Internet provayderlari va ularning vazifalari. Internet provayder – Internet tarmog’i xizmatlarini taqdim etuvchi tashkilotdir. Hozirgi kunda Internet prvayderlarining ikki turi mavjud: Internetga ulanish va ulanish kanallarini taqdim etuvchi provayder va Internet xizmatlarini taqdim etuvchi provayder.
Internet xizmatlarini taqdim etuvchi provayderlar tomonidan www, elektron pochta, xosting (veb resurslarni joylashtirish) kabi Internet xizmatlari ko’rsatilmoqda. Internetga ulangan tarmoqlarni qurishda undagi kompyuterlarga beriladigan manzillar (IP manzil) provayder tomonidan taqdim etilgan oraliqdan tanlab olinadi.
Provayder tomonidan berilgan manzillarga ega bo’lmagan kompyuterlar mahalliy tarmoqlar uchun zahiralangan oraliqdagi manzillarga ega bo’lishi va mahalliy tarmoq kompyuterlar bilan ishlashi mumkin:
192.168.0.1 - 192.168.255.255
172.16.0.1 - 172.16.255.255
10.0.0.1 - 10.255.255.255
Xozirgi kunda O’zbekiston Respublikasi bir qancha Internet provayderlari xizmat ko’rsatmoqda, bular: UzNet, Sarkor Telecom, Sharq Telecom, TPS, ARS Inform, Cron Telecom va boshqalar.
Internet tarmog’i xizmatlari va ulardan foydalanish. Internet tarmog’i abonentlariga amaliy protokollar tomonidan taqdim etiluvchi funkstional imkoniyatlar quyidagilar: veb-xujjatlarni o’qish, elektron pochta, fayllarni uzatish va qabul qilish, muloqatda bo’lish, tarmoqda xujjatlarni saqlash va ular bilan ishlash. Foydalanuvchilar uchun quyidagi xizmatlar mavjud: tarmoqdan foydalanish, internet resurslarini yaratish, tashkiliy va axborot ta’minoti, tarmoqda reklamani joylashtirish.
Katta hajmdagi ma’lumotlarni saqlash va ularni masofadagi kompyuterlarga uzatish uchun xizmat qiluvchi internetning FTR (fayllarni uzatish protokoli) xizmatidan foydalanish mumkin. Bunda FTR serverda yangi papka yaratish, unga ma’lumotlarni joylashtirish va ularni qayta ko’chirib olish mumkin. WWW xizmatida masofadan suhbatlashish imkoniyatini yaratuvchi chat dasturlari, uzoq masofadagi do’stlar bilan suhbatlashishda telefon aloqasi o’rnini bosmoqda. Buning uchun internetga bog’langan kompyuterda tovush karnaylari hamda mikrofonlar bo’lishi kifoya.
Do'stlaringiz bilan baham: |