Reja: Iqtisodiyotda innovatsiyaning tutgan o’rni


Dasturlash – innovatsion ta’lim klasteri


Download 53.24 Kb.
bet6/8
Sana03.02.2023
Hajmi53.24 Kb.
#1153861
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Raxmiddinov Zuhriddin

4. Dasturlash – innovatsion ta’lim klasteri
Klaster (ing. Cluster – klaster, (1) cho‘tka, dasta; (2) to‘plash) – ma’lum xususiyatlarga ega mustaqil birlik sifatida ko‘rib chiqilishi mumkin bo‘lgan bir hil elementlarning birlashmasi.
Klaster tizimi har biri alohida faoliyat olib boradigan subektlarni umumiy maqsad atrofida birlashtiradi va ayni paytda har bir subekt umumiy maqsaddan kelib chiqqan holda xususiy manfaatdorlik asosida ish yuritadi. Klaster tizimi subektlari bir-birini qo‘llab-quvvatlaydi va nazorat qiladi, har biri alohida klasterning ma’naviy va intellektual maydonini yaratadi, ijtimoiy ta’siri hamda ahamiyatini kengaytiradi.
Ta’lim klasteri deganda mintaqa va munitsipalitetlarning ustuvor ijtimoiy-iqtisodiy sohalarini rivojlantirishi, yosh avlodni intellektula rivojlantirish manfaatlarini ko‘zlab, o‘quv jarayoni sifatini oshirishga qaratilgan ta’lim tashkilotlari tarmog‘ining tizimi tushuniladi. Shu jumladan ta’lim klasteri, qoida tariqasida, hududning fundamental ilmiy va ilmiy-amaliy ishlanmalar, o‘quv loyihalari, yangi texnologiyalar va texnikalar, ilmiy mahsulotlarni loyihalash va ishlab chiqarish doirasida birlashtirish va muammolarni hal qilishga yordam beradi.
Pedagogik ta’lim innovasion klasteri aloqadorlik, uzviylik, izchillik, vorisiylik, zamonaviylik, yo‘naltirilganlik, manfaatdorlik tamoyillariga asoslanadi.
Pedagogik ta’lim klasterni rivojlantirish va uning rivojlanish dasturini amalga oshirishni ta’minlaydigan texnologik va infratuzilmasi obektlari, ta’lim muassasalari va boshqa tashkilotlar klaster infiratuzilmasi hisoblanadi. Ushbu tuzilmaga viloyat xalq ta’limi boshqarmasi, tuman, shahar xalq ta’limi bo‘limlari hamda idoraviy mansub boshqa muassasalar, korxonalar va tashkilotlar jalb qilindi. Shu bilan birgalikda institutning professor-o‘qituvchilari va talabalari tomonidan barcha hududlarda o‘quv seminarlari, davra suhbatlari on-layn platformada tashkil etiladi.
Yaratilgan innovasion tizimni vazifalaridan biri viloyatdagi ta’lim muassasalari uchun zamonaviy bilim berish va malakaga ega pedagog kadrlarga ko‘maklashishdir. Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun tajriba tariqasida viloyat umumta’lim maktablari Informatika o‘qituvchilari tanlab olindi.Institut masofaviy ta’lim tizimi ichida “Informatika va axborot texnologiyalari hududiy klasteri” platformasi yaratildi. Umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchi va o‘quvchilari uchun on-layn tarzda alohida o‘quv kurslari, olimpiada va tanlovlar tashkil etildi. Shuningdek, platformada sohaga doir elektron kutubxona va axborotlar bazasi tashkil etildi.
Hozirda zamonaviy axborot texnologiyalari barcha sohalarni rivojlanishiga samarali ta’sir etuvchi eng muhim omillardan biri hisoblanadi. Shu bois viloyatda pedagogik ta’lim innovasion klasteri joriy etish va rivojini ta’minlash maqsadda jarayonda zamonaviy axborot texnologiyalari xususan internet tarmog‘idan samarali foydalanish lozimdir.
Shuni ta’kidlash joizki, klaster a’zolarini bir maqsadda global tarmoq orqali tashkil qilingan platformada ma’lumotlar almashish, manbalarni boyitib borish orqali boshqa a’zolar ma’lumotlari bilan tanishadi va fikr bildirishadi, natijada klaster obekt va subektlari o‘rtasidagi zanjir vujudga keladi.
O‘zbekiston 2030 yilda dunyodagi 50ta innovatsion iqtisodiyot qatoridan o‘rin olishni rejalashtirmoqda – ushbu vazifa yaqinda qabul qilingan va ishlab chiqilishi jarayonida BMTTD ishtirok etgan mamlakatni innovatsion rivojlantirish strategiyasida qayd etilgan. Xususan, Toshkentda bo‘lib o‘tgan «O‘zbekiston iqtisodiyotini innovatsion rivojlantirish: xorijiy tajriba, trendlar va istiqbollar» nomli ilmiy-amaliy anjumandagi muhokamalarda ham strategiyaning asosiy vazifalari va O‘zbekistonda innovatsion iqtisodiyotni rivojlantirish yo‘llari asosiy mavzuga aylandi.

Download 53.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling