Режа: Ishlab chiqarish jarayonining mazmuni va o‘ziga xosligi. Ishlab chiqarish omillari va ularning tarkibi. Ishlab chiqarish imkoniyatlari va uning chegarasi. Ishlab chiqarishning natijalari. Ishlab chiqarish funksiyasi


Mehnat vositalarini mehnat predmetlariga


Download 36.69 Kb.
bet3/9
Sana23.11.2023
Hajmi36.69 Kb.
#1795369
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ishlab chiqarish jarayoni va uning natijalari-fayllar.org

Mehnat vositalarini mehnat predmetlariga ta’sir etish xarakteriga ko‘ra, bir nechta katta guruhlarga bo‘lish mumkin. Birinchi guruhga mashinalar, mexanizmlar, stanoklar, uskunalar va boshqalardan iborat mehnat qurollarini kiritish mumkin. Ularning yordamida ishchi tabiat ashyolari va kuchlariga bevosita ta’sir qiladi va bu ashyolarni o‘zining iste’moli uchun zarur bo‘lgan shaklga keltiradi.
Ikkinchi guruhga materiallarni saqlash uchun mo‘ljallangan mehnat vositalari sisternalar, turli xil quvurlar, omborlar va boshqalar kiritiladi. Uchinchi guruhga ishlab chiqarish jarayonida bevosita qat- nashmaydigan mehnat vositalari kiradi. Lekin bu vositalarsiz ishlab chiqarish jarayonining amalga oshishi mumkin emas yoki to‘la va samarali amalga oshmasligi mumkin. Bularga binolar, yo‘llar va boshqalar misol bo‘la oladi.
Hozirgi fan-texnika inqilobi davrida ishlab chiqarishning rivojlanishida mehnat predmetlarining ahamiyati o‘zgacha. Mate- riallarning tabiatda tayyor holda uchramaydigan yangi turlari paydo bo‘lib boradi. Ishlab chiqarish vositalari uning moddiy, ishchi kuchi esa shaxsiy omilini tashkil qiladi.

3.1-chizma. Ishlab chiqarish omillarining turkumlanishi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida alohida o‘ziga xos omillardan biri tadbirkorlik qobiliyatidir. Tadbirkor qobiliyati iqtisodiy resurslarning bir-biriga qo‘shilishini ta’minlaydigan tashkilotchi, yangilikka intiluvchi tashabbuskor, iqtisodiy va boshqa xavf- xatardan qo‘rqmaydigan kishilarni anglatadi. Hozirgi davrda ayrim adabiyotlarda axborot va uning vositalarini, ekologiyani ham alohida omil deb ko‘rsatadilar. Aslida ular yer va kapitalda o‘z ifodasini topadi. Ishlab chiqarish jarayonida yuqorida qayd qilingan omillar bir-birini to‘ldiradi, o‘zaro ta’sirda bo‘ladi. Ishlab chiqarishning omillari va miqdor jihatdan ortib sifat jihatdan takomillashib boradi. Ishlab chiqarish vositalari rivojlanib, borgan sari murakkab mashinalar, asbob-uskunalar, yangi texnologiyalar vujudga keladi.

Ishlab chiqarish omillarining o‘zaro ta’sir usuli texnologiyada o‘z ifodasini topadi. Кishilar buyumlarning ilgari ma’lum bo‘lmagan xususiyatlarini anglab, tovar va xizmatlarning yangi turlarini tayyorlash sirlarini bilib oladilar, ilg‘or texnologiyani qo‘llaydilar, yangi materiallardan, energiya turlaridan foydalanadilar. Ishlab chiqarish omillari va texnologiyaning o‘zgarishi ishlab chiqarishni tashkil etishning mazmuni va shaklining o‘zgarishiga, uning takomillashuviga sabab bo‘ladi.




  1. Download 36.69 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling