Reja: Investitsiya faoliyatida risklar va ularning tasniflanishi
Barqarorlikni tekshirish usulini amalga oshirish ketma-ketligi
Download 138 Kb.
|
Hedjirlash – moliyaviy risklarni pasaytirish usuli sifatida.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Masalaning echilishi quyidagicha amalga oshiriladi
Barqarorlikni tekshirish usulini amalga oshirish ketma-ketligi.
Masala. Quyida berilgan 1 va 2 loyiha ma’lumotlariga asoslanib, ularning barqarorligini tahlil qiling va eng samaralisini tanlang. Bunda ikkala loyiha uchun loyiha muddati – 5 yilni; loyihalarga qo’yilgan investitsiyalar – 100 ming AQSh dollarini; kapitalning bahosi – 10% ni tashkil etadi. Loyihani amalga oshirishda yillar bo’yicha pul tushumi bir xil summani tashkil etadi.
Masalaning echilishi quyidagicha amalga oshiriladi
formula bo’yicha variatsiya kattaligini topamiz. 1) Var (NPV) = NPVopt. - NPVpess.= 51,7- (-5,2) = 56,9(AQSh dollari) 2) Var (NPV) = NPVopt. - NPVpess.= 89,6- (-24,2) = 113,8(AQSh dollari) 4. Investitsiya risklarini pasaytirish yo’llari. Investitsiya loyihalarini amalga oshirishdagi alohida risklar ta’sirini yo’qotish yoki yumshatish uchun bir qancha yo’llardan foydalaniladi. 1. Riskdan qochish - risk bilan bog’liq tadbirlardan voz kechishni (demak, bunda foydadan ham voz kechishni) bildiradi. 2. Riskni ushlab qolish – investor zimmasiga riskni qoldirish, bunda investor o’z kapitalini riskli tadbirlarga yo’naltirayotganda, risklardan ko’riladigan zararlarni qoplash uchun mablag’i bo’lishi kerak. 3. Riskni uzatish (sug’urtalash) – investor risk havfini kimningdir zimmasiga yuklaydi. Riskni sug’urtalash, mantiqan olganda, muayyan risklarni sug’urta kompaniyalariga berishni anglatadi. Uning mohiyati investorning riskdan qutilish maqsadida daromadning bir qismidan voz kechish orqali aks ettiriladi. Bunda investorning risk darajasini “nol”ga tushirish uchun to’lovni amalga oshirishga tayyor ekanligini tushunish mumkin. Ko’p hollarda, sug’urta kompaniyalari moliyaviy risklarni sug’urtalash bilan risk darajasini pasaytirishga to’liq erishishiga xizmat qiladilar. 4. Riskni pasaytirish - ko’zda tutilmagan xarajatlarni qoplash uchun zahira mablag’larini tashkil etish yo’li bilan yo’qotishlar hajmini qisqartirish hisoblanadi. Ko’zda tutilmagan xarajatlarni qoplash uchun zahira mablag’larini tashkil etishdagi asosiy muammo risklarning jiddiy oqibatlarini baholash hisoblanadi. Buning uchun loyiha qiymatini boshlang’ich baholashni hisobga olish lozim. Bu esa zahira summasini aniqlashga katta yordam beradi. Riskni pasaytirishning aniq vositasini tanlashda investor quyidagi tamoyillarga asoslansa, maqsadga muvofiq bo’ladi: - ortiqcha tavakkal qilish kerak emas; - risk oqibatlari to’g’risida o’ylash lozim; - kam narsa uchun risk qilish kerak emas. Asosiy adabiyotlar 1.Vaxobov A.V., Xojibakiev Sh.X., Mo’minov N.G. “Xorijiy investitsiyalar”. O’quv qo’llanma.- T.: Moliya, 2010.-328 b. 2.Вахабов А.В., Разыкова Г.Х., Хажибакиев Ш.Х. Иностранные инвестиции и модернизация национальной экономики. Монография. Т.: Молия, 2011.-300 с. 3.Bekmurodov A.Sh., Karrieva Ya.K., Ne’matov I.U., Nabiev D.H., Kattaev N.T. Xorijiy investitsiyalar. O’quv qo’llanma. –T.:Iqtisodiyot, 2010.-166 b. 4.Mamatov B., Xujamkulov D., Nurbekov O. Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish. Darslik. – T.: Iqtisod-Moliya, 2014. – 608 b. 5.Kayumov R.I., Xojimatov R.X. Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish: Darslik. - T.: TDIU, 2010. - 496 b. 6.Karlibaeva R. Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish: O’quv qo’llanma. - T.: Cho’lpon, 2011.-124 b. 7.Raimjonova M.A. O’zbekistonda erkin iqtisodiy hududlarga investitsiyalarni jalb qilish: nazariy asoslari, hozirgi holati va istiqbollari. T.: “Extremum-press”, 2013.-176 b. 8.Toshov O. Investitsion faoliyatni moliyalashtirishni takomillashtirish. T.: “Akademnashr”, 2012.-165 b. 9.Хазанович Э.С. Иностранные инвестиции: Учебное пособие/ Э.С.Хазанович.2-е изд., стер.-М.:КНОРУС, 2011.-312с. 10Xashimov A.A., Madjidov Sh.A., Muminova N.M. Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish. Darslik. - T.: Sharq matbaa nashriyot uyi, 2014.-208 b. 11.Шевчук Д.А. Организация и финансирование инвестиций. -Ростов на Дону.: Феникс, 2006.-272 с. 12.Сергеев И.В., Веретенникова И.И. Организация и финансирование инвестиций. Учебное пособие. – М.: Финансы и статистика, 2001. – 272 с. Download 138 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling