Reja: Jahon iqtisodiyotida turli moliyaviy-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy inqirozlarning yuzaga kelish sabablari


Download 37.71 Kb.
bet1/2
Sana08.01.2022
Hajmi37.71 Kb.
#246236
  1   2
Bog'liq
KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH VA QISHLOQ AHOLISINING DAROMADLARINI KO‘PAYTIRISHDA ENG TEZ NATIJA BERADIGAN OMILLAR.


KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH VA QISHLOQ AHOLISINING DAROMADLARINI KO‘PAYTIRISHDA ENG TEZ NATIJA BERADIGAN OMILLAR.

REJA:

1. Jahon iqtisodiyotida turli moliyaviy-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy inqirozlarning yuzaga kelish sabablari.

2. O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirish va aholini ish bilan ta’minlash borasida olib borilyotgan davlat siyosati.

3. O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirish va qishloq axolisi daromadlarini ko‘paytirishda eng tez natija beradigan omillar.

4. Xulosa va takliflar

Jahon iqtisodiyotida turli moliyaviy-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy inqirozlarning yuzaga kelish sabablari. Jahon moliyaviy inqirozining O‘zbekiston iqtisodiyotiga ta’siri hamda uning oqibatlarini oldini olish va yumshatishga asos bo‘lgan omillar
Bugungi kunning eng dolzarb muammosi — bu 2008 yilda boshlangan jahon moliyaviy inqirozi, uning ta’siri va salbiy oqibatlari, yuzaga kelayotgan vaziyatdan chiqish yo‘llarini izlashdan iborat.Avvalo, jahon moliyaviy inqirozi haqida.

Bu inqiroz Amerika Qo‘shma Shtatlarida ipotekali kreditlash tizimida ro‘y bergan tanglik holatidan boshlandi. So‘ngra bu jarayonning miqyosi kengayib, yirik banklar va moliyaviy tuzilmalarning likvidlik, ya’ni to‘lov qobiliyati zaiflashib, moliyaviy inqirozga aylanib ketdi. Dunyoning yetakchi fond bozorlarida eng yirik kompaniyalar indekslari va aksiyalarning bozor qiymati halokatli darajada tushib ketishiga olib keldi. Bularning barchasi, o‘z navbatida, ko‘plab mamlakatlarda ishlab chiqarish va iqtisodiy o‘sish sur’atlarining keskin pasayib ketishi bilan bog‘liq ishsizlik va boshqa salbiy oqibatlarni keltirib chiqardi.

Ishlab chiqarish, moddiy ishlab chiqarish - jamiyatning yashashi va taraqqiy etishi uchun zarur boʻlgan moddiy boyliklar (turli iqti-sodiy mahsulotlar)ni yaratish jarayo-ni; ishlab chiqarish omillarini isteʼ-mol va investitsiyalar uchun moʻljallangan tovarlar va xizmatlarga aylantirish. I.ch.

Hozirgi vaqtda bir qator yetakchi tahlil va ekspertlik markazlari global moliyaviy inqiroz holatini va uning yuz berishi mumkin bo‘lgan oqibatlariga doir materiallarni o‘rganish va umumlashtirish natijasida quyidagi xulosalarga kelmoqda.


Birinchidan, moliya-bank tizimidagi inqiroz jarayonlari deyarli butun dunyoni qamrab olayotgani, retsessiya va iqtisodiy pasayishning muqarrarligi, investitsiyaviy faollik ko‘lamining cheklanishi, talab va xalqaro savdo hajmining kamayishi, shuningdek, jahonning ko‘plab mamlakatlariga ta’sir ko‘rsatadigan jiddiy ijtimoiy talafotlar sodir bo‘lishi mumkinligi o‘z tasdig‘ini topmoqda.
Ikkinchidan, avj olib borayotgan global moliyaviy inqiroz jahon moliya-bank tizimida jiddiy nuqsonlar mavjudligi va ushbu tizimni tubdan isloh qilish zarurligini ko‘rsatdi. Ayni vaqtda bu inqiroz asosan o‘z korporativ manfaatlarini ko‘zlab ish yuritib kelgan, kredit va qimmatbaho qog‘ozlar bozorlarida turli spekulyativ amaliyotlarga berilib ketgan banklar faoliyati ustidan yetarli darajada nazorat yo‘qligini ham tasdiqladi.
Uchinchidan, moliyaviy-iqtisodiy inqirozning har qaysi davlatdagi miqyosi, ko‘lami va oqibatlari qanday bo‘lishi ko‘p jihatdan bir qancha omillardan kelib chiqadi. Ya’ni, bu avvalo, ana shu davlatning moliya-valyuta tizimi nechog‘liq mustahkam ekaniga, milliy kredit institutlarining qay darajada kapitallashuvi va likvidligi (to‘lov imkoniga), ularning chet el va korporativ bank tuzilmalariga qanchalik qaram ekaniga, shuningdek, oltin-valyuta zaxirasining hajmi, xorijiy kreditlarni qaytarish qobiliyati va pirovard natijada — mamlakat iqtisodiyotining barqarorlik, diversifikatsiya va raqobatga bardoshlik darajasiga bog‘liq.
To‘rtinchidan, jahon moliyaviy inqirozidan imkon qadar tez chiqish, uning oqibatlarini yengillashtirish ko‘p jihatdan har qaysi davlat doirasida va umuman, dunyo hamjamiyati miqyosida qabul qilinayotgan chora-tadbirlarning qanchalik samaradorligiga, ularning bir-biri bilan uyg‘unligiga bog‘liq.
2008 yil noyabr oyida Vashingtonda, jahon yalpi mahsulotining 85 foizini ishlab chiqaradigan 20 ta yirik davlat ishtirokida bo‘lib o‘tgan sammit global moliyaviy inqirozning ko‘lami tobora kengayib borayotganini tasdiqladi.
Ushbu sammitda bo‘lib o‘tgan muhokamalar shuni ko‘rsatdiki, bugun jahon moliyaviy inqirozining oldini olish haqida so‘z borayotgani yo‘q, balki undan qanday qilib chiqish yo‘llari izlanmoqda, xolos. Ya’ni, bu masalada vaziyat shu darajaga yetdiki, endi avvalgi marralarga qaytish haqida so‘z yuritishga asos yo‘q.
Muhokamalarda inqirozni keltirib chiqargan sabablar tahlili bo‘yicha sammit ishtirokchilarining yagona yondashuvga ega emasligi, shu bois ushbu global moliyaviy inqirozning jiddiy va uzoq davom etadigan oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan umumiy va samarali dastur ishlab chiqish haqida gapirishga hali erta ekani ayon bo‘ldi.

Dastur - 1) biron-bir faoliyat, ishning mazmuni va rejasi; 2) siyosiy partiyalar, tashkilotlar, alohida arboblar faoliyatining asosiy qoidalari va maqsadlari bayoni; 3) oʻquv fani mazmunining qisqacha izohi; 4) teatr, konsertlar va b.


Shu bilan birga, mazkur sammitning bo‘lib o‘tgani, unda jahon moliya inqirozi bilan bog‘liq muammolar va vujudga kelgan vaziyat muhokama qilinganining o‘zi umid uyg‘otadigan ijobiy hol ekani shubhasiz.


Jahon moliyaviy inqirozining har bir mamlakatga ta’siri, undan ko‘riladigan zararning darajasi va ko‘lami birinchi navbatda shu davlatning moliyaviy-iqtisodiy va bank tizimlarining nechog‘liq barqaror va ishonchli ekaniga, ularning himoya mexanizmlari qanchalik kuchli ekaniga bog‘liqligini isbotlashga hojat yo‘q, deb o‘ylayman.
O‘zbekistonda qabul qilingan o‘ziga xos islohot va modernizatsiya modeli orqali biz o‘z oldimizga uzoq va davomli milliy manfaatlarimizni amalga oshirish vazifasini qo‘yar ekanmiz, eng avvalo, "shok terapiyasi" deb atalgan usullarni bizga chetdan turib joriy etishga qaratilgan urinishlardan, bozor iqtisodiyoti o‘zini o‘zi tartibga soladi, degan o‘ta jo‘n va aldamchi tasavvurlardan voz kechdik.
Ma’muriy-buyruqbozlik tizimidan boshqaruvning bozor tizimiga o‘tish jarayonida tadrijiy yondashuvni, "Yangi uy qurmasdan turib, eskisini buzmang" degan hayotiy tamoyilga tayangan holda, islohotlarni izchil va bosqichma-bosqich amalga oshirish yo‘lini tanladik.
Eng muhimi, parokandalik va boshboshdoqlik ta’siriga tushib qolmaslik uchun o‘tish davrida aynan davlat bosh islohotchi sifatida mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishi zarurligini biz o‘zimizga aniq belgilab oldik.
Mamlakatimizning uzoq va davomli manfaatlari taqozo etgan holatlarda va keskin vaziyatlardan chiqish, ular tug‘diradigan muammolarni hal etish zarur bo‘lganda iqtisodiyotda davlat tomonidan boshqaruv usullari qo‘llandi va bunday yondashuv oxir-oqibatda o‘zini to‘la oqladi.

Hukumat - davlatning oliy kollegial ijroiya organi. H. turli mamlakatlarda turlicha nom bilan ataladi: Vazirlar Kengashi (Fransiya, Italiya, Polsha), Vazirlar Mahkamasi (Buyuk Britaniya, Oʻzbekiston), davlat kengashi (XXR) va h.k. H.

Shu o‘rinda O‘zbekistonda moliyaviy-iqtisodiy, byudjet, bank-kredit tizimi, shuningdek, iqtisodiyotning real sektori korxonalari va tarmoqlarining barqaror hamda uzluksiz ishlashini ta’minlash uchun yetarli darajada mustahkam zaxiralar yaratilganini va zarur resurslar bazasi mavjud ekanini ta’kidlash joiz.
Ayrim misollarga to‘xtalib o‘tsam.
Hech kimga sir emaski, bugun keng ko‘lamda tarqalib borayotgan jahon moliyaviy inqirozining asosiy sabablaridan biri — bu banklar likvidligi, ya’ni to‘lov qobiliyatining zaifligi bilan bog‘liq muammoning keskinlashuvi, kredit bozoridagi tanglik, sodda qilib aytganda, pul mablag‘larining yetishmasligi bilan izohlanadi.
Mamlakatimizda esa birgina tijorat banklarining aktivlari miqdori, "Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash kafolatlari to‘g‘risida"gi qonunga muvofiq shakllangan zaxiralarni hisobga olgan holda, 13 trillion 360 milliard so‘mdan oshadi. Bu aholi va xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning jalb qilingan depozitlari hajmidan taxminan 2,4 barobar ko‘p demakdir.

Aholi - Yer yuzida yoki uning muayyan hududi, qitʼa, mamlakat, tuman, shaharida istiqomat qiluvchi odam (inson) lar majmui. Aholini tadqiq etish bilan maxsus fan - Demografiya shugʻullanadi.aholi oʻrtasida sodir boʻlayotgan jarayonlar biologik, geografik, ijtimoiy-iqtisodiy omillar taʼsirining natijasidir.

Bank aktivlari hajmining sezilarli darajada oshganini hisobga olib, bugungi kunda respublikamizda aholining banklardagi barcha depozitlarini davlat tomonidan yuz foiz kafolatlash ta’minlanmoqda.
Shu borada 2006 yilda tashkil etilgan "Mikrokreditbank"ning faoliyati xususida alohida to‘xtalish joiz. Mamlakatimiz hududlarida 78 ta filiali va 270 dan ziyod minibanki faoliyat ko‘rsatayotgan mazkur bank kichik biznes va xususiy tadbirkorlik tarmog‘ini kreditlar bilan ta’minlashga xizmat qilmoqda.
2007—2008 yillar davomida ushbu bank aktivlari miqdori 3,5 barobar, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni kreditlash hajmi 4 barobarga oshdi va bu maqsadlarga 150 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirildi.
Prezident farmoni asosida "Mikrokreditbank" ustav jamg‘armasini 72 milliard so‘mga oshirish va uning hajmini 150 milliard so‘mga yetkazish haqida qaror qabul qilindi.
Yana bir masala — tashqi qarz va uni uzish muammolari bilan bog‘liq.
Shuni aytish kerakki, ko‘plab davlatlarning tashqi qarz masalasidagi puxta o‘ylanmagan siyosati ularning iqtisodiyotini zaif, tashqi omillarga qaram, xatarli vaziyatlar oldida himoyasiz va nochor ahvolga solib qo‘yganini ko‘rish, kuzatish qiyin emas.
O‘zbekiston o‘zining mustaqil taraqqiyoti davrida qisqa muddatli spekulyativ kreditlardan voz kechib, chet el investitsiyalarini uzoq muddatli va imtiyozli foiz stavkalari bo‘yicha jalb etish tamoyiliga doimo amal qilib kelmoqda.

Mustaqillik - davlatning ichki va tashqi ishlarda boshqa davlatlarga qaram boʻlmay faoliyat koʻrsatishi. M. tamoyillariga rioya etish davlatlararo oʻzaro munosabatlarda yetakchi, hukmron qoidadir. Har bir davlatning mustaqilligini tan olish oʻzaro tinchtotuv yashashning prinsiplaridan biridir.

Shuni ham qayd etishni istardimki, qarzni o‘z vaqtida qaytara olishga qat’iy ishonchimiz va kafolatimiz bo‘lmagan paytlarda muayyan loyihalarni kreditlash bo‘yicha ayrim takliflardan voz kechgan holatlarimiz ham bo‘ldi.
Tijorat banklarimizning tashqi majburiyatlar bo‘yicha to‘lovlarining holati va hajmi masalasi bo‘yicha so‘z yuritganda hech qanday xavotirga o‘rin yo‘q. Bu ham respublikamiz bank tizimi jahon moliyaviy inqirozining salbiy ta’siri va oqibatlaridan ishonchli tarzda himoyalanganini ko‘rsatadi.
O‘zbekiston o‘zining ishonchli va to‘lov qobiliyatiga ega hamkor ekanini, mamlakatimizda chet el sarmoyasini jalb etish bo‘yicha har tomonlama qulay shart-sharoitlar yaratilganini amalda isbotlamoqda.
2007—2008 yillar davomida o‘zlashtirilgan chet el investitsiyalari hajmi 2,5 barobardan ko‘proq oshganining o‘zi ham buni tasdiqlab turibdi.
Umuman, 2009 yilda mamlakat iqtisodiyotiga kiritiladigan xorijiy va ichki investitsiyalarni hisobga olganda, kapital qo‘yilmalarning umumiy hajmi mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotining kamida 25 foizini tashkil etadi.
Aholining ish haqi va daromadlarini izchil va oldindan oshirib borish hamda iste’mol bozorida narxlar indeksining asossiz tarzda o‘sishining oldini olishga doir chora-tadbirlar ham izchillik bilan amalga oshirilmoqda. Bu esa el-yurtimizning farovonligini yuksaltirish, aholining xarid qobiliyatini oshirishni ko‘zda tutadigan eng muhim ustuvor maqsadlarimizga to‘la mos keladi.
Tabiiyki, yuqorida keltirilgan misol va raqamlardan tobora chuqurlashib borayotgan jahon moliyaviy inqirozi mamlakatimizga ta’sir ko‘rsatmaydi, bizni chetlab o‘tadi, degan xulosa chiqarmaslik kerak. Masalani bunday tushunish o‘ta soddalik, aytish mumkinki, kechirib bo‘lmas xato bo‘lur edi.
Barchamiz bir haqiqatni anglab yetishimiz lozim — O‘zbekiston bugun xalqaro hamjamiyatning va global moliyaviy-iqtisodiy bozorning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi.
Buning tasdig‘ini tashqi dunyo bilan aloqalarimiz tobora kengayib borayotganida, taraqqiy topgan yetakchi davlatlar ko‘magida iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish, modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash bo‘yicha dasturlarning amalga oshirilayotganida, O‘zbekistonning xalqaro savdo tizimiga integratsiyalashuvida, mahsulot va tovarlar importi va eksportining o‘sib borishida va boshqa misollarda yaqqol ko‘rishimiz mumkin.
Shu bois global moliyaviy inqiroz va birinchi navbatda uning oqibatlari iqtisodiyotimizning rivojlanishi va samaradorlik holatlariga ta’sir etayotganidan ko‘z yumib bo‘lmaydi.
Jahon bozorida talabning pasayib borishi oqibatida O‘zbekiston eksport qiladigan qimmatbaho va rangli metallar, paxta, uran, neft mahsulotlari, mineral o‘g‘itlar va boshqa mahsulotlarning narxi tushib bormoqda.

Metallar (yun. metalleuo - qaziyman, yerdan qazib olaman) - oddiy sharoitda yuqori elektr oʻtkazuvchanligi, issiq oʻtkazuvchanligi, elektr oʻtkazuvchanligi, elektr magnit toʻlqinlarini yaxshi qaytarishi, plastikligi kabi oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻlgan oddiy moddalar. M.

Bu esa, o‘z navbatida, xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar va investorlarning eksportdan oladigan tushumlari kamayishiga olib keladi. Ularning foyda ko‘rishiga va ishlab chiqarish rentabelligiga, oxir-oqibatda esa makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarimizning o‘sish sur’atlari va iqtisodiyotimizning boshqa tomonlariga salbiy ta’sir etadi.
Shubha yo‘q, jahon moliyaviy inqirozining ta’sirini kamaytirish va uning oqibatlarini bartaraf etish uchun bizda barcha zarur shart-sharoitlar mavjud. Avvalambor keyingi davr mobaynida mamlakatimizning iqtisodiy va moliyaviy salohiyatining puxta poydevorini, moliya-bank tizimining ishonchli boshqaruv mexanizmlarini o‘z vaqtida shakllantirib va mustahkamlab olganimiz bunga kafolat va asos bo‘lib xizmat qilishi muqarrar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yaqinda qabul qilingan farmoni bilan jahon moliya inqirozining oqibatlariga qarshi kurash yo‘lida bank va moliya tuzilmalariga qo‘shimcha yordam berish, iqtisodiyotning real sektori korxona va kompaniyalarining faolligini kuchaytirish va rag‘batlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishga solish ko‘zda tutilgan.

Kurash - sport turi, belgilangan qoidaga muvofiq ikki sportchining yakkama-yakka olishuvi. Kurashish sanʼati koʻp xalqlarda qadim zamonlardan buyon maʼlum. K. ayniqsa Yunonistonda keng tarqalib, qad. olimpiada musobaqalaridan doimiy oʻrin olib kelgan.

Qarshi (1926 37 yillarda Behbudiy) - Qashqadaryo viloyatidagi shahar (1926 yildan), viloyat markazi (1943 yildan). Qashqadaryo vohasining markazida, Qashqadaryo boʻyida, xalqaro t. yil va avtomobil yoʻllari kesishgan joyda.

Respublika (lot. respublica, res - ish va publicus - ijtimoiy, umumxalq) - davlat boshqaruvi shakli, unda bar cha davlat hokimiyati organlari saylab qoʻyiladi yoki umummilliy vakolatli muassasalar (parlamentlar) tomonidan shakllantiriladi, fuqarolar esa shaxsiy va siyosiy huquqlarga ega boʻladilar.



Bir so‘z bilan aytganda, mamlakatimizda global inqirozning oqibatlarini, bugungi va ertangi kutiladigan ta’sirini hisobga olgan holda, qat’iy, har tomonlama o‘ylangan keng ko‘lamli loyihalar bugun amalga oshirilmoqda.
Albatta, mamlakatimizda bunday chora-tadbirlar tatbiq qilinishi bilan bir qatorda bu jiddiy sinovni yengish, hech shubhasiz, ko‘p jihatdan hammamizdan avvalo mas’uliyatimizni teran his qilishni, barcha imkoniyat va resurslarimizni ishga solishni talab qiladi.
II. Bank tizimini qo‘llab-quvvatlash, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik yangilash va diversifikatsiya qilish, innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish — O‘zbekiston uchun inqirozni bartaraf etish va jahon bozorida yangi marralarga chiqishning ishonchli yo‘lidir
Iqtisodiyotimizning jahon xo‘jalik va moliyaviy-iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuv jarayoni tobora chuqurlashib borayotganini inobatga oladigan bo‘lsak, jahon moliyaviy inqirozi, avvalo uning oqibatlari bizga ham salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani haqida gapirib o‘tirishning hech qanday zarurati bo‘lmasa kerak, deb o‘ylayman.
Yana takror aytishga to‘g‘ri keladi — bunday ta’sir, avvalambor, umuman dunyo bozoridagi talab va narxlarning keskin tushib ketishida va tabiiyki, mamlakatimiz eksport qiladigan mahsulotlarning muhim turlariga nisbatan hamda eksportga yo‘naltirilgan yetakchi tarmoqlar va ular bilan bog‘liq turdosh korxonalar faoliyatida namoyon bo‘lmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, butun iqtisodiyotimizning mutanosib va samarali rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda, ko‘zda tutilgan loyihalarni amalga oshirish, o‘z oldimizga qo‘ygan maqsadlarga erishish yo‘lida ko‘plab muammolarni tug‘dirmoqda. Muxtasar aytganda, 2008 yil biz uchun, birinchi navbatda mamlakatimiz mehnatkashlari uchun g‘oyat murakkab va og‘ir bo‘ldi.
Lekin, yuzaga kelgan barcha muammo va qiyinchiliklarga qaramay, xalqimizning fidokorona mehnati va amalga oshirilgan tadbirlar evaziga 2008 yilda iqtisodiyotimizning nafaqat barqaror faoliyat ko‘rsatishiga, balki uning yuqori o‘sish sur’atlarini izchil ta’minlashga erishdik.
2008 yilda yalpi ichki mahsulotning o‘sish sur’atlari 9 foizni, sanoatda 12,7 foizni, jumladan, iste’mol tovarlari ishlab chiqarishda 17,7 foizni tashkil etdi, xizmat ko‘rsatish hajmi 21,3 foizga o‘sdi.
Iqtisodiyotning boshqa muhim tarmoqlari ham barqaror sur’atlar bilan rivojlandi: qurilish — 8,3 foiz, transportda yuk va yo‘lovchi tashish hajmi — 10,2 foiz, savdo sohasi — 7,2 foizga o‘sdi. Qishloq xo‘jaligida 4,5 foiz o‘sishga erishilib, 3 million 410 ming tonna paxta xom ashyosi tayyorlandi, 6 million 330 ming tonna g‘alla, shu jumladan, 6 million 145 ming tonna bug‘doy yetishtirildi.
Davlat byudjeti ortig‘i bilan bajarildi, ko‘zda tutilgan defitsit o‘rniga yalpi ichki mahsulotga nisbatan 1,5 foiz miqdorida profitsitga erishildi.
Puxta o‘ylangan qat’iy pul-kredit siyosatini izchil olib borish tufayli inflyatsiya ko‘zda tutilgan prognoz ko‘rsatkichlari chegarasida, ya’ni yillik 7,8 foiz darajasida saqlab qolindi.
Shu o‘rinda mamlakatimizda mehnatni rag‘batlantirish, ish haqini ko‘paytirish va aholi daromadlari o‘sishini ta’minlashga qaratilgan siyosatni amalga oshirish bo‘yicha qo‘lga kiritilgan natijalar haqida alohida to‘xtalib o‘tmoqchiman.
2008 yilda o‘rtacha ish haqi byudjet tashkilotlarida 1,5 barobardan ziyod, butun iqtisodiyot bo‘yicha esa 1,4 barobar oshdi. Natijada o‘rtacha ish haqi miqdori 300 AQSH dollaridan ortiq bo‘ldi. Jahon bankining ma’lumotlariga ko‘ra, jahon iqtisodiyoti oxirgi 50 yilda to‘rt marotaba tashqi qarz to‘lqinini boshidan kechirdi. Shundan, dastlabki uchtasi inqirozlar bilan yakunlandi. Ularning oxirgisi sifatida 2010 yildan buyon rivojlanayotgan mamlakatlarda qarz to‘lqini ­o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga chiqdi. 2018 yilda jami qarz 54 foiz punktga oshib, YaIMga nisbatan 170 foizni tashkil etdi. Joriy past foizli stavkalar yuqori qarz muammolarini bartaraf etishda asosiy vosita bo‘lishi mumkin . Hozirgi kunga qadar iqtisodiy inqirozlar turli moliyaviy instirumentlarning nobarqarorligidan kelib chiqqan bo‘lsa, joriy davrdagi inqirozni yuzaga kelishi tamomila o‘zgacha tus olganligi bilan farqlanadi. Jahon bozorida esa, yirik iqtisodiyotga ega mamlakatlar o‘rtasida milliy valyutalari vositasida o‘zaro iqtisodiy musobaqalar boshlanib ketdi. Ba’zi ekspertlarning xulosalari AQSh dollarining xalqaro valyuta bozoridagi o‘rni yuanning qadri oshishi ortidan xavf ostida qolishini aks ettirmoqda.

Iqtisodiy inqirozning kelib chiqish mohiyati har qanday mamlakat, shu jumladan industrial rivojlanmagan mamlakatlar ham iqtisodiy o’sishga, hamda to’liq bandlilik va narxlarning barqaror darajasiga erishishga harakat qiladi, ammo uzoq muddatli iqtisodiy o’sish bir tekis va uzluksiz bormaydi, u iqtisodiy barqarorlik davrlari bilan uzulib turadi. Iqtisodiy o’sish ketidan doimo inqiroz kelib turadi. Vaqti-vaqti bilan iqtisodiy qonunlarning o’zgartirib bo’lmaydigan ta’siri ostida takror ishlab chiqarish harakatida uzilishlar paydo bo’ladi va bu uzilish iqtisodiy nomutonosibliklarning keskin shaklida nomayon bo’lishidir. Iqtisodiy sikil deganda, odatda ishlab chiqarishning bir iqtisodiy holatidan, yoki bir inqirozdan ikkinchisi boshlanguncha qadar takrorlanib turadigan to’lqinsimon harakati tushiniladi. Inqiroz ishlab chiqarishning pasayishida ifodalanadi va siklning qayd etuvchi ifodasidir. U bir sikilni nihoyasiga yetkazib, yana muqarrar


ravishda inqiroz bilan tugaydigan yangisining boshlanishiga asos soladi; inqiroz vaziyatda asosiy kapitalning ortiqcha jamg’arilishi uning hamma funksional shakillarida nomoyon bo’ladi. Inqirozdan keyin turg’unlik keladi, uning davomida iqtisodiy faollik jonlanishi uchun sharoitda vujudga kelishi nihoyasiga yetadi.
Jonlanish fazosining boshlanishi ozmi-ko’pmi darajada barqaror ishlab chiqarishning kengayishiga o’tishni bildiradi. Bu bilan yangi inqiroz muqarrar bo’lib qoladi. Inqiroz fozasida ishlab chiqarish va bandlik qisqaradi, ammo narxlar pasayish tamoiliga berilmaydi. Inqirozning qo’yi nuqtasida ishlab chiqarish va bandlilik o’zining eng past darajasiga erishishi bilan harakterlanadi. Iqtisodiy inqiroz deb ishlab chiqarish hajmining keskin tushib ketishiga aytiladi. Inqirozning asosiy sababi takror ishlab chiqarishdagi beqarorlik va nomutanosibliklardir. Bu avvalo ishlab chiqarish uning natijalarini o’zlashtirish o’rtasidagi nomutanosiblik bulib u turli ishlab chiqarish usullari va iqtisodiy tizimning har xil nusxalarida turli shakillarda nomayon bo’ladi. Ishlab chiqarish bilan istemol talab va taklif o’rtasidagi vaqti-vaqti bilan yuzaga kelib turadigan nomutonosibliklar ham iqtisodiy inqirozlarning yuzaga chiqishi imkoniyatini saqlaydi.

O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirish va aholini ish bilan ta’minlash borasida olib borilyotgan davlat siyosati.



  • Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iborat.

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida aholini ish bilan ta’minlash sohasidagi munosabatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonun hujjatlari bilan ham tartibga solib boriladi.

  • Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida ushbu Qonundagidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.

  • Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risidagi qonun hujjatlari O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashab kelayotgan chet el fuqarolari hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga tatbiq etiladi.

  • Ish bilan ta’minlanish — fuqarolarning qonun hujjatlariga zid kelmaydigan, o‘z shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish bilan bog‘liq bo‘lgan, ularga ish haqi (mehnat daromadi) keltiradigan faoliyatidir.

  • Unumli va ijodiy mehnat qilishga bo‘lgan o‘z qobiliyatlarini tasarruf etish va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan har qanday faoliyat, shu jumladan haq to‘lanadigan ishni bajarishga aloqasi bo‘lmagan faoliyat bilan shug‘ullanish mutlaq huquqi fuqarolarga tegishlidir.

Majburiy mehnat, ya’ni biron-bir jazoni qo‘llash bilan tahdid qilish orqali ish bajarishga majburlash taqiqlanadi, qonunda belgilangan hollar bundan mustasno. Kishilarning ixtiyoriy ravishda ish bilan band bo‘lmasligi ularni javobgarlikka tortish uchun asos bo‘la olmaydi.

Quyidagilar ish bilan ta’minlangan deb hisoblanadi:

yollanib ishlayotgan, shu jumladan ishni haq evaziga to‘liqsiz ish vaqtida yoki uyda bajarayotgan, shuningdek haq to‘lanadigan boshqa ishga, shu jumladan vaqtinchalik ishga ega bo‘lgan;

betobligi, ta’tilda, kasbga tayyorlashda, qayta tayyorlashda, malaka oshirishda ekanligi, ishlab chiqarish to‘xtatib qo‘yilganligi munosabati bilan, shuningdek vaqtincha ish joyida bo‘lmaganda xodimning ish joyi qonun hujjatlariga muvofiq saqlanib turadigan boshqa hollarda vaqtincha ish joyida bo‘lmagan;

haq to‘lanadigan lavozimga saylangan yoki tayinlangan;

o‘zini ish bilan mustaqil ta’minlayotgan, shu jumladan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan, hunarmandlar, oilaviy korxonalar ishtirokchilari, dehqon xo‘jaliklari, ishlab chiqarish kooperativlari a’zolari, fermyerlar va qonun hujjatlariga muvofiq boshqalar;

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati qo‘shinlarida va ularning organlarida xizmatni o‘tayotgan, shuningdek muqobil xizmatni o‘tayotgan;

“Kasalni yashirsang, isitmasi oshkor qiladi”, deydi xalqimiz. Mamlakatimizda kambag‘allik ko‘p yillar davomida “yopiq mavzu” bo‘lib keldi. Bu kategoriyaning o‘rniga “kam ta’minlanganlik”, “ehtiyojmandlik”, degan tushunchalardan foydalandik. Lekin natija qanday bo‘ldi? Kambag‘allik darajasi kamayib qoldimi?

Tan olaylik, keyingi to‘rt yildagi ochiqlik siyosati tufayli “qozonda bori cho‘michga chiqdi”. Xalq bilan muloqotning samarali mexanizmi yo‘lga qo‘yilgach, haqiqiy ahvol, ya’niki odamlarning aslida qanday hayot kechirayotgani, ularning eng og‘riqli nuqtalari oshkor bo‘la boshladi.

O‘rganishlar natijasiga ko‘ra, hududlarda, ayniqsa, qishloq joylarda aholining aksariyat qismi yetarli daromad manbaiga ega emas. Dunyoning boshqa mamlakatlaridagi singari bizda ham kambag‘al qatlam mavjud. Ular taxminan 12-15 foizni tashkil etishi ham rost. Bu 4-5 million nafarga teng odam degani. Qarang, ana shu yurtdoshlarimizning bir kunlik daromadi o‘tgan yil boshida Prezidentimiz qayd etganidek, 10-13 ming so‘mdan oshmas ekan.



Xo‘sh, endi nima qilmoq kerak? Bu savol javobini davlatimiz rahbarining o‘zi sodda va ravon qilib aytdi: “Kambag‘allikni kamaytirish oylik yoki nafaqa miqdorini ko‘paytirish, yoppasiga kredit berish, degani emas. Buning uchun eng avvalo, aholini kasbga o‘qitish, moliyaviy savodxonligini oshirish, odamlarda tadbirkorlik hissini uyg‘otish, infratuzilmani yaxshilash, farzandlarini o‘qitish, sifatli davolanish, manzilli nafaqa to‘lash tizimini joriy qilish kerak”.

Markazdan – mahallagacha.Kambag‘allikdan faqat o‘sha qatlamga mansub odamlar jabr chekadi, deyish yanglish tushuncha. Bu nafaqat aholi, balki davlatning ham katta dardi va hatto, aytish mumkinki, fojiasidir. Bu holat xalqning sog‘lig‘i, mehnatga layoqati va ilmiy salohiyatiga putur yetkazadi. Shuningdek, uning oqibati Davlat byudjetining pasayishi va siyosiy jarayonlarning keskinlashishiga sabab bo‘ladi. Chunki kambag‘al toifa jadal iqtisodiy o‘sishdan foyda ko‘ra olmaydi. Jamiyatning turli sohalarida ishtirok etish imkoniyati ham cheklangan.Davlat esa bepul o‘rta ta’limni ta’minlash, tibbiy xizmatlarni asosiy paketini kafolatlash, ijtimoiy zaif, deb tasniflangan guruhlarga ixtisoslashgan yordam va kam ta’minlangan oilalarga imtiyozlar berishga majbur.

Eng yomoni, kambag‘allik holatiga tushib qolishdan ko‘ra, undan chiqib ketish ko‘p karra qiyinroq. Shu bois jamiyatimizda kambag‘allikni qisqartirish ayollar va yoshlar rolini oshirish, birinchi navbatda, ularga malaka berish hamda bandligini ta’minlash zarur. Bu vazifani samarali va sifatli bajarmasdan turib, ayollar hamda yoshlar manfaatlari bilan bog‘liq ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy masalalarni tizimli hal etish imkonsiz.Keyingi yillarda bu borada davlat siyosatini markazdan mahalla darajasigacha yuritadigan vertikal tizim joriy qilingani — quvonarli yangilik. Yoshlar masalalari bo‘yicha har bir tumanda alohida hokim o‘rinbosari, xotin-qizlar masalalariga har bir mahallada alohida rais o‘rinbosari mas’ul etib belgilanishi ham e’tirofga arziydigan voqeilik.Davlatimiz rahbarining mana bu yondashuvi esa tanlagan yo‘limiz naqadar to‘g‘riligini anglatadi: bundan keyin odamlarning uyiga borib, ishsizlarni ishga joylashtirish tizimini yaratishimiz kerak. Demak, yangi tizim endi qo‘llab-quvvatlashga muhtoj ayollar va yoshlar istiqomat qiladigan oilalargacha kirib boradi.Mahalla, tuman shahar va viloyat kesimida “yoshlar daftari” hamda “ayollar daftari” shakllantirilishi bu bo­rada amaliy qadamlar tashlanganini anglatadi. Mazkur daftarlar hokimlar, sektor rahbarlari, mutasaddi tashkilotlarni qaysi hududda ertamiz vorislari va nozik xilqat vakilalari masalalari bo‘yicha holat qandayligi haqida aniq ma’lumotga ega bo‘lishi hamda shunga qarab zaruriy chora-tadbirlarni belgilashida qo‘l keladi.

Diplom emas, malaka muhim.Bugungi globallashuv sharoitida yashash uchun kurash har qachongidan kuchli. Raqobat muhitida ishning ko‘zini biladigan xodim va mutaxassislarga talabgor ko‘p. Dunyoda iqtisodiy, huquqiy va mehnat munosabatlari jadal rivojlanyapti. Yangidan-yangi tarmoqlar paydo bo‘layotir. Tabiiyki, bunday sharoitda oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatsiz ham yaxshi daromad olish, o‘zini o‘zi band qilish imkoniyatlari kengaymoqda.

Xuddi shunday, mamlakatimizda ham tadbirkorlik hamda xizmat ko‘rsatish sohasi rivojlanishi ortidan diplom emas, muayyan malaka talab etadigan zamonaviy ish o‘rinlari ochilyapti. Bunday vaziyatda ishlashga ishtiyoqi bor yoshlar va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash muhim. Zero, hunarli va ishli kishilar jamiyat hayotiga tez moslashib, keyinchalik istaklariga mos imkoniyatlarni qidirib topish ko‘nikmasiga ega bo‘ladi. Prezidentimiz bu masalaga alohida e’tibor qaratib, “ijtimoiy shartnoma” tajribasini keng qo‘llash bo‘yicha vazifa va yo‘nalishlarni belgilab berganining boisi ham shunda.Odatda, ishsiz odamlar hunar o‘rganish, malaka egallash uchun mablag‘dan qiynalishadi. Endi davlat ayni shunday pallada yoshlar va ayollarga moddiy hamda ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatadi. Ajratiladigan mablag‘ mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasb-hunarlarni o‘rgatuvchi mingdan ziyod nodavlat ta’lim markazlari tashkil etilishiga xizmat qiladi. Bu vazifalarni bajarish uchun Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan 100 million AQSh dollari miqdoridagi mablag‘ yo‘naltirilishi ko‘zda tutilgan. Shuning 10 million dollari kasb-hunarga o‘qitish, 90 millioni esa o‘quv kurslarini tamomlab, ser­tifikat olganlarga imtiyozli kreditlar ajratishga sarflanadi.“Ijtimoiy shartnoma” orqali nodavlat kasb-hunar o‘quv kurslarida o‘qiyotgan o‘smirlar va ayollarga ta’lim xarajatlari uchun 1 million so‘mgacha sub­sidiya beriladi. Shu tariqa qo‘llab-quvvatlashga muhtoj aholi qatlami hunar o‘rganib, ishli bo‘lsa, hayotda o‘z o‘rnini topishga qiynalmaydi. Qisqacha aytganda, davlatimiz rahbari ijtimoiy, huquqiy, psixologik yordamga, bilim, kasb o‘rganishga ehtiyoji va ishtiyoqi bor ishsiz yoshlar hamda xotin-qizlarni jamiyatning faol qatlamiga qo‘shish, hududlarda kambag‘allikka qarshi kurashish bo‘yicha yangi mexanizmni belgilab berdi. Uning natijasi mazkur mexanizmni samarali ishlatishimizga bog‘liq. Bu borada nafaqat mahalliy hokimliklar, mutasaddi tashkilotlar, shu bilan birga, parlament va mahalliy Kengashlar deputatlari faollik ko‘rsatishi, jamoatchilik nazoratining yo‘lga qo‘yilishi talab etiladi.Ana shu jarayonda deputatlar faollik ko‘rsatsa, hammani mas’uliyatli bo‘lishga undasa, aholi bilan yaqin munosabat o‘rnatiladi. Odamlarning islohotlarga va o‘z imkoniyatlariga ishonchi oshadi. Jamiyatda ijtimoiy-iqtisodiy faol qatlamni ko‘paytirish jarayonlariga katta hissa qo‘shiladi.

Ilg‘or davlatlardan o‘rganadigan jihatlar ko‘pKambag‘allikni qisqartirishda xorijiy tajribalarga suyansak bo‘ladi. Bunda, ayniqsa, inklyuziv biznes modellarini ishlab chiqish katta ahamiyat kasb etadi. Masalan, hozirgi kunda Yer yuzi aholisi kam ta’minlangan qatlamlarining energiya, suv ta’minoti, kanalizatsiya, axborot texnologiyalari kabi ko‘plab sohalarda sezilarli darajada qondirilmagan ehtiyojlari mavjud. Shu bilan birga, rivojlangan davlatlar iqtisodiyotining turg‘unligi sharoitida kam ta’minlangan guruhlar ishtirokidagi bozor segmentlarining jozibadorligi oshib boryapti.Agar kambag‘al qatlamning ishlab chiqarish faoliyatida qatnashish imkoniyatlari kengaytirilsa, bu ularning ishchilar yoki tadbirkorlar sifatida iqtisodiy o‘sish jarayonlaridagi ishtirokini ham ta’minlaydi. Buning uchun avvalo, zarur bilim va ko‘nikmalar yetishmasligi muammosini hal qilish joiz. Kambag‘allarning ta’limiga investitsiya kiritish tajribasi esa rivojlanishning asosiy omilidir. Xitoy va Hindistonda bu siyosat o‘z samarasini berdi. Natijada kambag‘allar safi qisqardi.Kuzatuvlarimizga ko‘ra, yalpi ichki mahsuloti o‘sishi yuqori bo‘lgan davlatlar kambag‘allikni kamaytirishda katta yutuqlarga erishmoqda. Biroq bunga teskari misollar ham bor. Masalan, ba’zi mamlakatlar (Kolumbiya va Marokash)da iqtisodiy o‘sishga parallel ravishda oshib borayotgan daromadlar tengsizligi ushbu vaziyatni asl sababi bo‘lishi mumkin. Boshqa mamlakatlarda esa davlat muassasalarining ish sifati pastligi va boshqa institutsional omillar ta’siri yuqori. Misol uchun Filippinda davlat muassasalarining ish sifati 1998 yildagi 3,3 darajadan 2006 yilda 2,5 darajagacha pasaygan.Rivojlanayotgan davlatlarda malakasiz ishchi kuchining haddan tashqari ko‘pligi va moliyaviy hamda moddiy resurslar yetishmasligi tendensiyasi ustunlik qiladi. Bu asosan, mehnat resurslari talab qilinadigan sohalarni rivojlantirish maqsadga muvofiqligini anglatadi. Bunga qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat va yengil sanoat, shuningdek, yuqori texnologiyali ishlab chiqarish turlari — montaj, yig‘ish, kompyuter ishlab chiqarish, orgtexnika, sanoat, elektr jihozlarini ayrim turlarini tayyorlash va elektrotexnika kabi sohalarni kiritish mumkin.Shu ma’noda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan yuqori qo‘shimcha qiymatga ega mehnat talab qiladigan tarmoqlarni rivojlantirish bo‘yicha keng qamrovli dastur qabul qilinishi maqsadga muvofiq.

Qishloq xo‘jaligi uchun zarur infratuzilmani rivojlantirish ham kambag‘allikni qisqartirishga xizmat qiladi. Masalan Janubiy Koreyaning “Yangi qishloq uchun harakat” nomli istiqbolli loyihasi allaqachon Afrika va Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlarida muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Bu orqali yetakchi korxonalar va hududlardan ichki texnologiyalarni jalb qilish, mintaqada maxsus iqtisodiy zonalarni yaratish mumkin. Jahon xususan Xitoy va Hindiston tajribasini hisobga olgan holda agrar islohotlarni kichik fermer xo‘jaliklari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni qayta ishlash va sotishni yengillashtirishga yo‘naltirish kerak. Bunda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash bo‘yicha kooperativlar ishini rivojlantirish va buning uchun zarur texnologiyalarni jalb qilish jarayonini soddalashtirish maqsadga muvofiq.Hukumat mintaqalarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xalqaro sertifikatlash markazlarini tashkil qilib, ularning xizmatlaridan foydalanishni osonlashtirishi lozim. Bu esa ishlab chiqarilgan meva-sabzavotlar bozorini, qayta ishlash tarmog‘ini kengaytirib, kam ta’minlangan aholi daromadlarini oshiradi.Kambag‘allikni qisqartirishda axborot texnologiyalarini keng joriy qilish, chunonchi, ta’lim va tibbiy xizmatlarni mobil telefonlar orqali taqdim etish, smartfonlar uchun o‘z-o‘zini rivojlantirishga doir darsliklar yoki dasturlar, intellektual o‘yinlar tizimini yaratish muhim ahamiyatga ega. Bu o‘rinda ham Xitoy va Hindiston tajribasidan foydalanish katta natija berishi, shubhasiz.

Xitoy tajribasi nimasi bilan ahamiyatli?Prezidentimiz Xitoy tajribasi asosida kambag‘allik darajasi yuqori qishloqlarga vazirlik va idoralarni biriktirib, muhtojlarga ko‘maklashish tizimini yaratish, oilaviy tadbirkorlik va tomorqachilikni rivojlantirish bo‘yicha topshiriqlar berganidan xabaringiz bor. Davlat granti hisobiga tahsil olgan talabalarni 3 yil muddatga shunday hududlarga mehnat faoliyati uchun yo‘naltirish taklifi ham bildirilgandi.2020 yilning 26 sentyabr kuni Xitoy Xalq Respublikasi hukumati tomonidan BMT kotibiyati bilan birgalikda tashkil etilgan “Kambag‘allikni qisqartirish yuzasidan hamkorlikni kengaytirish” mavzuidagi xalqaro videokonferensiyada O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov kambag‘allikni qisqartirish mamlakatda belgilangan ustuvor vazifa ekanligini ta’kidladi. Ushbu muammo dolzarbligi O‘zbekiston rahbarining BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida ilgari surgan takliflarida aks etgan, bu esa Bosh Assambleyaning yaqinlashib kelayotgan navbatdagi sessiyasining asosiy mavzularidan biri sifatida belgilanishi hamda ushbu masalalarga bag‘ishlangan Global sammit o‘tkazilishiga asos bo‘lganini qayd etdi. Zotan O‘zbekistonning uzoq muddatli strategik maqsadi barqaror va inklyuziv iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, aholi jon boshiga daromadlarni oshirish, kambag‘allik darajasini keskin kamaytirishga qaratilgan. Ushbu marralarga erishish uchun O‘zbekiston bozor iqtisodiyotini mustahkamlash hamda liberallashtirish bo‘yicha tarkibiy islohotlarga e’tibor qaratmoqda.

Delegatsiyamiz vakillari o‘z nutqida kambag‘allikni qisqartirish sohasida global hamkorlikni kuchaytirish zarurligi, bunda Xitoy tajribasi ahamiyatini alohida ta’kidlab o‘tdi. Iqtisodiy barqaror va inklyuziv o‘sishni ta’minlash, inson kapitalini rivojlantirish hamda yangi ish o‘rinlarini yaratishga yo‘naltirilgan tarkibiy islohotlar mamlakatimizda kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan asosiy chora- tadbirlar sifatida taqdim qilindi.Albatta, ko‘zlangan maqsadlarga erishish uchun kambag‘allikni qisqartirish yo‘nalishida Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlikning huquqiy asoslarini yaratish talab etiladi. XXR tajribasini o‘rganish yuzasidan vazirliklar va idoralar xodimlari uchun xizmat safarlari uyushtirilishi zarur. Qolaversa, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligiga Xitoydan maslahatchi-ekspert jalb qilish foydadan holi bo‘lmaydi.

Shu o‘rinda XXR tashqi ishlar vaziri Van Ining yuksak e’tirofini keltirib o‘tish joiz.

Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida O‘zbekiston kambag‘allikni qisqartirish sohasida muhim natijalarga erishdi, bu bilan Xitoy tomoni o‘z samimiy tabriklarini bildiradi, — dedi u. — Biz O‘zbekistondagi hamkasblarimizni kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha tajriba almashish uchun Xitoyga tashrif buyurishga taklif etamiz. Har bir mamlakat o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Ishonchim komilki, har bir davlat o‘z mamlakatidagi vaziyatga mos bo‘lgan kambag‘allikni bartaraf qilish uchun o‘z yo‘lini topishga qodir”.

«Temir daftar» — qo‘llab-quvvatlashning oqilona yechimi

2020 yil butun insoniyat uchun sinovlar yili bo‘ldi. Talafotlar katta, yo‘qotishlar ko‘p, asoratlar esa nihoyatda og‘ir. Ammo ana shunday mushkul vaziyatda odamzod bir narsani o‘rgandi: har qanday vaziyatda ham hayot uchun kurashishni, oldinga intilishni.To‘g‘ri, koronavirus pandemiyasi ayni avji pallada hamma uyga “qamaldi”. Ya’ni “ko‘rinmas yov”dan aziyat chekmaslik uchun ko‘pchilik xonadonida ixotalanishga majbur bo‘ldi. Ijtimoiy soha ob’yektlari, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish muassasalari eshigiga qulf osildi. Hatto qator davlat idoralari ham ish tartibini o‘zgartirdi. Biroq hayot to‘xtab qolgani yo‘q.

Eng muhimi, ana shunday murakkab vaziyatda davlatimiz, hukumatimiz odamlarni o‘z holiga tashlab qo‘ygani yo‘q. Aksincha, ehtiyojmand oilalar har tomonlama manzilli qo‘llab-quvvatlandi. Ayni shu zarurat tufayli Prezidentimiz tashabbusi bilan “temir daftar”lar joriy etilgani esa masalaning oqilona yechimi bo‘ldi. Bu tizim davlat yordamini yo‘naltirib turish, ijtimoiy barqarorlikni saqlab qolish uchun asos yaratdi.Ayni paytda “temir daftar”lar oilalarni kambag‘allikdan chiqarish ishlarini rejali tashkil etishda, ro‘yxatdagilarga qarab keyingi ishlarni muvofiqlashtirishda qo‘l kelmoqda. Yoshlar va ayollar daftarlari ham kasb-hunar o‘rgatish, bandlikni ta’minlashda manzilli yondashuvni kuchaytirishga xizmat qilyapti.E’tiborlisi, “yoshlar daftari”ga 18 — 30 yoshgacha bo‘lgan yigit-qizlar kiritilsa, “ayollar daftari” orqali 30 yoshdan oshgan ayollar qamrab olinadi. Ro‘yxatni shakllantirishda ijtimoiy, huquqiy, psixologik qo‘llab- quvvatlash, bilim va kasb o‘rganishga ehtiyoji hamda ishtiyoqi borlarga alohida e’tibor qaratiladi.



O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirish va qishloq axolisi daromadlarini ko‘paytirishda eng tez natija beradigan omillar.O‘zbekistondagi kambag‘allik — oxirgi chorak asrda juda sekin iqtisodiy o‘sishning natijasi. Ya’ni kambag‘al aholi borligini birdan bir sababi — sust iqtisodiy o‘sishdir.Bu degani kambag‘allikka qarshi kurashish ham, aynan iqtisodiy o‘sishga qaratilishi kerak. Bizdagi kambag‘allik bu anomal natija emas. Yiliga kishi boshiga daromadi 2 ming dollardan kam bo‘lgan mamlakatda kambag‘allik yuqori darajada bo‘lmasligi hatto nazariyada ham mumkin emas. Shuning uchun ham umumiy iqtisodiyot hajmiga ta’sir qiladigan narsalar haqida qayg‘urishimiz kerak.Bu degani, biz kambag‘allikni qisqartirishimiz uchun alohida dasturlar o‘ylab chiqishimiz shart emas, asosiy urg‘uni iqtisodiy o‘sishga qaratsak bas. Lekin xuddi shu g‘oya barcha mamlakatlarga taalluqli emas, masalan AQShda kambag‘allikka qarshi kurashish uchun qilinishi kerak bo‘lgan choralar umuman boshqacha.Men odatda erkin savdo, adolatli xususiylashtirish, antimonopol qonunlar, mulk dahlizligini ta’minlanishi, adolatli va professional sud tizimini tuzish, davlat moliyasi shaffofligini ta’minlash, parlamentga fiskal (soliq va byudjet) qarorlarni qabul qilishiga vakolat berish, davlatning iqtisodiyotga regulyator aralashuvini kamaytirish, davlatning iqtisodiyotdagi haddan tashqari katta o‘rnini kamaytirish, Markaziy Bankni qog‘ozda emas amalda mustaqilligini ta’minlash, bank-moliya tizimini isloh qilish va bank sohasidan davlat o‘rnini keskin kamaytirish, ma’muriy islohotlar qilinishi, subsidiya va imtiyozlardan voz kechish, statistika va axborotlar erkinligini ta’minlash, iqtisodiyotni planlashtirishdan voz kechish, insonlar va pullar chegaralarni bemalol bosib o‘tishi ta’minlash haqida ko‘p yozaman.

Shularning barchasida asosiy g‘oya bu iqtisodiy o‘sish. Ya’ni islohotlar butun iqtisodiyot o‘sishiga olib keladi va buning natijasida kambag‘allik ham kamayadi. Aytish kerakki, agar biz o‘rtacha dunyo YaIMdan sekinroq o‘sishni davom ettirsak, yetib olishimiz qiyin bo‘ladi.Pandemiyadan oldingi o‘rtacha dunyo daromadi 11 ming dollar atrofida (2018) edi, kishi boshiga esa dunyo 1.9% o‘sib kelayotgan edi. Bu degani dunyodagi o‘rtacha daromad 210 dollarga o‘sib kelayotgan edi.O‘zbekistonda esa 2018 yilda kishi boshiga o‘sish 3.3 foizni tashkil qildi, YaIM esa 1532. Bu degani, bizda o‘rtacha kishi boshiga daromad yiliga atigi 47 dollarga ko‘paydi. Agar dollarni konstanta deb olsak, dunyodagi o‘rtacha daromadning o‘sish surati bizning o‘rtacha daromad o‘sish suratidan deyarli 5 ko‘proq edi.Bu 2018 yilning raqamlari — yangi tariximizda deyarli eng tez o‘sgan yilimizni misol qilib keltiryapman, ya’ni eng yaxshi yilimizda ham nisbatan sekin o‘sib kelganimizni ko‘rsatish uchun (menga 2008-2016 yillarni misol qilmang, de-fakto o‘sish o‘sha payt sust bo‘lgan, raqamlar chizilgan).

Xulosa shuki, bizni sharoitda kambag‘allikni qisqartirishini deyarli yagona yo‘li, kerakli, balki juda og‘riqli va ko‘p siyosiy irodani talab etuvchi islohotlarni amalga oshirish. Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirmasak, hozirgi kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan urinishlar, resurslarni bir joydan ikkinchi joyga yo‘naltirishga o‘xshaydi. Chunki oxir-oqibat iqtisodiyotda resurslar ko‘payib qolmaydi.Iqtisodiyotda resurslar ko‘payib qolishi uchun qo‘shimcha qiymat yaratilishi kerak. Qo‘shimcha qiymat yaralishi uchun insonlar o‘zlarining mehnatlari mevasi o‘zlarining qo‘lida ekanligiga qog‘ozda emas, haqiqatda ishonch hosil qilishlari talab etiladi. Boshqacha qilib aytsak, mulk dahlizligi ta’minlangan, ochiq raqobat va erkin savdo mavjud bo‘lgan, qonundan ustuvor va noformal tartiblar bo‘lmagan, kelishmovchiliklar adolatli va professional sud orqali hal bo‘ladigan jamiyatlarda insonlar o‘zlarining mehnatlarini mevasi o‘zlarini qo‘lida ekanligiga ishonishadi. Ya’ni ana shunday jamiyatda qo‘shimcha qiymat yaratiladi. Bizda ham shunday bo‘lishi uchun hamma biladigan institutsional islohotlarni amalga oshirish talab etiladi.Prezidentimiz Murojaatnomada birinchi bor rasman kambag‘allik to‘g‘risida gapirib, mamlakatimizda kambag‘allikni kamaytirish dasturini ishlab chiqish bo‘yicha vazifa qo‘ydi.Davlat rahbarining mamlakatimizda kambag‘al odamlar qatlami borligini ochiq-oydin gapirishi, avvalo jasoratdir. Chunki Prezident bu bilan bir vaqtning o‘zida muammoni bartaraf etish bo‘yicha katta mas’uliyatni zimmasiga oldi. Ikkinchi tomondan, bu mamlakatimizda erkin gapirish, kamchiliklarimizni yashirmasdan ro‘y-rost ayta olish davri kelganligini ham anglatadi. Axir yaqin paytlargacha kamchiliklarimizni aytishdan tortinib keldik.Dunyo tajribasi shuni ko‘rsatadiki, iqtisodiy jihatdan baquvvat mamlakatlarda ham aholining kambag‘al qatlami bo‘lishi, ya’ni jamiyatda moddiy jihatdan tabaqalanish kuzatilishi mumkin. Iqtisodiy o‘sish sur’ati yaxshi bo‘lib, aholisining kambag‘allik darajasi o‘zgarmaydigan mamlakatlar ham bor. Bu odatda aholisi tez ko‘payib, iqtisodiy o‘sishi faqat ayrim sohalarda bo‘layotgan davlatlarda kuzatiladi. Boy mamlakatlar aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirib, masalani ma’lum darajada yechishi mumkin. Biroq bu masalaning to‘liq yechimi emas.Asosiysi, mehnatga yaroqli aholi o‘rtasida yaxshi daromad olish, yaxshi yashashga intilish uchun harakatni shakllantirish kerak. Buning uchun esa davlat tomonidan barcha sharoitlar yaratilishi lozim. Avvalambor, mukammal qonunchilik bazasi yaratilishi, jamiyatda barcha uchun teng bo‘lgan, o‘z imkoniyatlari, iste’dodini to‘liq namoyon qilishga ko‘mak beradigan tizim bo‘lishi shart.Endi har bir mahalla, tuman, shahar va viloyat darajasida haqiqiy sharoit, ahvol tahlil qilinadi. Buning uchun avvalo, kambag‘allikka oid real ahvol o‘rganiladi, keyin tuman va shaharning salohiyati, tabiiy resurslari, yer va infratuzilma imkoniyatlari xaritasi tuziladi. Bu kambag‘allikni kamaytirish bo‘yicha bajarish lozim bo‘lgan barcha ishlar rejasini belgilab olish uchun juda muhim.Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, kichik biznes, tadbirkorlikni rivojlantirish kambag‘allikni kamaytirishda eng muhim omil. Aholini tadbirkorlikka o‘rgatish, kasbiy malakasini oshirish orqali kambag‘allikni kamaytirish eng asosiy masala sifatida belgilandi. Bu borada tadbirkorlik yaxshi rivojlangan va aholi zich joylashgan hududlar atrofida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan va bo‘sh turgan yer maydonlarida kichik sanoat zonalari tashkil etish taklifi g‘oyat katta ahamiyatga ega. Bu zonalarda zarur infratuzilma yaratish uchun byudjetdan katta mablag‘lar ajratilishi belgilandi. Demak, ishlarni bajarish uchun moliyaviy ta’minot masalasi ham hal qilingan.Xotin-qizlar va yoshlar o‘rtasida ishsizlik darajasi Samarqand viloyatida ham yuqori ekanligi qayd etildi. Foydalanishdan chiqib ketgan yerlarni kambag‘al aholiga ajratib berish, zarur joylarda artezian va quduqlar qazish bo‘yicha topshiriq berildi. Viloyatimizda adir, lalmi yerlarimizning ko‘pligi bois bu imkoniyatdan samarali foydalanish yaxshi natija berishi aniq.Bu borada avvalo, tomorqa yerlarimizdan unumli foydalanishimiz kerak. Ayrim qishloq xo‘jaligi mahsulotlari narxlarining bozorlarimizda keskin tushib ketishi ularni yetishtirayotgan dehqonlarimiz mehnatini samarasiz qilib qo‘yadi. Mehnat yaxshi foyda keltirishi uchun mahsulotlarni chetga eksport qilish masalasini ham yengillashtirish kerak. Albatta, bunda o‘zimizning oziq-ovqat xavfsizligimizni ta’minlash lozim.Kambag‘allikni kamaytirishda dunyo bo‘yicha Xitoy tajribasi namunali. Iqtisodiy islohotlar boshlangan o‘tgan asrning 80-yillaridan boshlab hozirgacha Xitoy 800 milliondan ziyod aholini kambag‘allikdan chiqardi. 2020 yil kambag‘allikni butunlay tugatish yili deb e’lon qilingan. Bugungi kunda aholini, ayniqsa, qishloq joylarida band qiladigan asosiy yumush – bu mayda ishlab chiqarish korxonalaridagi mehnat, oilaviy biznes. Deyarli barcha mahsulotlar onlayn savdo bilan iste’molchilarga yetkaziladi. Bizda yaqinda joriy etilgan Bosh vazirning moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi hamda hukumatda alohida kotibiyat tuzilmasi Xitoyda ham mavjud. XXRning davlat Kengashida kambag‘allik bilan kurashish qo‘mitasi faoliyat yuritadi.

Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, yaxshi hayot o‘z-o‘zidan yaratilmaydi, buning uchun mehnat qilish kerak. Yaxshi, to‘q, farovon hayotni bizga hech kim yaratib bermaydi, uni o‘z mehnatimiz bilan yaratamiz.



Download 37.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling