Reja: Iqtisodiy potensial tushunchasi va uning tarkibi


 Agrosanoat majmuasi potensiali


Download 157.24 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana22.02.2023
Hajmi157.24 Kb.
#1220973
1   2   3   4
Bog'liq
ZAYLOBIDDINOVA F

3. Agrosanoat majmuasi potensiali.  
  


Agrosanoat majmuasi potensiali, tushunchasi agrosanoat majmuasi tarkibiga 
kiruvchi tarmoqlar to‘plamining quvvati, ya‘ni ishlab chiqarish, qayta ishlash, 
saqlash, mahsulotlarni axoliga va iste‘molchi tarmoqlarga ilmiy asoslangan
hajmlarda yetkazib berish va sotishni ifodalaydi.
Agrosanoat majmuasi tarmoqlari tarkibiga qishloq xo‘jaligi, oziqovqat, 
go‘sht, sut, mikrobiologiya, un va yem- xashak sanoatlari, traktorchilik va qishloq
xo‘jaligi mashinasozligi, chorvachilik va yem – xashak mashinasozligi,
sanoatning oziq-ovqat soxasi, mineral – o‘gitlar va o‘simliklarni muxofaza
qiluvchi kimyoviy moddalar ishlab chiqarish hamda savdo tashkilotlari va
korxonalari, tayyorlov va iste‘mol shirkatlari kiradi.
Qishloq xo‘jaligining rivojlanishi, ya‘ni yer, suv va o‘rmon resusrlaridan
samarali foydalanish, malakali kadrlar tayyorlash, qishloq xo‘jaligi ishlab 
chiqarishini sanoatlashtirish mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishiga katta ta‘sir
ko‘rsatadi.
Agrosanoat majmuasining mavjud potensialidan samrali foydalanish
uchun boshqaruvning yangi usullarini ishlab chiqish hamda xalq xo‘jaligining
ichki sohalari bo‘lgan iste‘mol mahsulotlarini ishlab chiqaradigan, qayta
tayyorlaydigan va yetkazib beradigan sohalari rejalashtirish zarur.
Agrosanoat majmuasi rivojlanishini muhim darajada jadallashtirish yer, 
suv va o‘rmon resurslari potensialidan samarali ravishda foydalanishga bogliq.
Lekin bu jarayonda iqtisodiy tomondan juda muhim bulgan masala yotadi, ya‘ni 
o‘rab turgan tabiatni saqlash, suv resusrlaridan oqilona foydalanish, ular
ifloslanishi va tugashining oldini olish zarur.
  
4.Ijtimoiy rivojlanish potensiali.  
  
Ijtimoiy rivojlanish potensiali o‘z ichiga noishlab chiqarish tarmoqlariga
mansub har xil turdagi ijtimoiy faoliyat, bino va qurollanish, ishchilarning u yoki 
bu ma‘muriy-iqtisodiy ob‘ekt aholisi hayot faoliyatini ta‘minlovchi korxona va
muassasalar yig‗indisini qamrab oladi.


 Ijtimoiy rivojlanish potensiali ishlab chiqarish sohasida band bo‘lgan
ishchilarning, oila va maishiy, madaniy, ijtimoiy, siyosiy hayot sohalarida band
bo‘lganlarning samarali turmush foaliyatini ta‘minlaydigan ijtimoiy
infratuzilmaning rivojlanish darajasi bilan belgilanadi.
Ijtimoiy rivojlanish potensialining tarkibiga shunaqa tarmoqlar potensiali
kiradiki, bular sogliqni saqlash, madaniyat va san‘at, sport, turizm, umumiy va 
kasbiy ta‘lim, kadrlar tayyorlash, xizmatlar sohasi va boshqalar. Ijtimoiy
infratuzilmaning xarakterli belgilaridan biri uning moddiy mahsulot va
mamlakat milliy daromadi, sanoat va qishloq xo‘jaligi korxonalari ishi 
samarasiga ahamiyatli ta‘sir ko‘rsatishi hisoblanadi.
Ijtimoiy rivojlanish potensiali mehnat va moddiy reusurlar hajmi, kadrlar, 
muhandis, texnik va xizmatchilarning kasbiy tayyorgarlik sifati hamda xalqning 
farovonlik darajasi bilan belgilanadi.

Download 157.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling