Reja: Internet xizmatlari Elektron pochta Forumlar Internet domen tizimi


Download 0.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/21
Sana04.02.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1166551
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
6-maruza.-Internet-texnologiyalari

Xalqaro internet forumlari 
• Internet forumlari alohida yo'nalishlarga ixtisoslashgan yoki umumiy 
bo'lishi mumkin. Ixtisoslashgan forumlarda faqatgina mo'ljallangan sohaga oid 
mavzular muhokama qilinadi, umumiy forumlarda esa ixtiyoriy mavzuni o'rtaga 
tashlash mumkin. 
• Ixtisoslashgan Internet forumlar: 
– meditsina 
– dasturlash texnologiyalari 
– dizayn va moda 
– kompyuter o'yinlari – transport vositalari 
– va x.k. 
Uforum.uz - milliy forumi 
• Uforum.uz – milliy forum hisoblanib, bunda Respublikamizning axborot 
texnologiyalari, ta'lim, madaniyat, moliya, sog'liqni saqlash sohalarida hamda 
davlat sektori va elektron hukumat tuzilmasida ro'y berayotgan masalalar 
muhokamasini o'z ichiga oladi. Quyidagi rasmda milliy forumning ta'lim sohasiga 
oid mavzulari tasvirlangan. 
 
Forumlarda ishtirok etish tartibi 
• Forumdan ro'yxatdan o'tish. Forum qoidalariga va O'zbekiston 
Respublikasi qonunlariga rioya qilish shart; 
• Forumdan ro'yxatdan o'tishda rasmiy shaxslar login uchun o'zlarining 
xaqiqiy ma'lumotlarini ism sharifi, shuningdek ish joyi va lavozim xam majburiy 
shartlarga kiradi; 
• Ma'lumotlarni kiritish bilan birga foydalanuvchi profil uchun avatar 
sifatida surat xam taqdim etishi lozim; 
• Ma'lumotlarini oshkor qilishni istamagan foydalanuvchilar esa o'zlari 
ma'qul deb topgan niklarni tanlashlari mumkin; 
• senzuraga oid so'zlashuv, xaqorat, fleym, offtop, spam va reklama 
ta'qiqlanadi; 
• Insonlar shaxsiyatiga tegadigan, O'zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasi 
va qonunlariga zid muhokamalar, resurslarga ishoratlar, fayllar va tasvirlar nashr 
qilish ta'qiqlanadi; 
• O'zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq tarzda faoliyat olib 
bormaydigan saytlarga ishorat joylash yoki shunday ma'lumotlarga ega bo'lgan 
saytlardan ma'lumot joylash ta'qiqlanadi. 

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling