Reja Ishlab chiqarish va texnologik jarayonlar
Download 29.82 Kb.
|
mustaqil ish
Texnologik jarayon material yoki zagotovkadan tayyor mahsulot olish maqsadida
ularning shaklini, o’lchamlarini va xususiyatlarini belgilangan texnik talablar asosida ketma-ket o’zgartirishdan iborat. Mexanik ishlov berish texnologik jarayoni ishlab chiqarish jarayonining bir qismidir. Ishlab chiqarish jarayoni quyidagi davrlardan iborat bo’ladi: 1) zagotovka tayyorlash – quyish, bolg’alash, shtamplash yoki prokatdan tayyorlanadigan materiallarga birlamchi ishlov berish; 2) mashina detallarini yakuniy shakl va o’lchamlarga keltirish uchun metall kesish dastgohlarida ishlov berish; 3) yig’ma birikmalar, agregatlar yoki mexanizmlarni hosil qilish; 4) mashina yoki mahsulotni yakuniy yig’ish; 5) mashina yoki mahsulotni sozlash va sinash; 6) mashina yoki mahsulotni bo’yash va ularni konservatsiya qilish. Ishlab chiqarishda bajariladigan texnologik jarayonlarning barcha operatsiyalarida texnik nazorat o’tkaziladi. Texnik nazorat o’tkazishdan maqsad mahsulotni talab qilingan texnik shartlarga javob bera olishini tekshirishdan iborat. Mexanik ishlov berish texnologik jarayoni kam material va mehnat resurslarini sarflagan holda talab etilgan texnik shartlar asosida tayyor mahsulot yaratishga qaratilgan bo’lishi kerak. Texnologik jarayonlar GOST 1.109-73 asosida loyihali, ishchi, donaviy, namunaviy, standart, vaqtli, taraqqiy xarakterdagi (kelgusida qo’llaniluvchi), marshrutli, operatsiya uchun va marshrutli-operatsiyali bo’lishi mumkin. Download 29.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling