Reja Ishlab chiqarish harajatlari tushunchasi va uning tarkibi
Foydaning mazmuni. Foyda normasi va massasi
Download 219.28 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5. Foydaning taqsimlanishi va ishlatilishi
4. Foydaning mazmuni. Foyda normasi va massasi
Korxonalarning faoliyatiga baho berishda sotilgan mahsulotlarning hajmi, ularga qilingan sarf-xarajatlar va foyda tushunchalaridan keng foydalaniladi. Korxonalarda tovar va xizmatlarni sotishdan olingan mablagʻlar ularning pul tushumlari yoki pul daromadlari deyiladi. Korxona pul daromadlaridan barcha xarajatlar chiqarib tashlangandan keyin qolgan qismi foyda deb yuritiladi. Ayrim adabiyotlarda bu iqtisodiy foyda deb ham yuritiladi. Foydaning tarkib topishi ikki bosqichdan oʻtadi: birinchi bosqichda foyda ishlab chiqarish jarayonida yangi qiymatning yaratilish chogʻida vujudga keladi. Yangidan yaratilgan qiymat tarkibidagi qoʻshimcha qiymat foydaning asosiy manbai hisoblanadi, biroq u hali aniq foyda shaklida namoyon boʻlmaydi; ikkinchi bosqichda ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan foyda tovarlarni sotilgandan soʻng olingan pul daromadi bilan xarajatlarning farqi koʻrinishida toʻliq namoyon boʻladi. Foyda miqdoriga ta’sir koʻrsatuvchi ikkinchi omil – korxona oʻz mahsulotlarini sotuvchi narx darajasi boʻlib, bu oʻrinda mahsulot narxi, qiymati va tannarxi oʻrtasidagi nisbatning beshta asosiy holatini ajratib koʻrsatish mumkin. Korxona foydasining mutlaq miqdori uning massasini tashkil qiladi. Foyda massasining ishlab chiqarish xarajatlariga nisbati va uning foizda ifodalanishi foyda normasi deyiladi. Amaliyotda foyda normasini hisoblashning ikki variantidan foydalaniladi. Bular foydaning joriy sarflarga – korxona xarajatlariga yoki avanslangan mablagʻlarga (asosiy va aylanma kapital) nisbatidir. 5. Foydaning taqsimlanishi va ishlatilishi Korxona yalpi foydasining taqsimlanishi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Eng avvalo yalpi foydadan boshqa iqtisodiy sub’ektlarga turli toʻlovlar amalga oshiriladi. Bu toʻlovlarga boshqalarning yer va binolaridan foydalanganlik uchun ijara haqi, qarzga olingan pul mablagʻlari uchun toʻlanadigan foizni kiritish mumkin. Bundan tashqari, korxonalar davlat va mahalliy hokimiyat organlari byudjetiga soliqlar toʻlaydilar, turli hayriya va boshqa fondlarga mablagʻlar kiritadilar. Mablagʻlarning qolgan qismi korxona sof foydasini tashkil etadi. U korxonaning ishlab chiqarish va ijtimoiy ehtiyojlariga, shuningdek jamgʻarish (ishlab chiqarishni kengaytirish)ga, atrof-muhit muhofazasi, xodimlarni tayyorlash va qayta tayyorlash va boshqa maqsadlarga sarflanadi. Download 219.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling