Режа: Ishlab chiqarish jarayonining mazmuni va o‘ziga xosligi. Ishlab chiqarish omillari va ularning tarkibi. Ishlab chiqarish imkoniyatlari va uning chegarasi. Ishlab chiqarishning natijalari. Ishlab chiqarish funksiyasi
Mehnat unumdorligi quyidagicha aniqlanadi: MU=M/V
Download 36.69 Kb.
|
Ishlab chiqarish jarayoni va uning natijalari-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishlab chiqarish samaradorligi
Mehnat unumdorligi quyidagicha aniqlanadi: MU=M/V.
Bu yerda, MU mehnat unumdorligini, M mahsulotning hajmi, V sarflangan ish vaqti.Mehnat unumdorligi sarflangan mehnatning har birligi hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori bilan aniqlanadi. Samaradorlikni aniqlashda kapital unumdorligi ko‘rsatkichidan ham foydalaniladi va u ishlab chiqarishda qatnashgan kapitalning birligi evaziga olingan mahsulot, daromad yoki foyda bilan aniqlanadi. KU=M/K; KU=YAD/K ; KU=F/K; bu yerda KU – kapital unum- dorligini, К – ishlab chiqarishda qatnashgan kapital miqdorini, M – mahsulot, YAD – yalpi daromad hajmi, F – foyda. Ishlab chiqarishning muhim omillaridan biri yer hisoblanishi sababli undan foydalanish samaradorligi ko‘rsatkichi olingan mahsulot hajmining yer maydoniga (gektarga) nisbati bilan aniqlanadi. Samaradorlikni aniqlashda mahsulotning mehnat sig‘imi, material sig‘imi, energiya sig‘imi kabi ko‘rsatkichlar ham qo‘llanilib, ular ishlab chiqarilayotgan mahsulotning har bir birligini yaratish uchun ketgan mehnat, energiya va moddiy ashyolar miqdorini ifodalaydi. Bu ko‘rsatkichlarning har biri ishlab chiqarishda qatnashgan turli omillar samaradorligini ifodalab, bir-biri bilan chambarchas bog‘liq va bir-birini to‘ldiradi. Ishlab chiqarish samaradorligi har qanday darajada uning natijalari miqdoriga to‘g‘ri, iqtisodiy resurs sarf-xarajatlari hajmiga teskari mutanosiblikda o‘zgaradi. Ishlab chiqarish natijalari miqdori o‘zgarmay qolganda xarajatlarning kamayishi uning samaradorligi oshishini bildiradi va aksincha. “Natija” yoki “Xarajat”ga ta’sir ko‘rsatib ishlab chiqarish sama- radorligini oshirishga olib keluvchi bir qancha omillar mavjud. Ularning asosiylari quyidagilar: Yangi texnologiyalarni joriy qilish, fan-texnika taraqqiyotini tezlashtirish va uning natijalarini ishlab chiqarishda qo‘llash; Ishlab chiqarishni ratsiotnal joylashtirish, ixtisoslashtirish va kooperatsiyalash; Iqtisodiyotning tarkibiy qismlarini va uning tashkiliy bo‘g‘in- larini o‘zgartirish; Ishlab chiqaruvchilarni o‘z mehnat natijalaridan rag‘batlantirish va ularning faolligini oshirish; Mavjud tabiiy, moddiy va mehnat resurslaridan oqilona, tejab- tergab foydalanish, yangi, arzon, sifatli xomashyo va energiya turlarini, ekinlarning yangi hosildor navlarini, chorva mollarining mahsuldor zotlarini ishlab chiqarishga joriy qilish. 2017-2021-yillar O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning “Harakatlar strategiyasi” da ham .. “...iqtisodiyotning energiya va resurs sarfini qisqartirish, ishlab chiqarishga energiya tejaydigan texnologiyalarni keng joriy etish, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish, iqtisodiyot tarmoqlarida mehnat unumdorligini oshirish”ga ishlab chiqarish samaradorligini o‘stirishning muhim omili sifatida qaraladi.2 Кishilarning bilim saviyasini, malakasi va kasbiy mahoratini oshirish, yetuk ishchi va mutaxassislar tayyorlash. Bu ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga ta’sir qiladigan asosiy va iqtisodiyotning barcha sohalari uchun umumiy bo‘lgan omillardir. Fan-texnika taraqqiyoti fan sohasidagi ishlab chiqarish qurollari, texnologiya, boshqarish va boshqa ko‘pgina o‘zgarishlarni o‘z ichiga oladi. Hozirgi davrda fan-texnika tez sur’atlar bilan taraqqiy qilmoqda va u ilgarigi texnika taraqqiyotiga qaraganda birmuncha afzalliklarga egadir. Hozirgi davrdagi fan-texnika taraqqiyoti afzalligi shundaki, ilg‘or mamlakatlarda fan yangiliklari tezlik bilan ishlab chiqarishga joriy qilinadi, binobarin fan bevosita ishlab chiqaruvchi kuchga aylanib boradi. Hozirgi davrdagi ishlab chiqarishning texnik bazasini mustah- kamlash elektronika, radioelektronika, telemexanika, atom energi- yasi, kimyo va boshqa fanlarning erishgan yutuqlari bilan bevosita bog‘liqdir. Xullas, fanning erishgan yutuqlari ishlab chiqarishning taraq- qiyoti va uning iqtisodiy samaradorligi uchun cheksiz imkoniyatlar ochib beradi. Shuning uchun ham O‘zbekistonda fan-texnika taraq- qiyotiga katta e’tibor berib, uni keskin jadallashtirishni, texnikaning eng yuqori unumdor va samaradorlikni ta’minlovchi yangi turlarni, prinsipial jihatdan yangi texnologiyalarni keng joriy etish vazifasi qo‘yilmoqda. Fan taraqqiyotining natijasi va uning ishlab chiqarish bilan yaqinlashishining muhim belgisi takomillashgan, chidamli va unumli mehnat qurollari va predmetlarini vujudga keltirish va ishlab chiqarishga joriy qilish hisoblanadi. Ishlab chiqarishga yangi unumli mehnat qurollari va mehnat predmetlari qancha ko‘p kirib kelsa, jonli mehnat shuncha ko‘p mehnat vositalarini harakatga keltiradi va ko‘proq naflilikni yaratadi. Davlatning investitsiya siyosati resurslarni fan-texnika taraqqiyotining ilg‘or sohalari bo‘lgan mashi- nasozlik sanoati, informatika, elektronika, ishlab chiqarish sohalarini kompleks mexanizatsiyalash, avtomatlashtirish, yangi materiallarni yaratish va ularga ishlov berish texnologiyasi singari muhim yo‘nalishlariga jalb qilishga qaratilgandir. Shuning uchun ham fan-texnika taraqqiyotining evolutsion va revolutsion shakllarini farqlamoq lozim. Fan-texnika taraqqiyotining evolutsion shaklda rivojlanishi deganda, uning mavjud texnologiyalar asosida rivojlanishi tushuniladi. Revolutsion shaklda rivojlanishda esa texnikaning eng so‘nggi avlodlarini qo‘llash, prinsipial yangi texnologik tizimga o‘tish tushuniladi. Fan-texnika taraqqiyotining keyingi shaklda rivojlanish samaradorlik nuqtayi nazaridan yuksak natija beradi. Ishlab chiqarish samaradorligi natijaviy ko‘rsatkich foyda miqdoriga to‘g‘ri mutanosiblikda iqtisodiy resurs sarf-xarajatlariga teskari mutanosiblikda o‘zgaradi. Shu sababli, samaradorlikni oshirishga boshqa sharoitlar o‘zgarmay qolganda ishlab chiqa- rilayotgan mahsulot hajmini ko‘paytirish va unga sarflanadigan xarajatlarni kamaytirish, ya’ni tejamkorlik tamoyillariga amal qilish orqali erishiladi. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning shunday omillari ham mavjudki, ular bir vaqtda ham natijaviy ko‘rsatkichlar miqdoran ortishiga va ham iqtisodiy resurs xarajatlari kamayishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bunday omillarga fan-texnika taraqqiyoti yutuqlarini hisobga olgan holda ishlab chiqarishni uzluksiz modernizatsiyalash va diversifikatsiyalashni kiritish mumkin. Modernizatsiyalash keng ma’noda yaxlit tizimni takomillashtirishga yo‘naltirilgan texnologik, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy va siyosiy o‘zgarishlar birligini ifo- dalaydi. U inglizcha “modern” so‘zidan olingan bo‘lib “yangi”, “zamonaviy” kabi ma’nolarni anglatadi. Ishlab chiqarishga qiyosan modernizatsiyalash mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirish maqsadida ularni “yangilash”, ma- shina, uskuna va texnologik jarayonlarni “zamonaviylashtirish”ni bildiradi. Iqtisodiy modernizatsiyalash mehnat, moddiy va tabiiy resurslardan foydalanish darajasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatish orqali ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishga ham olib keladi. Download 36.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling