Reja: Ishlab chiqarish va texnologik jarayonlar


Texnologik jarayonning tarkibiy qismi


Download 29 Kb.
bet3/4
Sana23.11.2023
Hajmi29 Kb.
#1795050
1   2   3   4
Bog'liq
atrabotka 3 kon. mash. asos

Texnologik jarayonning tarkibiy qismi
Texnologik jarayonini maqsadga muvofiq ravishda amalga oshirish uchun tayyorlanayotgan detalni qaysi yuzalariga va qanday ketma-ketlikda ishlov berishni ifodalovchi reja tuziladi. Ushbu rejada detal yuzlariga ishlov berish usullari keltiriladi.
SHu maqsadlarda mexanik ishlov berish texnologik jarayoni alohida qismlarga bulinadi, bu qismlarning yigindisi uning tarkibini tashkil etadi. Texnologik jarayon quyidagi tarkibiy qismlarga bulinadi: texnologik operatsiya; pozitsiya; utish; yurish; harakatlar yigindisi.
Texnologik operatsiya texnologik jarayonning bir qismi bulib, bir ish ornida (bir yoki bir necha ishchi tomonidan) ketma-ket bajariladigan ishlar yigindisidan iborat.
Ornatish operatsiyaning bir qismi bulib detalni (dastgoh turiga qarab bir necha detalni) bir marta mahkamlaganda bajariladigan ishlar yigindisidan iborat. Dastgohga ornatilgan yoki mahkamlangan xom-ashyo uning ishchi organalariga nisbatan stolini aylanishi yoki siljishi natijasida yangi pozitsiyani egallash mumkin.
Pozitsiya detalni bir marta mahkamlagan holatida dastgohning ishchi organlariga nisbatan egallagan holati. Holatni uzgarishi dastgoh stolining aylanishi yoki siljishi natijasida buladi. Masalan: kup shpindelli kup pozitsiyali dastgohlarda.
Operatsiya texnologik va yordamchi utishlarga bulinadi. Texnologik utish texnologik operatsiyani tugallangan qismi bulib detalni ishlov berilayotgan yuzasini, kesuvchi asbobning va kesish maromlarining doimiyligi bilan harakterlanadi.
Yordamchi utish texnologik operatsiyaning tugallangan qismi bulib ishchining va (yoki) dastgohning harakatlari yigindisidan iborat. Yordamchi utish natijasida detalning tsikli, olchamlari va xususiyatlari uzgarmaydi.
Utish uz navbatida ishchi va yordamchi yurishlardan iborat buladi.
Ishchi yurish texnologik utishning tugallangan qismi bulib, kesuvchi asbobni, ishlov berilayotgan yuzani doimiy saqlagan holda detaldan malum qatlamni kesib olish bilan bogliq buladi.
Yordamchi yurish texnologik utishning tugallangan qismi bulib kesuvchi asbobni ishlov berilayotgan detala nisbatan metalni kesib olmagan holda bir marta siljishidan iborat. Bu utish kesish jarayonini takroran amalga oshirish uchun kesuvchi asbobni kerakli holga qaytarish uchun zarur buladi.

Download 29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling