Reja: Ishlab chiqarish va texnologik jarayonlar


Mashinasozlikda ishlab chiqarish turlari


Download 29 Kb.
bet4/4
Sana23.11.2023
Hajmi29 Kb.
#1795050
1   2   3   4
Bog'liq
atrabotka 3 kon. mash. asos

Mashinasozlikda ishlab chiqarish turlari.
Ishlab chiqarishni tashkil qilish shakllari.
Ishlab chiqarish dasturiga, mahsulotni turiga va ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirish texnik-iqtisodiy shart-sharoitlariga qarab mashinasozlikda uch xil ishlab chiqarish turi mavjud: donali (yakka hollab), seriyali va yalpi. Har bir ishlab chiqarish turining texnologik jarayonlari va ishlab chiqarishni tashkil qilishining shakllari uziga xos xususiyatlariga ega.
Yoqoridagi tushunchalarni yanada yaqqol ifodalash maqsadida ishlab chiqarish dasturi bilan tanishib chiqamiz.
Mashinasozlik korxonasining ishlab chiqarish dasturi tayyorlangan mahsulotning turi, har-bir turdagi mahsulotning bir yilda tayyorlanadigan miqdori, ehtiyot qismlarning turlari va miqdorlaridan iborat buladi.
Korxonaning umumiy ishlab chiqarish dasturiga asosan har-bir detalni bir yilda tayyorlash dasturi yaratiladi:
Rq=ma+r , dona/yil, (1.1)
bu yerda: R-detalni bir yillik ishlab chiqarish dasturi; bir yil davomida tayyorlanadigan mahsulotlar soni; m - bitta mahsulotdagi detalning soni; r - ehtiyot qismlar soni.
Ishlab chiqarish dasturiga mahsulotni umumiy kurinishidagi chizmalari, alohida detallar va yigma birikmalarning chizmalari ilova qilinadi.
Shuni inobatga olish kerakki bitta korxonaning yoki bir sexning uzida turli xil ishlab chiqarish sharoitlari mvjud bulishi mumkin. Masalan, bir xil detal kup miqdorda ikkinchi xil detal esa oz miqdorda tayyorlanishi mumkin.
Donali ishlab chiqarish sharoitida mahsulot bir nusxada tayyorlanadi. Tayyorlangan mahsulotlar turli tuzilishga, olchamlarga ega bulib ular umuman takror tayyorlanmasligi yoki juda kam hollarda takrorlanishi mumkin.
Bu turdagi ishlab chiqarish sharoitida universal dastgohlardan keng foydalaniladi. Universal dastgohlar turli xil ishlov berish usullarini bajara olish imkoniyatiga ega bulishi kerak. Xuddi shuningdek, universal, universal qayta sozlanuvchi moslamalar va standart kesuvchi asboblardan foydalaniladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

A.Mirzayev, A.Sotvoldiyev ,,Mashinasozlik texnologiyasi asoslari’’Toshkent 2020y

Internet saytlari


https://e-library.namdu.uz
https://lib.jizpi.uz
Download 29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling