologiya. Toshkent, o’qituvchi1993 yil
4. Иорданскис Н. Н. Эволюция жизни. М.Издательский центр
“Академия” 2001
5. Inge-Vechtomov S.G. Genetika s osnovami selektsii. Moskva.,
«Vsshaya shkola», 1989 g.
6. Lobashev M.Ye., Vatti K.V., Tixamirova M.M. Genetika s osnovami
selektsii. Moskva, «Prosveshenie», 1979 god.

Download 450.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling