Reja: Intermediyalarni lof va askiyalarni ifodali o'qish. «Аskiya» jаnri tаbiаti vа o`zigа хоs ijrо хususiyati
Download 42.11 Kb.
|
Intermediyalarni lof va askiyalarni ifodali o\'qish bo`yicha rolli sahnaviy ko`rinishlar tayyorlash
Satirik personajlar. rais, yasovul, sudxo’r, hoji kampir, tergovchi, ko’knori, dalla-sovchi...
Xalq tiplari: o’zbek, rus, qozoq, yahudiy, turkman, Abram mujik va Oyqiz Shura. San’at ahli: sozanda, yallachi, masxaraboz, raqqosa, dorboz, maymunboz, tosboz... Hayvonlar va afsonaviy maxluqlar. yalmog’iz kampir, ajdaho, shayton, qoravoy it va boshqalar. Bu personajlarning har biri betakror qiyofaga ega va xalq komediyasida o’zigagina xos ijtimoiy-estetik vazifani bajarishlari tufayli asarning g’oyaviy-badiiy maqsadini ochishga xizmat qilgan va tomoshabinlarga zavq va saboq berishgan. II. «Chodirxayol» qo’g’irchoq teatri. Bunihozir zamonaviylashtirib marionetka teatri deyiladi. «Chodir xayol» teatrida qo’g’irchoqlar harakati iplar yordamida amalga oshiriladi. Qora iplarga bog’langan qo’g’irchoqlar kechasi qora parda fonida harakatlantirilgani uchun iplari ko’zga tashlanmaydi va qo’g’irchoqlar go’yo o’zi harakatlanayotganday ko’ringani uchun tomoshabinlarda katta qiziqish hamda estetik zavq uyg’otgan. Bu teatrda, asosan, «Sarkardalar» xalq komediyasi o’ynalgan. Hozirgacha bu teatr repertuaridan bizga ma’lum bo’lgan yagona asar shu komediya bo’lib, uni 1927-yilda M.F.Gavrilov yozib olgan. «Chodir xayol»da ham 100 ta qo’g’irchoq — personaj mavjud. P.A.Kamarov kolleksiyasida shulardan 47 tasi mavjud, qolganlari esa hanuzgacha noma’lum. «Chodir xayol» spektaklida voqea, asosan, xon saroyida kechadi. Shu vajdan unda harbiylarni ifodalovchi qo’g’irchoq — personajlar ko’p. Chunonchi yasovul, rus sarbozlari, xitoy sarbozlari va xalq komediyasining bosh qahramoni Yo’ldosh yasovul shu silsilaga kiradi. Yo’ldosh yasovul boshida qora popugi osilib turgan qizil qalpoq kiyib olgan, ikki beti ham anordek qip-qizil, qirrador burni dumaloq yuzi ustida savlat to’kib turibdi. Yashil shalvor va havorang mundir kiyib olib, belini oq-qizil yo’1-yo’l tasma bilan mahkam bog’lagan, oyog’ida qora etik, chap qo’lida qamchi. Yuzlarida qo’rquv va dahshat ifodasi bor. Hayronlikdan og’zi ochilib qolgan, g’oyat siqilgannamo, birmuncha sodda, zahmatkash va dilkash qiyofadagi kishi sifatida harakat qilsa, boshqa personaj — qo’g’irchoqlar uning shu xatti-harakatini to’ldiradi. Bularni uch guruhga bo’lish mumkin: San’at ahli. Bular aslida mehnatkash xalq vakillari bo’lib, Toshpo’lat dorboz, Parda karnaychi, raqqosalar — Lazokat poshsha, Saodat poshsha, Ernazar maymunchi, Orif jarchi ko’zaboz, Oysha xotin olmaboz, erkak-ayol parangi muallaqchilar, Shodmon botir qilg’izlardan iborat. Satirik personajlar. Bular asli real tarixiy shaxslar bo’lib, Xudoyorxon, Puchuq oftobachi (ba’zan Abdurahmon oftobachi), O’ratepa begi Abdug’afforbek, Saydulla yuzboshi, Iso avliyo, Haraid qiyshiq o’g’ri, Said Botir qalandar, Qo’ng’irboy ko’mirchi singari personaj- qo’g’irchoqlar harakat qiladi. Shuni ta’kidlash joizki, «Chodir xayol» spektaklida kamida 50 tacha qo’g’irchoq ishtirok etganligi tufayli ularni ip bilan boshqarish zaruriyatga aylangan. Bu tomosha, asosan, kechqurun o’ynalganligi tufayli «Shab bozi» deb ham yuritilgan. Download 42.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling