Reja: iso 22000 standarti va uning mohiyatini o’rganish


Download 253.25 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana17.06.2023
Hajmi253.25 Kb.
#1543162
  1   2   3   4
Bog'liq
12-Ma\'ruza (2)



12-MА’RUZА. ISO 22000 STANDARTI VA UNING MOHIYATI VA UNING 
MOHIYATINI O’RGANISH 
 
Reja:
1. ISO 22000 standarti va uning mohiyatini o’rganish. 
2. Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligiga qo’yilgan talablarni o’rganish. 
Zamonaviy oziq-ovqat sanoatida sifat va xavfsizikni boshqarishning asosiy elementlari: ISO 
9000 xalqaro standartiga muvofiq korxonaning sifat menejment tizimi (SMT); HACCP tamoyillariga 
muvofiq oziqlanish mahsulotlari xavfsizlik tizimi; ishlab chiqarishda sanitariya va gigiena (GMP) 
tizimi; ISO 14000 bo‘yicha ekologik menejmenti tizimi bo‘lib hisoblanadi. 2005 yilning 1 
sentyabridan oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi tizimiga talablarni o‘rnatuvchi ISO 22000 seriyali 
standartlar amalga joriy etildi. 
Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi menejmenti tizimi korxonalarga quyidagi maqsadlarni 
bajarish uchun kerak bo‘ladi: 
• ishlab chiqarish jarayonlarining barcha bosqichlarida va barcha xavfsizik omillari va muhim 
kritik elementlarining munosabatlarida oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligini boshqarish; 
• nazorat idoralari, hamkorlar va iste’molchilar talablarini qondirish; 
hujjatlarni boshqarish, javobgarlik va vakolatlarni taqsimlash, biznes-jarayonlarni 
shakllantirish va tartibga solish natijasida korxonaning boshqarish tizimini optimallashtirish. 
AQShda Evropa ittifoqi mamlakatlarida gigiena va sanitariya sohasida ishlab chiqarish 
xatolarining xavf-xatarini minimumga olib borishga foydalaniladigan SMTning qismi GMP qoidalari 
bo‘lib hisoblanadi. 
GMP (Good Manufacturing Practice) – bu Yaxshi Ishlab chiqarish amaliyoti ES 93G‘43 
Direktivida o‘rnatilgan bo‘lib, oziq-ovqat biznesida faoliyat olib borayotgan va bu sohada ish olib 
borishni boshlaganlarga ruxsat olishi uchun kerakli shartlarni bajarishga zaruriy bo‘lib hisoblanadi. 
GMP - FDA (AQSh dori vositalari va oziq-ovqat mahsulotlarini nazorat qilish bo‘yicha 
hukmat Agentligi) nazoratida turgan bir qancha oziq-ovqatlar va medikamentlarni ishlab chiqarish 
uchun me’yorlar, qoidalar va qo‘llanmalar majmuasidir. GMP umumiy qoidalariga muvofiq turli xil 
mamlakatlar alohida mahsulot turlarini ishlab chiqarish jarayonlarini aniqlashtirish sharoitlarida 
muvofiqlashtiruvchi, standartlar va hujjatlarni ishlab chiqishmoqda.
GMP qoidalarida mahsulotni ishlab chiqarish, saqlash, tashish va foydalanish jarayonlarida 
sanitar-gigienik chora-tadbirlarni amalga oshirishga asosiy e’tibor qaratilgan. 
GMP qoidalari shuningdek, ishlab chiqaruvchilardan o‘rnatilgan talablarga muvofiq 
o‘lchashlar usuli va vositalari, asosiy va qo‘shimcha qurilmalarni, texnologik jarayonlarning ishchi 
holatda ekanligini isbotlashni talab etadi. O‘zbekistonda “Aholi sog‘lig‘i-salomatligi sanitar-
epidemologiyasi to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq va sog‘liqni saqlash vazirligi qoidalariga muvofik, 
sanitar-gigenik qoida va me’yorlariga asosan xalq iste’moli mahsulotlari va xom-ashyolarini ayri 
boshlash va savdo tashkilotlariga sanitar-epidemologiya talablari; sanitar-epidimeologiya 
(profilaktika) chora-tadbirlarini bajarish va sanitar qoidalariga rioya etish bo‘yicha ishlab chiqarish 
nazorati tashkil etish va o‘tkazish, oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligiga mos bo‘lgan gigenik talablar 
bo‘lib hisoblanadi. “Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘rsida”ga qonunga muvofiq mahsulotlar, 

Download 253.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling