Reja: Ish haqining mohiyati va uning shakllanishi


-modda. Xodim vafot etgan kunga qadar olinmagan ish haqini berish


Download 35.11 Kb.
bet8/11
Sana20.09.2023
Hajmi35.11 Kb.
#1681801
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
13-Mavzu. Ish haqini tashkil etish va uni isloh qilish

255-modda. Xodim vafot etgan kunga qadar olinmagan ish haqini berish
Xodim vafot etgan kunga qadar olinmagan ish haqi uning oila a’zolariga yoki xodim vafot etgan kunda marhumning qaramog‘ida bo‘lgan shaxsga beriladi. Ish haqini to‘lash ish beruvchiga tegishli ariza, xodimning vafot etganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning ko‘chirma nusxasi berilgan hamda uning asl nusxasi taqdim etilgan kundan e’tiboran yetti kundan kechiktirmay amalga oshiriladi.
256-modda. Ish haqini to‘lash shakllari va joyi
Ish haqi milliy valyutada (so‘mda) to‘lanadi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan qoidalardan istisnolar qonunchilikda belgilanishi mumkin.
Ish haqini qarz majburiyatlari, tilxatlar, kuponlar tarzida to‘lash taqiqlanadi.
Mehnatga natura shaklida haq to‘lash taqiqlanadi, bundan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan hollar mustasno.
Xodimga ish haqini to‘lash, qoida tariqasida, bevosita u ishni bajargan joyda amalga oshiriladi.
Xodimning yozma roziligi bilan ish haqini yoki uning bir qismini bank muassasalari yoki pochta bo‘limlari orqali to‘lashga yo‘l qo‘yilib, ularning xizmatlari uchun ish beruvchining hisobidan haq to‘lanadi.
Agar xodim ish haqi to‘lanadigan kuni ish beruvchining topshirig‘ini ish joyidan tashqarida (xizmat safarida, malaka oshirish kurslarida bo‘lsa va boshqalar) bajarayotgan bo‘lsa, xodimning iltimosiga ko‘ra ish beruvchi xodimga tegishli ish haqini o‘z hisobidan yuborishi yoki xodimning ishonchli shaxsiga to‘lashi shart.
257-modda. O‘rtacha ish haqi va uni hisoblab chiqarish tartibi
Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan barcha hollar uchun o‘rtacha ish haqi u hisoblanadigan oydan oldingi o‘n ikki oyni tashkil etuvchi hisob-kitob davri yoxud agar xodim o‘n ikki oydan kam ishlagan bo‘lsa, amalda ishlangan davr uchun xodimga hisoblangan ish haqidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Bunda tegishli oyning 1-kunidan 30 (31)-kuniga qadar (fevralda — 28 (29)-kunga qadar) bo‘lgan davr oxirgi kunni ham qo‘shganda kalendar oy deb hisoblanadi.
O‘rtacha ish haqini hisoblab chiqarish uchun xodimga hisoblangan ish haqining tarkibiga soliq to‘g‘risidagi qonunchilikda nazarda tutilgan, soliq solinishi lozim bo‘lgan, ish beruvchi tomonidan haqiqatda amalga oshirilgan to‘lovlarning barcha turlari kiritiladi.
Mehnatga haq to‘lashning vaqtbay tizimidagi xodimlarning o‘rtacha ish haqi xodimning o‘rtacha ish haqi saqlanib qoladigan oydan oldingi oxirgi kalendar oy uchun tarif stavkasi (lavozim maoshi) miqdoridan kelib chiqib, xodimning o‘rtacha ish haqi saqlanib qoladigan oydan oldingi o‘n ikki kalendar oy uchun ustamalar, mukofotlar va boshqa to‘lovlar (ushbu Kodeks 248-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan ish haqining qo‘shimcha qismi) summasining o‘n ikkidan bir qismi o‘rtacha ish haqiga jamlangan holda belgilanadi.
Mehnatga haq to‘lashning ishbay tizimidagi xodimlarning o‘rtacha ish haqi xodimning o‘rtacha ish haqi saqlanib qoladigan oydan oldingi kalendar oy uchun ishbay baholar bo‘yicha haqiqatda hisoblangan ish haqidan kelib chiqib, xodimning o‘rtacha ish haqi saqlanib qoladigan oydan oldingi o‘n ikki kalendar oy uchun ustamalar, mukofotlar va boshqa to‘lovlar (ushbu Kodeks 248-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan ish haqining qo‘shimcha qismi) summasining o‘n ikkidan bir qismi o‘rtacha ish haqiga jamlangan holda belgilanadi.
Mehnatga haq to‘lashning tarifsiz tizimlarida xodimlarning o‘rtacha ish haqi qonunchilikda belgilangan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan kelib chiqib, qonunchilikda belgilangan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan oshadigan barcha to‘lovlarning o‘n ikkidan bir qismi o‘rtacha ish haqiga jamlangan holda belgilanadi.
O‘rtacha ish haqi hisoblab chiqarilayotganda hisob-kitob davridan vaqt, shuningdek ushbu vaqtda hisoblangan summalar chiqarib tashlanadi, agar:
qonunchilikka muvofiq xodimning o‘rtacha ish haqi saqlanib qolgan bo‘lsa, bundan ushbu Kodeksning 407-moddasida nazarda tutilgan bolani ovqatlantirish uchun tanaffuslar mustasno;
xodim vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasini yoki homiladorlik va tug‘ish nafaqasini olgan bo‘lsa;
xodim ish beruvchiga va xodimga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra bekor turib qolish munosabati bilan ishlamagan bo‘lsa;
xodimga ushbu Kodeksning 399-moddasiga muvofiq nogironligi bo‘lgan bolalarni va bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarni parvarishlash uchun qo‘shimcha haq to‘lanadigan dam olish kunlari berilgan bo‘lsa;
xodim qonunchilikda belgilangan boshqa hollarda ish haqi to‘liq yoki qisman saqlanadigan yoki haq to‘lanmaydigan ishdan ozod etilgan bo‘lsa.
Agar xodim hisob-kitob davri uchun va hisob-kitob davri boshlanguniga qadar haqiqatda hisoblangan ish haqiga yoki ishlab berilgan kunlarga ega bo‘lmagan bo‘lsa, o‘rtacha ish haqi xodim tomonidan o‘rtacha ish haqining saqlanib qolishi bilan bog‘liq bo‘lgan hodisa yuz bergan oyda haqiqatda ishlab berilgan kunlar uchun hisoblangan ish haqi miqdoridan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Agar xodim hisob-kitob davri uchun, hisob-kitob davri boshlanguniga qadar va o‘rtacha ish haqining saqlanib qolishi bilan bog‘liq bo‘lgan hodisa yuz berguniga qadar haqiqatda hisoblangan ish haqiga yoki haqiqatda ishlab berilgan kunlarga ega bo‘lmagan bo‘lsa, o‘rtacha ish haqi unga belgilangan tarif stavkasidan (maoshidan) kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Agar hisob-kitob davrining bir oyi yoki bir necha oyi to‘liq ishlab berilmagan yoki ushbu moddaning yettinchi qismiga muvofiq undan vaqt chiqarib tashlangan bo‘lsa, o‘rtacha kunlik ish haqi hisob-kitob davri uchun haqiqatda hisoblangan ish haqi summasini to‘liq kalendar oylar soniga hamda to‘liq bo‘lmagan kalendar oylardagi kalendar kunlar soniga ko‘paytirilgan ish kunlarining o‘rtacha oylik sonining (25,3) summasiga bo‘lish orqali hisoblab chiqariladi. To‘liq bo‘lmagan kalendar oydagi ish kunlarining soni ish kunlarining o‘rtacha oylik sonini (25,3) ushbu oydagi ish kunlarining haqiqiy soniga bo‘lish hamda mazkur oyda ishlab berilgan vaqtga to‘g‘ri keladigan ish kunlari soniga ko‘paytirish orqali hisoblab chiqiladi.
O‘rtacha kunlik ish haqi uni hisoblab chiqarishning barcha hollarida ushbu moddaning uchinchi, to‘rtinchi va beshinchi qismlariga muvofiq hisoblab chiqarilgan o‘rtacha ish haqi summasini ish kunlarining o‘rtacha oylik soniga (25,3) bo‘lish orqali belgilanadi.
O‘rtacha soatlik ish haqi uni hisoblab chiqarishning barcha hollarida ushbu moddaning uchinchi, to‘rtinchi va beshinchi qismlariga muvofiq hisoblab chiqarilgan o‘rtacha ish haqi summasini xodimning o‘rtacha ish haqi saqlanib qoladigan oydan oldingi oxirgi kalendar oyda ishlab berilgan soatlar soniga bo‘lish orqali belgilanadi.
Alohida hollar (ish vaqti jamlab hisobga olinganda, uni hisoblab chiqarish uchun qabul qilingan davrda ish vaqti to‘liq ishlab berilmaganda, ushbu davrda ish haqi bo‘lmaganda va boshqa hollarda) uchun xodimlarning o‘rtacha ish haqini hisoblab chiqarishning o‘ziga xos xususiyatlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Barcha hollarda ish vaqtining oylik normasini ishlab bergan va mehnat shartnomasida belgilangan mehnat vazifasini bajargan xodimning o‘rtacha oylik ish haqi qonunchilikda belgilangan hisoblash kunidagi mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan kam bo‘lishi mumkin emas.
Hisob-kitob davrida tariflarni qayta ko‘rib chiqish chog‘ida o‘rtacha oylik ish haqi o‘zgartirilgan tarifni hisobga olgan holda qayta hisob-kitob qilinishi lozim.
Va ho kazo.....

Mehnat bozori bozor iqtisodiyotining tarkibiy qismi bo‘lib, uning asosiy tarkibiy qismlari bo‘lgan ishchi kuchiga talab va taklif, xodimlar, ish beruvchilar, xodimlar bilan ish beruvchilar o‘rtasidagi raqobat va boshqalar orasidagi munosabatlar natijasida ishchi kuchi qiymati va ish haqining iqtisodiy mohiyati yuzaga keladi. Bunda ishchi kuchining qiymati xodimning normal ishlashi uchun zarur hayotiy vosita sifatida namoyon bo‘ladi. Bu mutlaq tabiiy o‘zaro aloqadir, chunki mehnat jarayonidagi mushak, asab, miya va boshqa ruhiy-jismoniy sarflar qoplanishi lozim, aks holda kishi ishlab chiqarish faoliyatida faol ishtirok etishga qodir bo‘lmay qoladi.


Ammo inson fiziologik ehtiyojlarining hajmi va tuzilmasi, ularni qoniqtirish vositalarini qo‘llash faqat mehnatkashlarning intensivligi, xodimning jismoniy va aqliy sarflariga emas, balki ishchi kuchining shakllanishdagi tarixiy shart- sharoitlariga, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanganlik darajasiga, tabiiy-iqlimiy xususiyatlariga, madaniy va boshqa an’analariga bog‘liq. Masalan, rivojlangan mamlakatlardagi kishilar ehtiyojining hajmi rivojlanayotgan mamlakatlardagi aholi ehtiyojidan ancha yuqoriligi sir emas. Tabiiyki, mehnatga bo‘lgan layoqatni va ishchi kuchini qayta tiklash uchun zarur bo‘lgan hayotiy vositalar insonning oziq-ovqat, kiyim-kechak va turarjoyga bo‘lgan fiziologik ehtiyojlarini qondirish bilangina cheklanib qolmaydi. Xodimda tarixiy an’anaviy va milliy omillarga bog‘liq bo‘lgan ma’naviy ehtiyojlar ham mavjud. Ularni qondirish xarajatlari ham bevosita ishchi kuchi qiymatiga kiradi. Shunday qilib, ishchi kuchi qiymatini aniqlash uchun tarixiy va ma’naviy jihatlarni ham hisobga olish zarur.
Ishchi kuchini qayta tiklash uchun zarur hayotiy vositalar yig‘indisi yuqorida aytilganlar bilan cheklanmaydi. Shuningdek, u ishchi oila a’zolarini boqish, ta’lim, tibbiy xizmat, kasb malakasini oshirishni ham qamrab oladi. Ishchining malakasi qanchalik yuqori bo‘lsa, uning ishchi kuchi ham shunchalik qimmat bo‘ladi. Ishchi va uning oila a’zolarining yangi tovar xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojlarning ob’ektiv o‘sishini ham hisobga olmaslik mumkin emas, bu ham o‘z navbatida ishchi kuchi qiymatining oshishiga ta’sir qiladi.
Shunday qilib, ishchi kuchining qiymati ishchi o‘z mehnatining rag‘batlantiruvchi sifatida oladigan hayotiy vositalar yig‘indisining muayyan qiymatini aks ettiradi. Ishchi kuchi bahosining pul ifodasidagi aniq shakli ish haqi hisoblanadi. Ish haqi miqdori va dinamikasiga ishchi kuchi qiymatiga ta’sir etadigan barcha omillar ta’sir qiladi. Ammo ish haqining miqdori ishchi kuchi qiymatidan farq qilishi mumkin. Bunga mehnat bozorining holati, ya’ni ishchi kuchiga talab va taklifning o‘zaro nisbati jiddiy ta’sir etishi mumkin.
Tovar sifatida ishchi kuchi mehnat bozorida sotiladi va mehnat jarayonida qo‘llaniladi. Shu sababli xodim bilan ish beruvchi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning ikki sohasi: mehnat bozoridagi va korxona ichidagi munosabatlar bilan farqlanadi. Bir sohadan boshqasiga o‘tkazilganida ushbu o‘zaro munosabatlar xarakteri o‘zgaradi: mehnat bozorida ish beruvchi bilan xodim mustaqil xaridor va sotuvchi bo‘ladilar, mehnat jarayonida esa xodim ish beruvchiga bo‘ysunadi va uning nazorati ostida ishlaydi. Ishchi kuchini sotish vaqtida «ish haqi stavkasi» belgilanadi. Ishchi kuchining qiymati ana shu stavkaning ob’ektiv negizi bo‘ladi. Korxonada ishchi kuchi iste’mol qilinadi va buning evaziga ish haqi stavkasiga hamda xodim bajargan ishga muvofiq haq to‘lanadi. Natijada, xodimning ish haqi shakllanadi. Shunday qilib, sotilgan ishchi kuchiga «ish haqi stavkasi» atamasi, iste’mol qilingan ishchi kuchiga esa «ish haqi (yoki maosh)» atamasi mos keladi. Har ikki atama ham «ishchi kuchining bahosi» degan o‘ziga xos hodisani aks ettiradi.
Korxona ichida xodim bilan ish beruvchining o‘zapo munosabati, ya’ni ish beruvchi boshqaruvi va nazorati ostida ishlash hamda shunga muvofiq ishchi kuchini iste’mol qilish, mehnatni me’yorlash va haq to‘lash tizimlari vositasida amalga oshiriladi.
Jamiyat rivojlanib borgan sari ishchi kuchining bahosi va ish haqi tushunchalarining o‘zaro nisbatida muhim o‘zgarishlar yuz beradi. Bu o‘zgarishlar natijasida ish haqidan tashqari ishchi kuchi bahosining yangi shakllari: pensiyalar, kasallik bo‘yicha nafaqalar, ishsizlik bo‘yicha nafaqalar va boshqalar paydo bo‘ldi. Bu esa xodim hayoti va faoliyati davrining uzoq davom etishi va ular bir xil emasligi bilan farqlanadi. Ushbu davr xodimning ehtiyojlariturlichaligi va ularni mehnat hisobidan qondirish imkoniyati bilan, hayot davrining turli bosqichlarida ushbu ehtiyojlarni qondirish borasida xodimlar va tadbirkorlar o‘rtasida turlicha o‘zaro munosabatlar mavjudligi bilan bog‘liqdir.
Hozirgi sharoitda «ish haqi stavkasi» va «xodimning ish haqi» xodimga qarashli bo‘ladigan va mahsulot ishlab chiqarish (xizmatlar ko‘rsatish) jarayonida iste’mol qilinadigan ishchi kuchi bahosining mavjud bo‘lish shaklidir. Kasallik bo‘yicha nafaqa mehnat qilish qobiliyatini vaqtincha yo‘qotgan xodimga qarashli ishchi kuchining bahosidir. Bu fazada ishchi kuchi iste’mol qilinmaydi va ish haqi bo‘lmaydi. Ishsizlik bo‘yicha nafaqa vaqtincha ishini yo‘qotgan xodimga qarashli ishchi kuchining bahosidir. Bunda ham ishchi kuchi iste’mol qilinmaydi va ish haqi bo‘lmaydi. Bularning barchasi mehnat jarayonida xodimni jamiyat a’zosi sifatida qayta ishlab chiqarish uchun zarur vositalarni yaratmay qo‘yganligini anglatmaydi. Bunda xodim va uning oila a’zolari yashashi uchun zarur bo‘lgan hayotiy vositalar fondining tegishli qismini olish shakllari va shartlari o‘zgaradi, xolos.
Bozor iqtisodiyoti mamlakatlar tajribasi butun jamiyat miqyosida ish haqini bozor qonunlari asosida tashkil etish mexanizmi to‘rt asosiy unsurni o‘z ichiga olishini ko‘rsatmoqda:
haq to‘lash shartlarini belgilash chog‘ida muzokarada ishtirok etuvchi tomonlarning manfaatlarini etarli darajada to‘liq aks ettirish (haq to‘lash shartlari yuzasidan o‘ziga xos savdolar) imkonini beradigan ko‘p bosqichli kollektiv- shartnoma tizimi;
mehnatga haq to‘lash va ish haqini bozor iqtisodiyotidagi salbiy hodisalardan himoya qilish sohasida kafolatlarni ta’minlash tizimi;
individual daromadlar ish beruvchining ishchi kuchiga qiladigan harajatlari tarkibida mehnatga haq to‘lashni boshqaruvchi soliq tizimi;
ish haqi va ish beruvchining ishchi kuchiga qiladigan boshqa chiqimlari darajasi haqida real manzarani tasvirlab beradigan axborot tizimi.



Download 35.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling