Reja jamiyat tushunchasi va uning strukturasi. Jamiyat haqidagi falsafiy ta’limotlar tarixi


Inson faoliyatini tartibga solishning ahamiyati


Download 83.24 Kb.
bet33/35
Sana24.12.2022
Hajmi83.24 Kb.
#1057554
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
Bog'liq
7-mavzu. JAMIYAT VA INSON FALSAFASI. (1)

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Ideal
Inson faoliyatini tartibga solishning ahamiyati. Inson faoliyatini boshqaruvchi mexanizmlarni shartli ravishda ikki turkumga: ichki va tashqiga ajratish mumkin. Faoliyatni tartibga solishning ichki mexanizmlarini biz uning asosiy atributlarini o‘rganish jarayonida ko‘rib chiqdik. Bu maqsadni belgilash, motivatsiya, shaxsning fe’l-atvorini tavsiflovchi xususiyatlar – uning mijozi, xarakteri, irodasi, xullas, maqsadlar va ularga erishish vositalarini tanlashni, shuningdek faoliyat uslubini belgilaydigan shaxsning barcha xususiyatlaridir.
Xulq-atvorni tartibga solishning ichki mexanizmlari qatoriga ideallar va didni ham kiritish lozim.
Ideal – barkamollik va etuklikning xayoliy obrazi, odamzotning inson va tabiat, inson va inson, shaxs va jamiyat munosabatlarini tartibga solish, kamolotga etkazish, uyg‘unlashtirishga bo‘lgan ehtiyojlarining ma’naviy ifodasi. Ideal tartibga solish funksiyasini bajaradi, u inson amalga oshirishga o‘z hayotini baxshida etishga tayyor bo‘lgan strategik maqsadlarni belgilash imkonini beradi.
Did – shaxsning borliq hodisalariga bo‘lgan munosabatini belgilaydigan estetik komillikning o‘ziga xos me’yori. Insonning didiga qarab uning tajribasi, san’atga oshnoligi, badiiy ijod durdonalarining murakkab va rang-barang dunyosida mo‘ljal olish imkonini beruvchi bilim va ko‘nikmalari haqida xulosa chiqarish mumkin. Didning hukmi go‘zal va xunuk, fojeaviy va kulgili, yuksak va tuban kabi kategoriyalar bilan ish ko‘radi. Didning o‘ziga xosligi Shundaki, u tuyg‘ularga tayanadi va mantiqiy asoslashni talab qilmaydi. Qadimgi mutafakkirlar didning tavsifida uning asosiy qarama-qarshiliklariga duch kelganlar: did individual, insonning shaxsiy ichki tuyg‘usi bilan bog‘liq va ayni vaqtda umumiydir; did o‘ta shaxsiy va sub’ektiv hisoblanadi, lekin u umumiylikka da’vo qiladi. Didda sezish va tushunishning qarama-qarshiligiga ham duch kelish mumkin. Did, xulq-atvor tarzida, turmush va bo‘sh vaqtni tashkil etishda, san’at asarlariga bo‘lgan munosabatda, kiyinish uslubida namoyon bo‘ladi.

Download 83.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling