Reja Ishlab chiqarish harajatlari tushunchasi va uning tarkibi


 Foydaning mazmuni. Foyda normasi va massasi


Download 219.28 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana21.07.2023
Hajmi219.28 Kb.
#1661469
1   2   3   4
4. Foydaning mazmuni. Foyda normasi va massasi 
Korxonalarning faoliyatiga baho berishda sotilgan mahsulotlarning hajmi, ularga qilingan 
sarf-xarajatlar va foyda tushunchalaridan keng foydalaniladi.
Korxonalarda tovar va xizmatlarni sotishdan olingan mablagʻlar ularning pul tushumlari 
yoki pul daromadlari deyiladi.
Korxona pul daromadlaridan barcha xarajatlar chiqarib tashlangandan keyin qolgan qismi 
foyda deb yuritiladi. Ayrim adabiyotlarda bu iqtisodiy foyda deb ham yuritiladi. 
Foydaning tarkib topishi ikki bosqichdan oʻtadi: 
birinchi bosqichda foyda ishlab chiqarish jarayonida yangi qiymatning yaratilish chogʻida 
vujudga keladi. Yangidan yaratilgan qiymat tarkibidagi qoʻshimcha qiymat foydaning asosiy 
manbai hisoblanadi, biroq u hali aniq foyda shaklida namoyon boʻlmaydi; 
ikkinchi bosqichda ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan foyda tovarlarni sotilgandan 
soʻng olingan pul daromadi bilan xarajatlarning farqi koʻrinishida toʻliq namoyon boʻladi.
Foyda miqdoriga ta’sir koʻrsatuvchi ikkinchi omil – korxona oʻz mahsulotlarini sotuvchi 
narx darajasi boʻlib, bu oʻrinda mahsulot narxi, qiymati va tannarxi oʻrtasidagi nisbatning beshta 
asosiy holatini ajratib koʻrsatish mumkin.
Korxona foydasining mutlaq miqdori uning massasini tashkil qiladi. Foyda massasining 
ishlab chiqarish xarajatlariga nisbati va uning foizda ifodalanishi foyda normasi deyiladi.
Amaliyotda foyda normasini hisoblashning ikki variantidan foydalaniladi. Bular 
foydaning joriy sarflarga – korxona xarajatlariga yoki avanslangan mablagʻlarga (asosiy va 
aylanma kapital) nisbatidir.
5. Foydaning taqsimlanishi va ishlatilishi 
Korxona yalpi foydasining taqsimlanishi ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Eng avvalo yalpi foydadan boshqa iqtisodiy sub’ektlarga turli toʻlovlar amalga oshiriladi. 
Bu toʻlovlarga boshqalarning yer va binolaridan foydalanganlik uchun ijara haqi, qarzga olingan 
pul mablagʻlari uchun toʻlanadigan foizni kiritish mumkin. Bundan tashqari, korxonalar davlat 
va mahalliy hokimiyat organlari byudjetiga soliqlar toʻlaydilar, turli hayriya va boshqa fondlarga 
mablagʻlar kiritadilar. Mablagʻlarning qolgan qismi korxona sof foydasini tashkil etadi. U 
korxonaning ishlab chiqarish va ijtimoiy ehtiyojlariga, shuningdek jamgʻarish (ishlab chiqarishni 
kengaytirish)ga, atrof-muhit muhofazasi, xodimlarni tayyorlash va qayta tayyorlash va boshqa 
maqsadlarga sarflanadi. 

Download 219.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling