Reja: Iqtisodiy potensial tushunchasi va uning tarkibi


Download 157.24 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana22.02.2023
Hajmi157.24 Kb.
#1220973
  1   2   3   4
Bog'liq
ZAYLOBIDDINOVA F



Milliy iqtisodiyotning iqtisodiy potensiali – iqtisodiy 
va ijtimoiy prognozlashning bazasi 
Reja: 
1. Iqtisodiy potensial tushunchasi va uning tarkibi. 
2. Ilmiy-texnikaviy va sanoat – ishlab chiqarish potensiali.
3. Agrosanoat majmuasi potensiali.
4.Ijtimoiy rivojlanish potensiali.
  
 
 


1. Iqtisodiy potensial tushunchasi va uning tarkibi. 
«Potensial» atamasi lotincha so‘z bo‘lib «kuch» ma‘nosini bildiradi. Hozirgi 
vaziyatda u biron maqsadga erishish uchun qo‘llaniladigan manbalar, qulayliklar, 
vaziyatlar, zaxiralar ma‘nosini ifodalaydi. Bu yerda davlatning maqsadlari orqali 
xalqning yuqori moddiy va madaniy turmush darajasiga erishish masalalari ko‘zda 
tutilgan.
Iqtisodiy potensial deganda xalq xo‘jaligidagi sanoat tarmogining jami 
ishlab chiqarish imkoniyati, qishloq xo‘jaligi maxsulotlari, kapital qurilishlarini 
amalga oshirish, yuk tashish, aholiga xizmat ko‘rsatish va boshqalar tushuniladi.
Iqtisodiy potensialni belgilovchi asosiy omillar bo‘lib mavjud mehnat 
resurslari, sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilishning ishlab chiqarish kuchi, mamlakat 
transport tizimining rivoji, ijtimoiy infratuzilma, ilmiy-tehnikaviy taraqqiyot 
yutuqlari hisoblanadi. Iqtisodiy bilimlarda iqtisodiy potensialni baholash uchun 
quyidagi ko‘rsatkichlar qo‘llaniladi: mehnat resurslari hajmi, asosiy ishlab 
chiqarish va noishlab chiqarish fondlari, yalpi ijtimoiy fondlar, yalpi ijtimoiy 
mahsulot, milliy daromad, ishlab chiqarish kuchlari hajmi, sanoat mahsulotlari 
ishlab chiqarishi hajmi, qishloq mahsulotlari hajmi, ijtimoiy mahsulot, sanoat va 
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining mutlaq o‘sishi, energetika, suv hajmi yana bir 
qator ko‘rsatkichlar.. Mamlakatning iqtisodiy potensiali o‘zaro bog‗liq potensiallar 
bilan xarakterlanadi: ilmiy-texnikaviy, ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi va 
boshqalar, bulardan har biri xalq xo‘jaligida sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish 
mahsulotlari ishlab chiqariladigan sohalar yig‗indisi bilan belgilanadi. Iqtisodiy 
potensial iqtisodiy tarmoqlarning mutlaq ishlab chiqarish qobilyatiga va ulardan 
foydalanish darajasiga bog‗liq. Rivojlangan ishlab chiqarish kuchlari va kapital 
boyligi ko‘p bo‘lgan katta davlatlar yuqori darajali iqtisodiy potensialga ega.

Download 157.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling