Reja: Intermediyalarni lof va askiyalarni ifodali o'qish. «Аskiya» jаnri tаbiаti vа o`zigа хоs ijrо хususiyati
Download 42.11 Kb.
|
Intermediyalarni lof va askiyalarni ifodali o\'qish bo`yicha rolli sahnaviy ko`rinishlar tayyorlash
III. «Fonus xayol yoki soya» qo’g’irchoq teatri. Bu teatrda tomoshalar qo’g’irchoq yoki qo’l barmoqlarining soyasini devorga tushirib, turli-tuman shakllar hosil qilish orqali namoyish qilingan.
Ana shu uch turdan tashqari qo’g’irchoq teatrining yana bir shakli ham borki, unda ijrochi hamda qo’g’irchoq teng turishib tomosha ko’rsatishadi. Tomosha ularning dialogidan tashkil topadi. Har qalay bu hodisani qo’g’irchoq teatrining to’rtinchi turi sifatida e’tirof etish oyinga aylanib bormoqda. Biroq mazkurto’rt turning faoli va keng tarqalgani hamda qadimiysi «Chodir jamol»va «Chodir xayol» bo’lib, ulardagi chodir va peshtaxta (sandiq) mohiyatini Husayn voiz Koshifiy snunday ta’riflaydi: «Agar chodir (xayma) nimaga ishora qiladi, deb so’rasalar, bu inson badaniga ishora, deb javob bergil. Chunki inson ichidan har lahzada yuz xil qo’g’irchoqlar bosh ko’taradi va tilga kiradi. Bu xayma, ya’ni badan ichida turli fe’1-ravishlar bo’lsa-da, biroq bularning hammasi yagona qudratning san’ati, ijodidan boshqa narsa emas.Agar peshtaxta (sandiq) nimaga ishora etadi, deb so’rasalar, odamizod qalbiga ishoradir, deb aytgil. Zero, qalb ajoyib sandiq bo’lib, odamning ahvoli, xislatlaridan nishona berib turadi».81 Demak, chodir va peshtaxta (sandiq) inson tashqi va ichki olamini ifodalovchi ramziy vositalar sifatida qo’g’irchoq teatrining falsafiy-estetik mohiyatining zuhuroti sanaladi.Qo’g’irchoqbozlarning repertuari rang-barang. Ularda, asosan, zulm va zo’rlik, hukmron tabaqa vakillarining noxush kirdikorlari, tovlamachi, ikkiyuzlamachi va munofiq kishilar hajv qilinadi. Shu bilan birga, qo’g’irchoqbozlar repertuarida xalq orasida ba’zan ertak, hajviya, hikoya va latifalar sujeti, qolaversa, mavjud hayot voqeligini aks ettiruvchi zamonaviy yangi pyesalar ham uchrab turadi. Ular yuksak g’oyaviyligi, o’tkir hajviy vazifani o’tashi bilan e’tiborni o’ziga tortib turadi. Yangi pyesalarda ham an’anaviy Kachal Polvon va uning xotini Bichaxonlar bosh obraz sifatida faoliyat ko’rsatmoqda. Bu esa, xalq komediyasining yozma adabiyotga ko’rsatayotgan samarali ta’siri natijasidir. Sh.Sa’dullaning «Kachal Polvon yoxud yog’och qo’g’irchoqning sarguzashtlari» ertak-qissasi va shu asosda yaratilgan multfilm buning yorqin dalili sanalishi mumkin.Qo’g’irchoq teatri jahon xalqlarining barchasida mavjud umumfolkloriy hodisadir. Har bir xalqning o’z milliy ruhiyatini ifodalovchi milliy qahramoni bor. Endilikda xalqona qo’g’irchoq teatrlari ham professional teatrlarga aylana bormoqda. Ular qo’g’irchoq teatrlari arboblarining xalqaro ittifoqi (UNIMA) atrofiga uyushganlar. UNIMAning esa hozirgacha XII kongressi va qator festivallari bo’lib o’tdi. Ularda qo’g’irchoq teatrlari taraqqiyotining o’ziga xos tamoyillari belgilanib, ijro mahoratini tobora takomillashtirish va tajriba almashtirishga qaratilgan tanlov — ko’riklar ijobiy natijalar bermoqda.Askiya. Askiya istilohi arabcha «zakiy» so’zidan olingan bo’lib, «so’zamol zakovatli, o’tkir zehnli» degan ma’nolarni anglatadi. Askiya istilohi «zakiy» so’zini ko’plik shaklida «azkiyo» deb qo’llashdan va keyinchalik talaffuzda «z» tovushining jarangsizlanishi oqibatida kelib chiqqan.Askiya - o’zbek folklorigagina xos jam. Bu jam boshqa xalqlar folklorida uchramaydi. Shu jihatiga ko’ra askiya o’zbek folklorining janrlar tizimida alohida diqqatni tortadi hamda o’zbek folklorining milliy o’ziga xos tarkibini belgilaydi. U, asosan, to’y-tomoshalarda, xalq yig’inlarida, sayllarda, bayramlarda, gap-gashtaklarda ijro etiladi.Askiya — so’zga chechan, hozirjavob, hazil-mutoyibaga moyil, zakovatli, topqir, badihago’y kishilar ma’naviy musobaqasidir. Shuning uchun askiya professional ijroga moslashgan. Askiya ijrochilari askiyaboz, askiyachi deb yuritiladi. Askiya aytishuvida har kirn ham ishtirok etavermaydi, chunki askiyachilikda so’z o’yiniga usta, so’z va jumlalardagi ko’chma ma’noni ilg’ab olishga qodir, hozirjavob, shama’ va piching qila bilish san’atkorligiga ega bo’lish talab etiladi. Zero, askiya so ‘z va jumlalardagi tagdor kesatiq, istehzo, piching, pisanda, mazax, shama’ va boshqa yumorga moyil rang-barang ko’chma ma’nolarni ilg’ab olib, unga munosib javob topa bilishdan iborat so ‘z о yini san ‘atidir.Askiya tarafma-taraf bo’lib ijro etishga asoslangan. Tarafma-taraf bo’lib askiya aytishni boshlagan askiyabozlarni tinglovchilar ommasi kuzatib turadi va tomonlardan qay biri mantiqli ilmoqli luqmasi bilan ustun kelsa, kulgi-qahqaha bilan ularni ma’qullab, chapak chalib, oiqishlab boradi. Shu xususiyati tufayli askiya tomonlar tortishuviga aylanib boradi.Askiyaning badiiy qurilishi tugallangan ikki fikrning bir-biriga qarshi qo’yilishidan tashkil topadi. Undagi har bir fikr o’ziga xos tugunga va yechimga ega bo’ladi. Qarshi qo’yilayotgan fikrlar o’zaro bir-birini inkor etishi yoki tasdiqlashi, yoxud kuchaytirishi kerak.Har bir askiya asosida satira va yumor teng yotadi. Chunki askiyada, albatta, ikki xil kulgi tug’iladi. Ya’ni tomonlardan biri yaramas illatlarni ochish uchun ramziy yoki ko’chma ma’nodagi so’z va iboralarni qo’Uaganda, zaharxanda (satirik kulgi) ko’tarilsa, shu paytda uning fikri qaratilgan ikkinchi tomondagi askiyachilardan biri noqulay holatga tushib qoladi. Bu kulgi - yengil, beg’ubor yumonstik kulgini tashkil etadi. Bunday kulgini hosil qilish uchun kinoya ishlatiladi, u yoki bu so’z, ibora kuchaytiribroq, bo’rttirib qo’llaniladi. Raqib tomon askiyachisi kulgili narsa yoki hodisalarga qiyoslanadi.Askiyaning har xil turlari mayjud. Shulardan eng keng tarqalgan, an’anaviylashgani payrovdir. Payrov — muayyan mavzu atroflda ijro etiladi. Masalan, mevalar nomi, kino nomlari, parranda, qushlar, fasllar, badiiy asarlar nomi payrovlarga mavzu qilib keltirilishi an’anaga aylangan. Download 42.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling