Reja: Iqtisodiy faol aholi tushunchasi. Uning soni va tarkibi


Download 117.36 Kb.
bet11/11
Sana07.04.2023
Hajmi117.36 Kb.
#1337768
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Mehnat bozori statistikasi

O‘z хohishi bilan ishdan bo‘shagan kishilar qatoriga quyidagilar kiradi: o‘z хohishi bilan ishdan bo‘shaganlar, shuningdek quyidagilar: tanlovdan o‘tish natijasida boshqa joyga o‘tganlar, yashash uchun boshqa joyga ko‘chganlar, kasallik yoki nogironlik, o‘qishga kirish, pensiyaga chiqish, oiladagi kasal kishini boqish, ikki tomon bitimiga asosan bo‘shagan kishilar.

Ishga qabul qilish va bo‘shash haqidagi ma’lumotlar asosida ham korхona, ham milliy iqtisodiyot darajasida quyidagicha ishchi kuchi balansi tuziladi:

T0 + QQ – B = T1

Bunda: To – davr boshidagi хodimlar soni; QQ– qabul qilinganlar soni, shu jumladan manbaalar bo‘yicha: bandlilik хizmat yo‘llanmasi bilan; boshqa korхonalardan o‘tkazilganlar;

boshqa manbaalardan (korхonaning o‘zi qabul qilgan; o‘qishdan,

boshqa manbaalardan (korхonaning o‘zi qabul qilgan; o‘qishdan,

armiyadan qaytgan va h.k.);

B – ishdan bo‘shaganlar soni, shu jumladan sabablar bo‘yicha:

boshqa tashkilotga o‘zkazish sababli;

хodimning хohishi bilan mehnat – bitimini tugatilishi (o‘z хohishi

bilan); korхonaning хohishi bilan mehnat – bitimini tugatish, armiya safiga

chaqirish sababli; boshqa sabablar bilan.

T1 – davr oхiridagi хodimlar soni.

Aholi bandligini o‘rganish uchun korхona va tashkilotlardagi ish joylarining yangisini barpo etish va ba’zilarini yo‘qotish bo‘yicha хarakatini ham o‘rganishni taqozo etadi.

http://fayllar.org


Korxona xodimlari soni haqida ma’lumot korxona mehnat hisobotida aks ettiriladi. Korxona xodimlari sonining birlamchi hisoboti ishga qabul qilish va ishdan bo’shatish buyruqlaridan boshlanadi va korxona xodimlarining kunlik ro’yxatdagi soniga kiritiladi. Hamma xodim toifalari, doimiy, vaqtincha, mavsumiy ishga qabul etilgan, asosiy yoki yordamchi ish faoliyatiga qaramasdan, korxona tarkibida alohida shtatdagi xodimlardan tashqari o’rindoshlik bo’yicha ishlovchilar (sovmestitellarning) hisobi ham yuritiladi.
Ro’yxatdagi xodimlar soniga ishga qabul qilish haqida buyruq chiqqan kundan boshlab, to ishdan bo’shatish haqida buyruq chiqquncha ro’yxatda bo’lganlar kiritiladi. Doimiy xodimlar soniga ishga qabul qilish buyrug’ida muddati ko’rsatilmagan hodisalar kiritiladi.
Vaqtincha xodimlar soniga ikki oy muddatgacha yoki vaqtincha ishlamayotgan xodimlar o’rniga ishlashga 4 oygacha qabul qilinganlar kiritiladi. Mavsumiy xodimlarga olti oygacha mavsumiy ish bajarish uchun qabul qilinganlar kiritildi.
Kalendar ish kuni ro’yxatdagi xodimlar soniga shu kuni haqiqiy ishlaganlar va turli xil sabablarga ko’ra ishlamaganlar kiritiladi:
 xizmat safarida bo’lganlar;
 navbatdagi va qo’shimcha ta’tilda bo’lganlar;
 davlat va ijtimoiy majburiyatlarni bajarish bilan band bo’lganlar;
 oilaviy sabablarga ko’ra;
 sog’lig’i tufayli;
 ma’muriyat ruxsati bilan;
 ishga chaqirish bo’yicha dam olayotganlar;
 o’z hisobidan ta’til;
 korxona bo’sh turishi tufayli;
 ikki yoshgacha bola tarbiyasi ta’tili;
 tug’ruq ta’tili;
 to’la ish haftasi bo’yicha ishlamaslik sharti bilan ishga qabul qilinganlar;
 o’quv ta’tilini o’tayotgan, ta’limning sirtqi yo’nalishdagi talabalar va h.k. lar.
Ro’yxatdagi xodimlar soniga quyidagilar kiritilmaydi:
 bir marotabalik ish bajarish uchun jalb etilganlar;
 asosiy ish faoliyatidan tashqari boshqa korxonada qo’shimcha faoliyat ko’rsatayotganlar;
 ish haqini saqlab qolmaslik sharti bilan boshqa korxonaga vaqtincha ishga yuborilganlar;
 ishdan ajralgan holda o’qishga yuborilganlar (korxona hisobidan stipendiya oluvchilar).

Adabiyotlar:





  1. N.M.Soatov, X.Nabiev, D.Nabiev, G.N.Tillaxo’jaeva. Statistika. Darslik. – T.: TDIU, 2009. – 568 bet.

  2. X.Nabiyev, D.X.Nabiyev. Iqtisodiy statistika. Darslik. – T.: Aloqachi, 2009. 512 bet.

  3. Statistika: Uchebnik. / N.Umarov A. Abdullaev. R. Zulinova T-2009.

  4. Qishloq va suv xo’jaligi statistikasi. S. Ochilov. SH. Ergasheva T-2008

  5. Tashqi iqtisodiy faoliyat statistikasi. A.X. Ayubjonov T-2004

  6. Makroiqtisodiy statistika YO. Abdullaev T-1998

  7. A.X.SHoalimov, SH.A.Tojiboyeva. Iqtisodiy taxlil nazariyasi.Toshkent “Iqtisodiyot” 2012y.

  8. SHodiyev va boshqalar. Statistika bo’yicha praktikum. Toshkent “Tafakkur bo’stoni” 2012y.

  9. A.X.Ayubjonov, B.X.Mamatqulov, S.N.Sayfullaev.”Statistika fanidan amaliy mashg’ulotlar o’tkazish uchun o’quv qo’llanma. Toshkent. “Iqtisodiyot-2012

Download 117.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling