Reja: Iqtisodiy potensial tushunchasi va uning tarkibi


 Ilmiy-texnikaviy va sanoat – ishlab chiqarish potensiali


Download 157.24 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana22.02.2023
Hajmi157.24 Kb.
#1220973
1   2   3   4
Bog'liq
ZAYLOBIDDINOVA F

  
2. Ilmiy-texnikaviy va sanoat – ishlab chiqarish potensiali.  
Ilmiy-texnikaviy potensial deganda fan va fan sohalariga xizmat qiladigan 
mehnat, moddiy va moliyaviy resurslar yigindisi, umumiy, tabiiy, texnikaviy 
fanlarda to‘plangan bilimlar hamda mamlakat ega bo‘lgan va ilmiy- texnikaviy 


yutuqlarni amaliyotiga joriy qilish va foydalanish mumkin bo‘lgan ishlab chiqarish 
tajribasi tushuniladi.
Ilmiy-texnikaviy potensialda faoliyat sohasini belgilaydigan axborotlarni 
to‘plash, qayta ishlash va yetkazish bilan bog‗liq, xalq xo‘jaligining faoliyat 
ko‘rsatishiga zarur bo‘lgan axborot potensiali muhim rol o‘ynaydi.
Ilmiy-texnikaviy potensialning asosiy qismi jamiyat ega bo‘lgan ilmiy – 
texnikaviy bilimlar yig‗indisi sanaladi, chunki ularga asoslangan holda xalq 
xo‘jaligi strukturasida muhim, sifatli siljishlarga, iqtisodiyotning rivojlanish 
sur‘atlarini tezlashtirishga erishish mumkin. Ilmiy-texnikaviy potensialni 
xarakterlantiruvchi kuchlar sifatida quydagilarni sanab o‘tish mumkin: ilmiy 
qidiruv, ilmiy- texnikaviy va ishlab chiqarish qarorlari.
Bular bilimni yaratadilar va chuqurlashtiradilar, ishlab chiqarish tajribasini 
sistema holiga keltiradilar va rivojlantiradilar, yangi turdagi mehnat vositalari, 
mehnat predmetlari va iste‘mol predmetlari ko‘rinishida ishlab chiqarish sohasiga 
zamonaviy ilmiy-texnikaviy inqilob yutuqlarini moddiylashtiradilar hamda mavjud 
bilim va tajribalarni qo‘llaydilar.
Sanoat ishlab chiqarish potensiali moddiy ishlab chiqarish sohalari, qurilish 
sanoati, transport va aloqa, mehnat resurslari, ishlab chiqarish quvvatining 
yig‗indisini ifodalaydi.
Sanoat ishlab chiqarish potensialining asosiga asosiy fondlar va mehnat 
resurslari kiradi. Sanoat ishlab chiqarish potensialini oziq-ovqat majmui va 
ijtimoiy infratuzilma potensiallari bilan yaxlit aloqada bo‘lishini ko‘rsatish zarur.
Sanoat ishlab chiqarish potensiali zamonviy bosqichida rivojlanishining 
asosiy omillaridan biri sanoat ishlab chiqarishining mehnat resurslari bilan 
ta‘minlanganligi hisoblanadi.
Sanoat ishlab chiqarish potensialining quvvatini belgilovchi asosiy mezon – 
bu, korxonalar soni hisoblanadi.

Download 157.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling