Reja: Ishlab chiqarish omillari va ularning tarkibi. Ishlab chiqarish jarayonining mazmuni. Ishlab chiqarishning umumiy va pirovard natijalari. Ishlab chiqarish ergonomikasi. Ishlab chiqarishning samaradorligi va uning ko’rsatkichlari


Download 253.43 Kb.
bet6/8
Sana19.10.2023
Hajmi253.43 Kb.
#1710611
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Reja Ishlab chiqarish omillari va ularning tarkibi. Ishlab chiq

Mehnat unumdorligi – bu sarflangan inson mehnatining har bir birligi evaziga ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori bilan aniqlanadi. Vaqt birligi ish kuni, ish soatidan iborat bo’ladi.
Samaradorlikni aniqlashda kapital unumdorligidan foydalanish mumkin.
Ya‘ni: KU = M/K; KU= YaD/K; KU= F/K;

Bunda: KU - kapital unumdorligi, M – mahsulot, K - ishlab chiqarishda qatnashgan kapital miqdori:


Samaradorlikni anqilashda ko’rsatib o’tilgan mezonlardan tashqari mahsulotning mehnat sig’imi, material sig’imi, energiya sig’imi degan ko’rsatkichlardan ham foydalaniladi. Bunda ishlab chiqarilayotgan mahsulotning har bir birligini yaratish uchun ketgan, yoki ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan mehnat, moddiy ashyolar, energiya miqdorini hisobiga olinadi.
Samaradorlikni oshirishga ta‘sir qiladigan omillarga qo’yidagilar kiradi:
1. Ishchi kuchi salohiyati;
2. Fan-texnika taraqqiyoti va uning yangiliklari;
3. Ilg’or texnologiya;
4. Ishlab chiqarish sarflarini tejash;
5. Iqtisodiyotni tarkibiy tuzilish va ratsional joylashtirish;
6. Ishlab chiqarishni ixtisoslashuvi;
7. Tabiiy, modiy va mehnat resurslaridan tejash va tejamkorlik bilan foydalanish;
8. Sub‘ektlarni ya‘ni ishlab chiqaruvchilarni moddiy rag’batlantirish.
9. Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash.
10. Ishlab chiqarishda innovatsiyalarni qo’llash.
Samaradorlikni asosida mashinalashgan mehnat turadi, uni fan texnika va inson yaratadi. Fan texnika taraqqiyotini ikkita yo’li bor:
1. Evolyutsion yo’lidir - mavjud texnika texnologiya asosida, mashinalar va uskunalar qisman modernizatsiyalashtiriladi, rivojlanish asta-sekinlik bilan amalga oshirib boriladi.
2. Revolyutsion yo’ldan rivojlanish bu fan-texnikaning bir qancha sohalarida birdaniga katta o’zgarishlar qilinadi, texnikaning eng so’nggi yangiliklarini, avlodlarini ishlab chiqarishda qo’llaniladi, shu tufayli yuqori samaradorlikka erishiladi.
Mamlakatimizda iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini hozirgi zamon fan va texnikasining eng yangi yutuqlari bilan qayta qurollantirish lozimligi sobiq Prezidentimiz I.Karimov asarlarida ko’rsatib o’tilgan.

Download 253.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling