Reja Ishlab chiqarish harajatlari tushunchasi va uning tarkibi
Asosiy tayanch tushunchalar
Download 219.28 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Takrorlash uchun savollar va topshiriqlar
Asosiy tayanch tushunchalar Ishlab chiqarish xarajatlari – tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish va iste’molchilarga yetkazib berishga qilinadigan barcha sarflardir. Ichki xarajatlar – korxonaning oʻziga tegishli boʻlgan resurslardan foydalanish natijasida vujudga keladigan xarajatlar. Tashqi xarajatlar – tashqaridan jalb qilingan resurslarga toʻlovlarni amalga oshirishga ketgan xarajatlar. Doimiy xarajat – ishlab chiqarish hajmiga ta’sir etmaydigan, u oʻzgarganda ham miqdorini oʻzgartirmaydigan xarajatlar. Oʻzgaruvchi xarajat – ishlab chiqarish hajmining oʻzgarishiga ta’sir etadigan xarajatlar. Oʻrtacha xarajatlar – mahsulot birligiga toʻgʻri keladigan xarajatlar. Qoʻshimcha xarajatlar – mahsulotning navbatdagi qoʻshimcha birligini ishlab chiqarishga qilinadigan xarajatlar. Toʻgʻri xarajatlar – mahsulot tannarxiga bevosita qoʻshilib, uning tarkibiga kiradigan xarajatlar. Egri xarajat – mahsulot tannarxiga ustama boʻlib, narxda aks etadigan xarajatlar. Iqtisodiy yoki sof foyda – yalpi pul tushumidan barcha xarajatlar chiqarib tashlangandan keyin qolgan qismi. Foyda normasi – foyda massasining ishlab chiqarish xarajatlariga boʻlgan nisbatining foizdagi ifodasi. Takrorlash uchun savollar va topshiriqlar 1. Ishlab chiqarish sarf-xarajatlarining mohiyatini va tarkibini tushuntiring. 2. Ichki va tashqi xarajatlar oʻrtasidagi farq nimadan iboratligini misol orqali tushuntiring. 3. Oʻrtacha doimiy, oʻzgaruvchi va umumiy xarajatlarning mazmuni hamda ularning ahamiyatini tushuntirib bering. 6. Foydaning mazmuni va manbaini tushuntiring. 7. Iqtisodiy foyda va buxgalteriya foydasining farqi nimada? Ularning shakllanish tartibini tushuntirib bering. 8. Yalpi foydaning taqsimlanish tartibini tushuntirib bering. Mulkchilik va xoʻjalik yuritish shakllarining turliligi foydaning taqsimlanish tartibiga qanday ta’sir koʻrsatadi? 9. Foyda massasiga ta’sir koʻrsatuvchi omillarni izohlab bering. Download 219.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling