Reja: Ishsizlikning ijtimoiy iqtisodiy mazmuni
Ishsizlikni himoya qilish borasida davlat tadbirlari
Download 37.19 Kb.
|
1. Ishsizlikning ijtimoiy iqtisodiy mazmuni Ishsizlikning sababl
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikkinchidan
4. Ishsizlikni himoya qilish borasida davlat tadbirlari
Jiddiy muammolar yuzaga kelishiga yo’l qo’ymaslik maqsadida davlat doimiy ravishda fuqarolarni ish bilan ta’minlash darajasini oshirish siyosatini o’tkazadi. Birinchidan, ishsizlikning friksion va tarkibiy turlari o’sganda: qaytadan kasb o’rgatadi; ta’lim berish tizimini kengaytiradi; bo’sh ish joylari haqidagi axborotlarni keng tarqatadi; mehnat birjalariga investisiyalarni ko’paytiradi. Ikkinchidan, agar ishsizlik davriy xususiyat kasb etsa, davlat byudjet, fiskal, kredit - pul vositalarini ishga soladi, ya’ni: ish bilan ta’minlashni kuchaytirish uchun ishlab chiqarishga ko’proq mablag’ sarflaydi; tadbirkorning manfaatdorligini oshirish uchun ssuda hamda kreditorlarning foiz stavkalarini pasaytiradi; ishlab chiqaruvchi va iste’molchilarga solinadigan soliqlarni kamaytiradi. Uchinchidan, davlat mehnat bozorini tashkil etish va tartibga solish: aholi soni, yosh va jinsi salmog’idagi o’zgarishlarga; ish bilan bandlikdagi tarmoq va hudud o’zgarishlariga; qo’shimcha ishchi kuchini ishlab chiqarishga jalb etish mezonlari; ishlab chiqarishning hajmi va tarkibiga hamda uning o’sish sur’atiga; ishlab chiqarish kuchlarining hududiy joylashuvi kabi omillarga alohida e’tibor beradi. Ishsizlikni kamaytirishning iqtisodiy tadbirlaridan eng asosiysi xalq xo’jaligi tarmoqlarida bozor talabiga muvofiq kichik korxonalarni barpo etishdir. Bu esa ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish miqyosini oshirishga qaratilagan bo’lishi darkor. Bunga esa, mehnat unumdorligini oshirish, ish joylarining moddiy-texnikaviy, texnologiya va sarmoya ta’minotlarini yaxshilash, yangi noqishloq xo’jaligi mehnati zonalarini tashkil etish, ish vaqtidan unumli foydalanish, ishlovchilarning moddiy manfaatdorligini oshirish va oqilona soliqlar orqali erishish mumkin. Muhim iqtisodiy tadbirlar majmuasiga qishloq xo’jaligi va sanoatning asosiy mahsulotlariga talab va taklifga asosan istiqbol ko’rsatkichlarini belgilash, kichik yoshdagi bolalari bo’lgan va ko’p bolali onalarni, nafaqaxo’r va nogironlarni kafolatlashtirilgan ish joylari bilan ta’minlash, ularga turli ijtimoiy-iqtisodiy imtiyozlar berish orqali moddiy manfaatdorligini oshirish hamda ish bilan ta’minlanishini yaxshilashga erishish kiradi. Mamlakatimizda bo‘sh va kvotalanadigan ish o‘rinlariga band bo‘lmagan aholini joylashtirish, o‘zini o‘zi band qilishning samarali yo‘llarini rivojlantirish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda. Bu borada har yili maxsus dasturlar qabul qilinyapti. Lekin, shunga qaramay, fuqarolarni ish bilan ta’minlashda ijobiy natijalarga erisha olmayapmiz. Bosh prokuratura huzuridagi Axborot-tahlil multimedia markazi ma’lumotlariga ko‘ra, hozirgi kunda mamlakatimiz aholisining qariyb 1,5 million nafari ish o‘rniga muhtojligi, bu ishga yaroqli aholi sonining salkam 10 foizini tashkil qilishi ham ana shunday deyishga asos bo‘ladi. Yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi, ayniqsa, yoshlar bandligini ta’minlash masalasidagi muammolarni bartaraf etishning yangi va samarali mexanizmlari Prezidentimizning “Aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlarni takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida aks ettirildi. Qaror bilan aholi bandligini ta’minlash yo‘nalishidagi faoliyatni takomillashtirish hamda amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirishga doir “Yo‘l xaritasi” ham tasdiqlandi. Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari ham oshirilmoqda. Jamg‘armaga shu yilning o‘zida respublika byudjetidan qo‘shimcha 150 milliard so‘m, 2019 yildan boshlab esa 300 milliard so‘m miqdorida mablag‘ ajratib boriladi. Hujjatga ko‘ra, kichik tadbirkorlik subyektlariga, fermer va dehqon xo‘jaliklariga, oilaviy tadbirkorlik subyektlariga eng kam ish haqining 500 baravarigacha bo‘lgan miqdorda uch yilga olti oylik imtiyozli davr bilan mikrokreditlar beriladigan bo‘ldi. Download 37.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling