Reja: Intellektual programmalar va sistemalar haqida tushuncha
Download 190.33 Kb.
|
Iqtisodiyotda axborot komplekslari va texnologiyalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Qaror qabul qilish jarayoni ni qo’llab-quvvatlash tizimlari haqida tushuncha.
Iqtisodiyotda axborot komplekslari va texnologiyalarida on-line operatsiontizimlarni ahamiyati REJA:
1. Intellektual programmalar va sistemalar haqida tushuncha. 2. Ekspert tizimining tashkiliy-tarkibiy tuzilishi. 3. Qaror qabul qilish jarayoni ni qo’llab-quvvatlash tizimlari haqida tushuncha.
1. Axborot tizimi tushunchasini kiritishdan oldin tizim deganda nimani tushunishimizni aniqlab olamiz.Tizim deganda yagona maqsad yo’lida bir vaqtning o’zida ham yaxlit,ham o’zaro bog’langan tarzda faoliyat ko’rsatuvchi elementlar(obyektlar) majmuasi tushuniladi.
Informatikada “tizim” tushunchasi ko’proq texnik vositalar,asosan,kompyuterlar murakkab obyektlarni boshqarishga nisbatan aytiladi.”Tizim” tushunchasiga “axborot” so’zining qo’shilishi uning belgilangan funksiyasini va yaratilish maqsadini anniq aks ettiradi. Axborot tizimi – belgilagan maqsadga erishish yo’lida axborotni yig’ish,saqlash,qayta ishlash va uzatishuchun qo’llaniladigan usullar,vositalar va shaxslarning o’zaro bog’langan majmuasidir. Axborot tizimlari jamiyat paydo bo’lgan paytdan boshlab mavjud bo’lgan, chunki rivojlanishining turli bosqichida jamiyat o’z boshqaruvi uchun tizimlashtirilgan, oldindan tayyorlangan axborotni talab etgan. Bu, ayniqsa, ishlab chiqarish jarayonlari — moddiy va nomoddiy nе'matlarni ishlab chiqarish bilan bog’liq jarayonlarga tеgishlidir. Chunki ular jamiyat rivoji uchun xayotiy muxim axamiyatga ega.
Suniy idrok haqida «Sun'iy» sozining ma'nosi ayon: u kelib chiqishiga kora tabiiy bolmagan narsani, ya'ni, inson qoli bilan yaratilgan narsalarni nazarda tutadi. «Intellekt» sozini esa bundayin oson ta'riflashning imkoni yoq. Lugatlarda uning ma'nosi juda xilma-xil beriladi. Masalan, intellektni «qaror qabul qila olish qobiliyati», «anglash qobiliyati» kabi qisqa va londa ta'riflaridan tashqari, «bilish, idrok qilish va tahlil asosida, hamda, yigilgan tajriba hamda konikmalar vositasida yangi vaziyatlarga moslasha olish» kabi uzundan uzoq ta'riflari ham bor. Ilmiy atama holidagi «sun'iy intellekt» tushunchasi esa ilk bora 1956 yilda, Stenford universitetida otkazilgan ilmiy anjumanda inglizcha «artificial intelligence» (AI) tarzida ilm- fanga taklif qilingan edi. Sun’iy intellekt o`z nomi bilan kompyuterning ong belgilarini egallashini nazarda tutadi. Sun’iy intellekt metodlari programmalarni birlashtirishni soddalashtiradi va sun’iy intellekt sistemasiga mustaqil o`rganish va yangi foydali ma’lumotlarni yig`ish qobiliyatini nazarda tutadi. Inson o`z bilimlarini oshirgani sari o`z fikrlash usullarini o`zgartirmasligi va o`ziga ma’lum ma’lumotlarni esdan chiqarmasligi mumkin. Sun’iy intellekt sistemasi ham xuddi shunday ishlashi kerak. Sun’iy intellekt metodlari programmalar qismlarining yuqori darajadagi mustaqilligini nazarda tutadi. Sun’iy intellekt deganda aqliy xatti-harakatlarga nisbatan kompyuter tizimining qobiliyati tushuniladi. Ko‘pincha bunda inson fikrlashi bilan bog‘liq qobiliyat anglanadi Sun'iy intеllеkt tizimlari. Bu soxadagi izlanishlarni to’rt yunalishga bulish mumkin: — Ijodiy jarayonlarni imitatsiya qiluvchi tizimlar. Ushbu yo’nalish kompyutеrda o’yinlarni (shaxmat, shashka va x.k.) avtomatik tarjima qilishni va boshqalarni amalga oshiradigan dasturiy ta'minotni yaratish bilan shug’ullanadi. — Bilimlarga asoslangan intеllеktual tizimlar. Ushbu yo’nalishdagi muxim natijalardan biri ekspеrt tizimlarning yaratilishi xisoblanadi. Shu tufayli sun'iy intеllеkt tizimlarini ma'lum va kichik soxalarning ekspеrti sifatida tan olinishi va qo’llanishi mumkin. — EXMlarning yangi arxitеkturasini yaratish. Bu yo’nalish sun'iy tafakkur mashinalari (bеshinchi avlod EXMlari) ni yaratish muammolarini o’rganadi. — Intеllеktual robotlar. Bu yunalish oldindan qo’yilgan manzil va maqsadga erisha oladigan intеllеktual robotlar avlodini yaratish muammolari bilan shug’ullanadi.
Ekspert tizimlarini axborot tizimlari sinfi sifatida ko‘rib chiqish mumkin. U foydalanuvchining roziligidan qat’iy nazar ma’lumotlarni tahlil va tahrir eta oluvchi, qarorni tahlil etib qabul qiladigan, tahliliy-tasnifiy vazifalarni bajara oladigan ma’lumotlar va bilimlar bazasiga ega. Jumladan, ekspert tizimlari keladigan axborotlarni guruhlarga bo‘lib tashlay oladi, xulosa chiqaradi, identifikatsiyalaydi, tashxis qo‘yadi, bashoratlashga o‘rgatadi, sharhlab beradi va hokazo.
quyidagicha: • yaqin davrlargacha EHMda yechish qiyin yoki umuman yechib bo‘lmaydigan deb sanaluvchi murakkab masalalarning yangi sinfini yechish, optimallashtirish va (yoki) bahosini olish imkoniyati; • dasturchi bo‘lmagan foydalanuvchiga (eng oxiridagi foydalanuvchilar) o‘z tilida suhbat yuritish va kompyuterdan samarali foydalanish uchun axborotni vizualizatsiyalash usullarini qo‘llash imkoniyatini ta’minlash; • yanada ishonchli va malakali xulosa chiqarish yoki qaror qabul qilish uchun ekspert tizimini mustaqil o‘rganish, bilimlardan foydalanish qoidalari, ma’lumotlar, bilimlarning to‘planishi; • foydalanuvchi axborot yo‘qligi tufayli yoki axborotning haddan ziyod rang- barangligi, yoki hatto kompyuter yordamida ham odatdagi qarorni qabul qilishning cho‘zilib ketilishi tufayli yecha olmaydigan savollar yoki muammolarni hal etish; • takomillashgan asboblar va ushbu tizimdagi foydalanuvchi mutaxassisning shaxsiy tajribasidan foydalanish hisobiga yakka tartibdagi ixtisoslashgan ekspert tizimlarini yaratish imkoniyati; • ekspert tizimining asosi qaror qabul qilish jarayonini shakllantirish maqsadida tuzilgan bilimlar majmui (bilimlar bazasi) sanaladi. Intellektual va ekspert sistemalar uch asosiy qismdan tuzilgan: Download 190.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling