Reja: Iste’molchilarning hatti harakati tahlili


Iste’molchining optimal tanlovi


Download 111.47 Kb.
bet8/10
Sana25.02.2023
Hajmi111.47 Kb.
#1229740
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
buxgalteriya hisobi.pptx

4.Iste’molchining optimal tanlovi

Iste’molchi nimani afzal ko‘rishi va byudjet chegaralanishini ko‘rib chiqildi, endi ayrim iste’molchilar har bir tovar turidan qanchasini xarid etish uchun ularni tanlab olishini ko‘rishimiz mumkin. Iste’molchilar o‘z tanlovini oqilona bajaradilar deb taxmin qilamiz. Bu bilan iste’molchilar mavjud va chegarali byudjetiga qarab tovarlarni o‘z ehtiyojlarini maksimal ravishda qondira oladigan qilib tanlaydilar. Iste’mol tovarlari va xizmatlar to‘plamining optimal tanlovi ikki talabga javob berishi lozim. Birinchidan, tanlov byudjet chizig‘ida bo‘lishi bo‘lishi mumkin. Ikkinchi muhim sharti, iste’mol tovarlari va xizmatlarning optimal to‘plami imte’molchilarga ular eng ma’qul ko‘rgan kombinatsiyada yetkazib berilishi lozim.

Iste’molchilik hatti-harakati qoidasi - bir tovarga sarflangan pul qiymati hisob-kitobining yuqori foydaliligi, boshqa tovarga sarflangan pul qiymatining yuqori foydaliligiga teng bo‘lsa optimumga intiladi.

Iste’molchilik muvozanati iste’molchining byudjet harajatlari tarkibi, unga xarid qilingan jami iste’mol ne’matlari to‘plamidan katta umumiy foydalilikni ta’minlovchi holatdir.

Iste’molchining yalpi nafliligini maksimallashtiruvchi tovarlar yig‘imi iste’molchining optimal nuqtasi hisoblanadi.

Ideal rasional iste’molchi - Homo economicus (tejamkor kishi) – shaxsiy afzalliklari tizimini mutlaqo aniq biladigan, barcha muqobillarni hisobga oladigan va o‘zi uchun maksimal foyda olish tamoyiliga muvofiq holda qaror qabul qiladigan kishi.

Iqtisodiyot nazariyasida iste’molchi tanlovini o‘rganishda mazkur tanlov oqilona ravishda amalga oshiriladi, deb taxmin qilinadi:

  1. mavjud va chegarali byudjetdan to‘liq foydalaniladi

  2. . ehtiyojlar maksimal darajada qondiriladi

Optimal tanlov quyidagi talablarni keltirib chiqaradi:

1) tanlov nuqtasining byudjet chizig‘ida yotishi. Iste’molchi amalda barcha daromadini iste’molga sarflamay, ma’lum qismini kelgusidagi iste’molga qoldirsada, nazariy jihatdan biz uni barchasi sarflanadi, deb faraz qilamiz. Agar nuqta byudjet chizig‘idan chapda yotsa – uning to‘liq sarflanmaganligini, o‘ngda yotsa – imkoniyat darajasidan chetda ekanligini tushunamiz.


Download 111.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling