Reja: Iqtisodiyotda innovatsiyaning tutgan o’rni


«Innovatsiyalar darajasi qancha yuqori bo‘lsa, YaIM ko‘rsatkichlari ham shuncha baland bo‘ladi»


Download 53.24 Kb.
bet7/8
Sana03.02.2023
Hajmi53.24 Kb.
#1153861
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Raxmiddinov Zuhriddin

«Innovatsiyalar darajasi qancha yuqori bo‘lsa, YaIM ko‘rsatkichlari ham shuncha baland bo‘ladi»
Innovatsion rivojlanishning global indeksi mamlakatdagi innovatsion salohiyatni tahlil qilish uchun dastlabki bosilgan qadam bo‘ldi. Innovatsiyalarning global indeksi (The Global Innovation Index), bu – innovatsiyalar rivojlanganligi darajasiga oid ko‘rsatkich bo‘yicha global tadqiqot va unga hamrohlik qiluvchi jahon davlatlari reytingi. Indeks 81ta ko‘rsatkichdan iborat bo‘lib, ular iqtisodiy rivojlanishning turli darajalarida bo‘lgan dunyo davlatlarining innovatsion rivojlanganligini batafsil ta’riflaydi.
Innovatsion rivojlantirish bo‘yicha vazir o‘rinbosari Azimjon Nazarovning ta’kidlashicha, ushbu reytingda O‘zbekiston pozitsiyalarini o‘rganish asosida takomillashtirish zarur bo‘lgan sohalar aniqlandi. Ularning orasidan ta’lim tizimini takomillashtirish va inson kapitalini rivojlantirish; fan, ixtirolar va texnologiyalari transferini rivojlantirish; innovatsion faoliyatni moliyalashtirish tizimini takomillashtirish; raqobatni rivojlantirish va ma’muriy to‘siqlarni qisqartirish; infratuzilma va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish kabi yo‘nalishlar joy olgan.
Olingan ma’lumotlar asosida ishlab chiqilgan Innovatsion rivojlanish strategiyasining asosiy yo‘nalishlari tadbir chog‘ida taqdim etildi. Spikerning qayd etishicha, Strategiyaning vazifasi – keng ko‘lamli bo‘lib, mamlakatning jahon maydonidagi raqobatbardoshligini va innovatsion taraqqiyoti darajasini belgilab beradigan inson kapitalini rivojlantirishdan iboratdir.
Innovatsion mahsulotlarni rivojlantirish uchun innovatsion yechimlar iste’molchisini shakllantirish zarur
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari bo‘yicha qo‘mitasi raisi Ilxom Abdullayev innovatsion yechimlar iste’molini rag‘batlantirish zaruratiga e’tibor qaratib, rag‘batlantirish shakllarini qonun loyihasiga kiritishni hamda ilm-fan sohasini soliqlardan ozod etish masalasini ko‘rib chiqishni taklif qildi. O‘qitishdan ko‘zlanadigan maqsad bu davlat ta’lim standartlarida belgilangan bilim va ko‘nikmalarini o‘quvchiga yetkazishdan iborat. Qachonki o‘quvchi tomonidan bilim qabul qilinsa va tushunib yetilsa yoki o‘quvchi malaka oshirish uchun mo‘ljallangan topshiriqlarni amalda namoyish etib bera olsagina, o‘qitish muvaffaqiyatli kechdi, deb hisoblasa bo‘ladi.
Ma’lumki, ta’lim olish (ma’lumot olish) jarayoni – bu ma’naviy va aqliy qobiliyatlarni tizimli rivojlantirib borish, bilim va tushunchalarni shakllantirish va olingan bilimdan foydalana olish qobiliyatini tarkib toptirishdan iborat jarayondir. Bu jarayon ta’lim oluvchining o‘zi orqali yoki boshqa birov- ta’lim beruvchining ko‘magida amalga oshirilishi mumkin. Ta’lim olish jarayoni esa turli xil metodlarga(usullarga) tayangan holda kechadi.

Download 53.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling