Reja jamiyat tushunchasi va uning strukturasi. Jamiyat haqidagi falsafiy ta’limotlar tarixi


Download 83.24 Kb.
bet35/35
Sana24.12.2022
Hajmi83.24 Kb.
#1057554
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
Bog'liq
7-mavzu. JAMIYAT VA INSON FALSAFASI. (1)

Xulosa qilib aytganda, Axloq shaxs erkinligini, uning o‘zini, o‘z ehtiroslarini boshqarish qobiliyatini, insonning o‘z qilmishlari uchun avvalo o‘zi oldida javobgarligini nazarda tutadi. Axloq inson aqlini ezgu ishlarga yo‘naltiradiki, bu shaxsiy manfaatdorlik tuyg‘usidan xoli yaxshi niyatlarda namoyon bo‘ladi. Individ erkinligi va axloqiy qadriyatlarning mos kelishi axloqqa xos xususiyatdir. Jamiyatning axloqiy qoidalari shaxsga bu qoidalarga rioya etish majburiyatini yuklaydi, shu sababli burch axloqiy qilmishlarga turtki beradigan muhim ichki omil hisoblanadi. Bundan xulq-atvor me’yorlari va andozalariga oddiy rioya etish nari borsa ijtimoiy jarayon bir maromda kechishini ta’minlash imkonini beradi. Uning rivojlanishi uchun esa ijod imkoniyat yaratadi. Bunda ijodning vazifasi tarix talablariga javob berish, faoliyatning mutlaqo yangi dasturlarini topishdan iboratdir.
Muayyan inson o‘z hayoti so‘nishining yuqorida sanab o‘tilgan bosqichlarini anglamasligi ham mumkin (aksariyat hollarda shunday bo‘ladi), ammo u o‘z hayot yo‘lidan ilgarilar ekan, bu dunyoda nima uchun yashayapman, degan savolga o‘z harakatlari, qilmishlari bilan javob beradi. Agar inson ularni hali to‘la anglab etmagan bo‘lsa, mazkur vazifani echish o‘z hayot yo‘lini endigina tanlayotgan odam uchun ham, umrining shomida ortga nazar tashlab, o‘z hayotini sarhisob qilayotgan odam uchun ham teng darajada mushkul ish bo‘lib qoladi.
Inson o‘z tabiatiga ko‘ra o‘limga mahkum, ammo, buni tushungan holda, u o‘zi bilan bog‘liq hamma narsa o‘zining tug‘ilish va o‘lish sanalari bilan chegaralangan qisqa vaqt oralig‘ida jamlanganini tan olishni istamaydi. U o‘z taqdirini ijtimoiy muhim maqsadlar, ma’naviy uyg‘onish bilan bog‘lashga harakat qilishi ayni shu hol bilan izohlanadi.
Yana bir yo‘lni din taklif qiladi. Bu erda u yoki bu e’tiqodlarga qarab, hayotning mazmuni va shaxsiy umrboqiylikka erishish haqidagi savolga shaklan har xil, lekin mazmunan juda o‘xshash javoblar beriladi. Ularda asosan u dunyo chin dunyo ekanligi, bu dunyoda bajarilgan ishlarga haqiqiy baho u dunyoda berilishi va shu kabilar to‘g‘risida so‘z yuritiladi.
Yana bir imkoniyat – bu dunyoda o‘z hayotini odamlarga, ezgulik, haqiqat va adolatga xizmat qilishga bag‘ishlashdan iborat. Shu tariqa inson o‘z ishlari, g‘oyalari va qilmishlari bilan kelgusi avlodlar xotirasida qolish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.
Inson bu yo‘llarning qaysi birini tanlashi faqat uning o‘ziga bog‘liq. U o‘z hayotida bu erda ko‘rsatilganidan butunlay boshqa yo‘lni tanlashi ham mumkin. Lekin ertami-kechmi har bir inson hayotda o‘zi tanlagan yo‘lning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligi haqida mulohaza yuritishi muqarrardir.

55 А.А. Игнатенько. Ибн–Халдун. М.: “Мысль”, 1980, стр. 64.

66 А.А. Игнатенько. Юқоридаги асар, 131–132–бетлар.

77 А.И.Кравченко. Культурология. Учебник. – Москва, 2005, стр.11

88 Э.Б.Тайлор. Первобытная культура. М.: Изд. “Политической литературы”, 1989, стр.36.

99 Qarang: O'zbek tilining izohli lug'ati, M. 1981 . 1-tom, Enciklopedik lug'at, T. 1990 yil, 1-tom, falsafa, qomusiy luhat, T. 2004 yil, 230-bet

33 Кравченко А.И. Культурология. – Учебник. “Проспект”, М.:2005, стр.15.

1 Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. -T.: Sharq, 1998.-B.10

2 Karimov I. Yuksak ma’naviyat- engilmas kuch.- T.: Ma’naviyat, 2008. –B. 4.

3 Философский энциклопедический словарь. – М.: Современный литератор, 1989. – 700-б.

4 Qarang. Hotamiy S.M. Islom tafakkuri tarixidan.-T.: Ma’naviyat, 2003. –B.263

5 Beruniy A. Tanlangan asarlar. 1-jild. -T.: Fan, 1968 –B.50

6 Forobiy. Fozil odamlar shahri. -T.: Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 1993. –B.69

7 Будда. Конфуций. Жизнь и учение. – М.: 1995. – С.139.

8 Al-Forobiy. Fozil shahar aholisi. -T.: Sharq, 1999.- B. 69

9 Al-Forobiy. Fozil shahar aholisi. -T.: Sharq, 1999.- B. 74

10 Falsafa qomusiy lug‘at.Nazarov Q. tahriri ostida. –T.: Sharq, 2004. –B. 186

11 Forobiy Fozil odamlar shahri. -T.: A Qodiriy nomidagi nashriyot, 1993 –B.55.

12 Қаранг: Фихте И.Г. Назначение человека. – СПб.:2006. – С.81.

13 Бэкон Ф. Новый Органон. Афоризмы об истолковании природқ и царства человека: Соч.: в 2 т. – М., 1978. Т. 2. –С. 12

14 Кассирер Э. Опқт о человеке: введение в философию человеческой культуры // Проблема человека в западной философии. – М., 1988. – С.28.

15 Қаранг: Фихте И.Г. Избр. соч. Т. 1. – М., 1916. – С.402.

16 Фромм Э. Духовная сущность человека. Способность к добру и злу // Человек и его ценности. – М., 1988. – С. 56.

17 Рубинштейн С.Л. Проблемы общей психологии. – М., 1973. – С.227.

Download 83.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling