Reja: Investitsiya faoliyatida risklar va ularning tasniflanishi
Download 138 Kb.
|
Hedjirlash – moliyaviy risklarni pasaytirish usuli sifatida.
Loyiha smeta qiymatining oshish riskiga quyidagilar sabab bo’lishi mumkin: loyihalash jarayonidagi xatolar, pudratchilarning resurslardan samarali foydalanishni ta’minlay olmasligi, loyihani amalga oshirish shartlarini o’zgarishi va boshq.
Qurilishni o’z vaqtida tugallanmaslik riskiga quyidagilar ta’sir ko’rsatadi: pudratchilarning o’z majburiyatlarini bajarmasliklari; tashqi shart-sharoitlarning o’zgarishi, qurilish ishlari muddatining cho’zilib ketishi natijasida qo’shimcha xarajatlar kelib chiqishi: kredit bo’yicha foizlarni hisoblash, narxlarning inflyatsiya natijasida o’sishi oqibatida ish va material qiymatining oshishi kabi qo’shimcha xarajatlarni keltirib chiqaradi. Bundan tashqari, bu risk natijasida kelgusidagi ob’ektga xom ashyo etkazib beruvchilar bilan va kelgusidagi loyiha mahsuloti iste’molchilari bilan shartnomaviy munosabatlar to’xtashi mumkin. Ish va ob’ekt sifatining pastligi riski pudratchilar majburiyatining buzilishi, loyixalashtirishdagi xatolar va boshqalar natijasida kelib chiqishi mumkin. Ob’ekt sifatining pastligi natijasida loyiha bo’yicha qo’shimcha investitsion harajatlar qilinishi kerak bo’ladi. Bu xarajatlar kamchiliklarni tuzatishga sarflanishi mumkin. Agar kamchilik saqlanib qoladigan bo’lsa, loyiha mahsulotini ishlab chiqarishga qo’shimcha xarajatlar qilish kerak bo’ladi. Konstruktsion va texnologik risk. Konstruktsion risk - bu investitsiya fazasidayoq loyihaning texnik amalga oshmaslik riskidir. Bu loyiha hujjatlarini ishlab chiquvchilarning xatolari, bu hujjatlarni ishlab chiqishda zarur bo’lgan ma’lumotlarni etarli yoki aniq emasligi natijasida ro’y berishi mumkin. Texnologik risk - bu ishlab chiqarish texnologiyalarining sanoat darajasida qo’llanilmasligi natijasida ma’lum texnik-iqtisodiy parametrlardan ob’ekt ekspluatatsiyasidagi cheklanishlar riski. Bunga ekspluatatsiya xarajatlarining oshishi, ekologik me’yorlarga mos kelmaslik kabilar ta’sir etadi. Ishlab chiqarish riski - bu ishlab chiqarish jarayonida kamchiliklarni yuzaga kelish riski. Bu ishlab chiqarish davomiyligining buzilishida, ob’ektning loyihaviy quvvatga erishmasligida, qo’shimcha ishlab chiqarish xarajatlarida namoyon buladi. Ishlab chiqarish riskining bir turi bu texnologik riskdir. Bu risklar ta’minotdagi uzilishlar, resurs zaxiralarining etishmasligi, xom ashyo sifatining pastligi, transport masalalari va boshqalar sabab kelib chiqadi. Ishlab chiqarish xarajatlarining yuqori darajasi xarajatlarni xato hisoblash, xom ashyo va boshqa resurlar miqdori va sifatiga ma’lum talablarni aniq emasligi natijasida bo’ladi. Boshqaruv riski - bu ishlab chiqarish riskining bir turi, boshqaruvchi shaxsning tajriba va malakasini etarli darajada emasligi natijasida ro’y beradi. Ayrim hollarda, boshqaruv riski deganda, loyiha faoliyatining barcha faza va bosqichlaridagi menejment darajasining pastligi va xatolari bilan bog’liq risklar tushuniladi. Sotish riski - bu loyiha mahsuloti sotish xajmining va shu mahsulot baxosining kamayish riskidir. Sotish riski bozor kon’yunkturasining o’zgarishi, marketing yoki baxo riski deb ham ataladi. Sotish riski, ayniqsa bahoni taxmin qilish ancha qiyin bo’lgan, yangi mahsulot ishlab chiqarish bilan bog’liq loyihalarda yuqori bo’ladi. Moliyaviy riski. Bu riskning loyiha faoliyatidagi asosiy turlari: a) kredit riski; b) valyuta riski; v) foiz stavkasini o’zgarish riskidir. Kredit riski - bu loyihani amalga oshirayotgan tashkilotning kreditor bankka kredit shartnomasi bo’yicha to’lov majburiyatlarini to’liq yoki umuman to’lay olmaslik riski. Bu risk asosan loyihani moliyalashtirishda loyihani kreditlovchi bankning riskidir. Valyuta riski - bu risk loyiha mahsuloti mahalliy bozorda sotilganda va xokimiyat mahsulotni milliy valyutada sotilishini talab qilayotgan paytda yuqori bo’ladi. Bu risk loyiha mahsulotini sotishdan olinadigan valyuta bilan kredit valyutasi bir xil bo’lmagan hollarda yuzaga keladi. Foiz stavkasining o’zgarish riski - bu risk kredit resurslari o’zgaruvchan stavkada qo’llanilganda ro’y beradi. Bunday resurslarni jalb qilishda loyihada qo’llanilgan kapital qiymatining oshishi va mahsulot rentabelligining kamayish xavflari mavjud bo’ladi. Mamlakat riski - bu tashqi loyiha risklariga tegishli bo’lib, uning mazmuni shundaki, loyiha amalga oshirilayotgan mamlakatning ijtimoiy-siyosiy jarayonlari va davlatning siyosati loyiha faoliyati uchun jiddiy qiyinchiliklar yaratishi va xatto loyihani barbod qilishi ham mumkin. Mamlakat riskining omillari: markaziy va mahalliy xokimiyatlarning harakati, urushlar, ish tashlashlar, terrorchilik harakatlari va boshqalar bo’lib, bular loyiha ishtirokchilari ta’siri doirasidan tashqarida bo’ladi. Davlatning siyosati bilan bog’liq mamlakat risklarini shartli ravishda ikkita guruhga bo’lish mumkin: siyosiy va iqtisodiy. Siyosiy mamlakat riski - hukumatning chet el investorlari va kreditorlari ishtirokidagi loyiha faoliyatini to’xtatish yoki cheklashga qaratilgan xarakati bilan bog’liq. Bularga foydani boshqa mamlakatga olib o’tishdagi ta’qiqlashlar va cheklashlar, chet el kapitali uchun avval yaratilgan imtiyozlardan mahrum qilish, kontseptsiya va litsenziyalarni qaytarib olish va boshqalar kiradi. Ma’muriy risklar - loyiha kompaniyalari va loyiha faoliyatining boshqa ishtirokchilarini davlat nazorat va tartibga solish boshqarmalaridan turli litsenziyalar, ruxsatlarni olishi bilan bog’liq. Litsenziyalar, ruxsatlar loyiha faoliyatining barcha faza va bosqichlarida talab qilinishi mumkin: loyiha hujjatlarini ishlab chiqishda, tenderlar o’tkazishda, mashina va asbob-uskunalarni etkazib berishda, qurilishda, dastlabki ishlar va ob’ektning ishga tushirilishida talab qilinadi. Litsenziyalar, ruxsatnomalar soni ayrim loyihalar bo’yicha juda ko’p bo’lishi mumkin: loyiha faoliyatining u yoki bu turi bilan shug’ullanish huquqini beruvchi, tabiiy resurslardan foydalanish, tabiiy resurslarni va valyutani chetga olib chiqish huquqini beruvchi litsenziyalar, ruxsatlar bo’lishi mumkin. Huquqiy risk - bu risk qaysidir darajada mamlakat, ma’muriy va boshqaruv risklari bilan bog’lik. Avvalo, bu risk kreditorning kafolat bermaslik va boshqa kredit bilan ta’minlashlar ehtimoli bilan bog’liq noaniqlik va ishonchsizligida namoyon bo’ladi. Bunday noaniqlik va ishonchsizlik sabablari quyidagilar bo’lishi mumkin: qonunlar majmuining va xalqaro huquq normalarining mukammal emasligi, huquqiy hujjatlar sifatining pastligi, sud mexanizmidagi kamchiliklar va boshqalar. Ayrim huquqiy risklar loyiha ishtirokchilari nazoratidan tashqarida bo’lib, ular mamlakat va siyosiy risklarga yaqin. Bundan boshqa huquqiy risklarni milliy qonunchilikni, xalqaro investitsion huquqlarni yaxshi biluvchi, shartnoma, kelishuvlar va boshqa loyihaning huquqiy hujjatlarida ishtirok etuvchi malakali huquqshunos maslahatchini jalb qilish bilan echish mumkin. Fors-major riski - loyixa faoliyatiga tegishli bo’lmagan tashqi risklardan biri bo’lib, unga er silkinishi, yong’inlar, suv toshqini, bo’ronlar va boshqa tabiiy hodisalar kiradi. Fors-majorga ayrim ijtimoiy va siyosiy tabiiy hodisalar ham kiradi: ish tashlashlar, inqiloblar, qo’zg’olonlar va boshqalar. Shunday yo’l bilan mamlakat riskining bir qismi fors-major riski sifatida namoyon bo’ladi. Download 138 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling