Reja: Ishsizlikning ijtimoiy iqtisodiy mazmuni
Ishsizlikning asosiy mezonlari va ko’rsatkichlari
Download 37.19 Kb.
|
1. Ishsizlikning ijtimoiy iqtisodiy mazmuni Ishsizlikning sababl
- Bu sahifa navigatsiya:
- A) Yashirin ishsizlik
- B) Mavsumiy ishsizlik
3. Ishsizlikning asosiy mezonlari va ko’rsatkichlari
Ishsizlik holatining demografik, ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa jihatlari quyidagi mezonlarda o’z aksini topadi: ishchi kuchiga talab va taklif o’rtasida bozor muvozanatiga erishish; ishchi kuchi taklifini kamaytirish; ish joylarini ko’paytirish; iqtisodiy faol aholining mehnatda ishtirokini oshirish; kadrlar malakasi, safarbarligi va raqobatbardoshligini oshirish; aholining mehnat daromadlarini ko’paytirish va boshqalar. Mazkur mezonlar quyidagi ishsizlik ko’rsatkichlari yordamida aniqlanadi: mavjud va yangi yaratilgan ish joylarining soni; bajarilgan ish vaqtining miqdori; aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan yalpi ichki mahsulotning hajmi; mahalliy va jalb etilgan mehnat resurslarining soni; aholining migrasion oqimi; mehnatning fond va energiya bilan qurollanishi; ijtimoiy infratuzilma xizmatlarining hajmi; qishloq xo’jaligi har bir xodimining yer yuklanmasi; o’rtacha yillik ish haqi; har bir aholining uy-joy bilan ta’minlanishi; mehnat resurslarining malaka va ma’lumot darajasi; sanoat korxonalaridagi asosiy fondlardan foydalanishning smenalik koeffisiyenti; ijtimoiy ishlab chiqarishda ish bilan band bo’lmagan shaxslar va ishsizlik soni hamda ularning nafaqa miqdori; mehnatning umumiy natijalaridan va ijtimoiy infratuzilma xizmatlaridan qanoatlanish darajasi; mulkchilikning turli shakllari va mehnatni tashkil qilishning samaradorligi va hokazolar. Yuqorida qayd etilgan mezonlar va ko’rsatkichlardan ishsizlik holatini tahlil qilish va istiqbollashtirishda hamda uning turli ko’rinishlari miqdorlarini aniqlashda foydalanish mumkin. Bizningcha, ishsizlikning turli shakllari quyidagicha aniqlanadi. A) Yashirin ishsizlik: Iyash(t)qRhq (t)-R ni (t), (1.) Bu yerda: Rhq (t) – haqiqiy band bo’lgan ishlovchilar soni (hq), ming kishi; R ni – (t) – ish bilan band bo’lishi zarur bo’lgan normativ ishovchilar soni(ni), ming kishi. B) Mavsumiy ishsizlik: Imav (t) qR (t)Q Rmav (t), (2.) Bu yerda: Rmav (t) - qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash va aholiga xizmat ko’rsatishning qizg’in davrida mavsumiy ish bilan band, mehnatga layoqatli shaxslar soni, ming kishi. Download 37.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling